kuchlar, harbiy gospital` kabilarni ko`rsatish mumkin.
Ilmiy uslub, ilmiy tadqiqotlar uslubidir. Bu uslub fan, tehnika sohasida yaratilgan
asarlarda qo`llaniladi. SHunga ko`ra bir necha hilga bo`linadi. Ilmiy tehnik, ilmiy ommabop,
ilmiy- o`quv, ilmiy – publististik va ilmiy – hujjat. Ilmiy –tehnikasiy uslubda ilmiy maqola,
maqola, ma‘ruza va manografiya, disertastiya yoziladi. Ilmiy –ommabop uslubda ahborot
ommabop qilib ilmiy jihatdan tushuntiriladi. Bunda ma‘lumot sof ilmiylikdan bir oz
soddalashtiriladi. Va har bir sohaning ilmiy yutuqlari ommaga ma‘lum so`zlar bilan bayon
qilinadi. Ilmiy –o`kuv uslubida darsliklar , o`quv qo`llanmalari, uslubiy qo`llanmalar va
uslubiy maqolalar yoziladi. Ular o`quvchilar uchun tushunarli so`zlar bilan ilmiy jihatdan
bayon qilinishi kerak. Ilmiy- publististik uslubda ommabop risolalar, ommabop ilmiy
maqolalar yoziladi. Ularda ilmiy terminlar bo`lishi bilan birga ommaning hissiyotiga ta‘sir
qiladigan so`zlar ishlatiladi. Ilmiy –hujjat uslubida ihtiro uchun olinadigan hujjat yoki unga
tegishli adabiyotlar tasvirlanadi. Bunday hujjatlarda ilmiy ahborot to`g‘risida ma‘lumot
beriladi va u huquqiy jihatdan himoya qilinadi.Ilmiy uslubning har bir turi bir-biridan farq
qiladi. Ammo ularni birlashtiradigan umumiy xususiyatlar mavjud. Bularga boy
ma‘lumotlarning keltirilishi, ularning ob‘ektivligi , aniqligi, ular haqidagi fikrning qisqa va
lo`nda ifodalanishi hosdir. Shuningdek, ularning har birida ilmiy-terminologiyaning faol
ishlatilishi muhim xususiyat sanaladi.
Ilmiy uslubning o`ziga hos xususiyati shundan iboratki, bu uslubda fikrlar mantiqiy
jihatdan aniq bir ma‘noli bo`lishi lozim. Ilmiy uslubda fikrlar faqat tushunchalarni ifodalaydi.
Bu tushunchalarning ifodasi muhokama, munozara va hulosalar shaklida bo`lib, ular qat‘iy
mantiqiy izchillikka asoslangan bo`ladi. Bu uslubda mantiqiylik eng asosiy belgi bo`lsa-da,
fikr qat‘iy dalillanishi kerak. Tahlil va sintez bir-biridan ajralmagan holda qo`llanadi, biri
ikkinchisini keltirib chiqaradi. SHu orqali qonuniyatlar ochiladi. Mana shu qonuniyatlar
ochilishi jarayonida tafakkurning umumiy, mavhum bo`lishi ko`rinadi.
SHu narsani farqlash lozimki, ilmiy uslubda bir tomondan, ilmiy fikrlash xususiyati
mavjud. Ikkinchi tomondan, uni ilmiy uslubda ifodalash. Ilmiy uslubda fikr berilayotganda,
Ya‘ni yozilayotganda, uning tadqiqot bosqichi bilan birga shakllantirish masalasi ham hisobga
olinadi. Bunda isbotlash usullari, lo`ndalik darajasi, oddiy tasvir yoki muhokama ekanligi,
ommalashtirish darajasi nazarda tutiladi. SHuning uchun ham ichki va tashqi nutqni bir narsa
deb bo`lmaydi. Lekin ular orasida katta farq ham yo`q. Ular bir-birini to`ldirib, biri ikkinchisi
uchun zamin bo`ladi. Lekin shuni e‘tiborga olish lozimki, tafakkurning uzil-kesil ifodasi
tashqi nutqda bo`ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy uslubning muhim xususiyati deb shuni ko`rsatish
lozimki, ilmiy bayon umumiy va mavhum bo`lib, mantiqiylik yaqqol sezilib turadi. Bundan
ikkinchi xususiyat kelib chiqadi, Ya‘ni bu uslubda qo`llanadigan til birliklarining ishlatilish
darajasi va uslubga hos bo`yog‘idir. Ilmiy uslubning tipik bo`lgan xususiyatlari quyidagicha;
1. Terminlarning qo`llanishi.
2. Bir ma‘nolilik.
3. Obrazlilikning deyarli bo`lmasligi.
4. Yashirin emostionallik.
5. Bayonning ob‘ektivligi.
6. Bayonning quruq va qat‘iyligi.
Ilmiy uslubda fanning turli sohalariga oid ramziy belgilar, raqamlar, jadvallar, turli
chizmalar va rasmlar qo`llanishi mumkin. Masalan, kimyo fani bo`yicha turli formulalar: Mg-
Do'stlaringiz bilan baham: |