Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik


-ma‟ruza    So`zlashuv uslubi. Rasmiy uslub. Ilmiy uslub



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

2-ma‟ruza 
 
So`zlashuv uslubi. Rasmiy uslub. Ilmiy uslub. 
 
Reja: 
1.  So`zlashuv uslubining fonetik xususiyatlari. 
2.  Leksik – frazeologik hamda grammatik xususiyatlari. 
3.  Rasmiy uslubning o`ziga xos xususiyatlari. 
4.  Rasmiy uslubning fonetik, leksik – frazeologik hamda grammatik xususiyatlari. 
5.   Ilmiy uslubning turlari. Ilmiy uslubning o`ziga xos xususiyatlari. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar:  
Sub‘ektiv baho – muallifning munosabati.   
 
 
 
 
Ritorik so`roq gaplar- javobi mazmunidan ifodalanadigan gaplar 
Stilistik bo`yoq –qaysi stilda qo`llanishini ko`rsatish belgisi. 
Fraza- mazmunan tugal fikr anglatadiga gapga teng bo`lgan fonetik birlik 
 Takt- frazaning bir qismi bo`lib yarim to`htam bilan ajraladigan bir yoki bir necha 
so`zdan iborat bo`lak. 
 
So`zlashuv  uslubi  nutqning  dialogik  shaklidir.  Bu  uslub  yozma  nutqqa  qaraganda 
ta‘sirchanligi,  hissiyotga  boyligi,  yangi    so`z  qo`llashlar  mavjudligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu 
uslubda  so`zlovchining  barcha  imkoniyatlari  namoyon  bo`ladi.  U  nutqiga  hissiyotini  ham 
qo`shib  gapiradi.  Bunda  turli  imo  –  ishora  va  qo`l  harakatlaridan    foydalanadi.  Bu  vositalar 
nutqda  aytilmay  qolishi  mumkin  bo`lgan  so`z  va  iboralarning  o`rnini  to`ldiradi  va  bayon 
qilinayotgan  fikrni  yanada  aniqlashtiradi.  Bu  uslubda  to`liqsiz  gaplar  ishlatiladi,  chunki 
tushirilgan  qism  boshqa  bir  replikada  yoki  boshqa  bir  nutq  vaziyatida  ifodalanishi  mumkin. 
So`zlashuv uslubining ikki hil ko`rinishi bor; 
1.  Adabiy so`zlashuv uslubi. 
2.  Oddiy so`zlashuv uslubi. 
Adabiy so`zlashuv uslubida o`qituvchilar, suhandonlar, jurnalistlar, ilmiy hodimlar, 
Yozuvchi va shoirlar, rahbar hodimlar, artistlar gaplashadilar. Bu uslub` dars jarayonida, 
sahna nuqtida, kino san‘atida, telefil`mlar, ahborotlar, teleocherklar, radioinstenirovkalarda 
ishlatiladi. Adabiy so`zlashuv uslubida jargon va sheva so`zlari bo`lmaydi.  
Oddiy so`zlashuv uslubida betakalluflik bilan erkin muomala qilinadi. Bunda shunday 
so`zlar ishlatiladiki, ular adabiy tilda bo`lmasligi mumkin. Lekin bunday so`zlar badiiy nutqda 
ayrim personajlar nutqining o`ziga hosligini ta‘minlash uchun qo`llanishi mumkin. Oddiy 


 
190 
so`zlashuv nutqi dialektal nutqni ham aks ettiradi. So`zlovchi qaysi dialekt vakili bo`lsa, shu 
dialektda gapirishi mumkin. Masalanashi, mashi, qaydam, qaytayinshulaymi, jaa, bo`pti 
kabilar oddiy so`zlashuv uslubiga hos.  
Har bir uslub` turi fonetik, leksik – frazeologik va grammatik xususiyatlarga ega. 
Shuningdek, so`zlashuv uslubining ham shunday tomonlari bor.  

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish