Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»


Milliy ma'naviyat nazariyasini shakllantirishning umummetodologik asoslari



Download 17,43 Mb.
bet44/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

Milliy ma'naviyat nazariyasini shakllantirishning umummetodologik asoslari. Qaramlik davrida marksizm falsafasi totalitar tuzum imkoniyatlaridan foydalanib, yagona haqiqatga da'vo qilishi oqibatida uning metodologik asosi qilib olingan dialektika xususida ham bir taraflama tasavvurlar shakllandi. Sobiq “SSSR” hududida dialektikadan boshqa metodlar g’ayri ilmiy deb e'lon qilindi. Faylasuflarimiz Forobiydan ham «dialektika» topishdi, o’sha davrlarda. Asli bu yerda atamalarni chalkashtirish bor, xolos. Qadim Yunon falsafasidan islom ilmiga o’tgan narsa - «ilmi jadal», shuning yunonchasi «dialektika» deyiladi. «Ilmi jadal» - bahs mantig’i, o’ziga xos ilmiy bahs yuritish metodologiyasi. U barcha fanlar uchun «yagona» metodologik zamin bo’la olmaydi.
Ammo metodologiya muammosi baribir ilmiy voqyelikda mavjud, undan qutulib bo’lmaydi. 1999 yildan boshlab O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotining iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy, ilmiy-falsafiy va ma'naviy asoslari bo’yicha nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalari, dotsentlik va professorlik ilmiy unvonlariga da'vogarlar uchun maxsus imtihonlar kiritildi. Bu bejiz emas. Ma'lumki, ushbu fanning asosini Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlari tashkil etadi. Demak, Prezident asarlari mamlakatimiz miqyosida bugungi kun ijtimoiy fanlar sohasi uchun metodologik zamin bo’lib xizmat qilishi nazarda tutilmoqda. Bu to’g’rimi? Nihoyatda to’g’ri. Chunki O’zbekistonning milliy mustaqilligini Birinchi birinchi Prezident I.A.Karimov e'lon qildi hamda uning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li konsepsiyasini ishlab chiqdi.



Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarida o’z aksini topgan g’oyalar va qarashlar bugungacha millatimiz va butun insoniyat bosib o’tgan taraqqiyot yo’llari tajribasini imkon va zarurat darajasida hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Demak, uning asarlarida taklif etilayotgan metodologik asoslar ham bugungacha bashariyat ilmi erishgan yutuqlarga begona emas. Shu bilan birga bizning yo’limiz muayyan darajada o’ziga xos ichki yaxlitlikka ega va biror-bir zamon va makonda ishlab chiqilgan metodologik asoslarning hech birini hech qanday o’zgarishsiz, taqlidiy shaklda bugungi bizdagi ijtimoiy ilmga bevosita poydevor qilib, ko’chirib olib kelib, o’rnatib bo’lmaydi. Qiyosiy tahlil uchun jalb etish boshqa narsa. Nega shunday? Chunki har bir millatning tarixi, ma'naviy qiyofasi, ustun qadriyatlar tizimi betakrordir.


Mustaqillikning dastlabki yillarida Prezident O’zbekistonning o’ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo’li asoslarini ishlab chiqar ekan, birinchi marta “dunyoda umumiy yo’l-yo’riqlar, o’xshash andazalar yo’q” ekanligini e'tirof etib, o’zimizning milliy “betakror yaxlit andazamizni ishlab chiqish”ni maqsad qilib qo’ydi. Buning uchun milliy tafakkur an'analarimizni insonlar ongida qayta tiklash zarur edi. “Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-odatlari, bizning eng yaxshi an'analarimiz qayta tiklanganda islohotlar muvaffaqiyatga erishadi”, deb ta'kidladi Prezident. Asosiy qonunimizni yaratish jarayonida ham shu jihatga katta e'tibor berildi. Shu sababli mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi “umumiy mazmunidan tortib oddiy bir bandiga qadar Xo’ja Ahmad Yassaviy bobomiz davrida, Amir Timur zamonida shakllangan milliy tafakkurni, muqaddas islomiy qadriyatlarni o’zida aks ettiradi”.
Shunday qilib, mustaqil O’zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot yo’lini belgilab beruvchi umummetodologik asoslar Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarida o’z aksini topgan bo’lib, quyida biz ushbu asoslarning o’z mavzuimizga bevosita aloqador bo’lgan ba'zi muhim jihatlarini qisqacha ko’zdan kechirib o’tamiz.

Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish