278
o’zlarining keyingi faoliyatida, undagi materiallardan foydalanish huquqiga ega. Biroq,
u yoki bu material kimlar bilan ishlab chiqilgani ko’rsatilishi kerak.
Ko’p hollarda
hammualliflikda monografiyalar, darsliklar, o’quv qo’llanmalar
yoziladi. Odatda,
bunday holda, har bir muallif o’zining bo’limini, bobini yoki
paragrafini yozadi, titul varaqda (agar mualliflar soni 3 va undan kam bo’lsa) yoki titul
varaqning orqasida (agar mualliflar soni 4 va undan ko’p bo’lsa), barcha mualliflarning
familiyasi, ismi va sharifi ko’rsatiladi.
Dissertatsiyaning avtoreferatida tadqiqot mavzusi bo’yicha chop etilgan ilmiy ishlar
ro’yxatida, hammualliflikda bajarilgan ishlarda, dissertantning shaxsiy ishtiroki qanday
bo’lganligini ko’rsatish shart.
12.7. Nashr qilingan ishlarning hajmini hisobga olish.
Nashr qilishga tayyorlangan qo’lyozmalar va chop
etilgan ishlarning hajmini
aniqlash uchun maxsus sanoq sistemasi ishlab chiqilgan bo’lib, uning asosini mualliflik
varag’i tashkil qiladi. Mualliflik varag’ida, odatda, nashr shaptnomasiga ko’ra, ilmiy
mahsulotning hajmi belgilanadi.
Mualliflik varag’i (m.v.) – muallif tayyorlagan materialning hajm birligidir. U 40000
bosma belgidan iborat bo’lib, so’zlar orasidagi oraliqni, tinish belgilarni, raqamlarni va
boshq. ham hisobga oladi. Odatda, 1 m.v. – 22-24 matn sahifasiga teng bo’lib, qatorlar
orasi 2 intervalga teng qilib yozuv mashinkasida yoki kompyuterda terilgan bo’lishi
kerak (Ensiklopediya knijnogo dela. Pod red. YU.Maysuradze.-M.: YUrist, 1998. – s.;
49-50).
Nashr faoliyatida “bosma taboq” atamasi ham ishlatiladi. U orqali kitoblarning yoki
boshqa bosma ishlarning hajmi aniqlanadi. Kitobning
hajmini hisoblash uchun, fizik
bosma qog’ozning maydonini 60x90 sm. shartli bosma qog’ozga nisbatini ko’rsatuvchi
koeffitsiyent ishlatiladi. Kitobning shakli: 60x84 sm. bo’lsa – koeffitsiyent 0,93; 70x100
sm. bo’lsa – koeffitsiyent 1,29; 70x90 sm. bo’lsa – koeffitsiyent 1.17; 75x90 bo’lsa –
koeffitsiyent 1,26; 84x108 sm. bo’lsa – koeffitsiyent 1,68 bo’ladi.
Masalan, 60x84 sm. o’lchamdagi kitobning hajmi – 5 b.t.; demak 5x0,93 = 4,65
shartli bosma taboq bo’ladi.
Hisobli – bosma varaq – kitob barcha materialining shartli hajmi bo’lib, unga
reklama kirmaydi. Miqdoriy qiymati bo’yicha hisobli- bosma varaq muallif varag’idan
farq
qilmaydi, ammo u qo’shimcha hisoblanadigan ob’ektlarni (sahifalar raqamini),
nashriyot annotatsiyasini, mundarijani hisobga oladi. Nashr
qilingan ishning hajmini
shartli bosma taboqlarda ko’rsatish qabul qilingan.
279
SHuni bilish lozimki, bir xil bosma taboqda turli hajmdagi
material joylashishi
mumkin, bu shrift o’lchamiga, demak, qatordagi belgilar soniga va varaqdagi qatorlar
soniga hamda chetdagi bo’sh qolgan sohalarga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: