Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»


O’zbekiston va jahon: yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda milliy ma’naviyat va jahon madaniyati an’analari uyg`unligini ta’minlash zarurati



Download 17,43 Mb.
bet52/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

O’zbekiston va jahon: yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda milliy ma’naviyat va jahon madaniyati an’analari uyg`unligini ta’minlash zarurati

YOsh avlodda nafaqat o’z hayoti, oila a’zolari, Vatani va millati oldidagi, balki atrof-tabiat, butun kurrai zamin va jami bashariyat oldidagi mas’uliyat tuyg`usini shakllantirish bugungi kun ta’lim-tarbiya tizimining eng muhim masalasi bo’lib turipti.


O’zbekiston respublikasi Prezidenti ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta’kidlab o’tadiki: “Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani o’ta tor tushunish bo’lur edi. YA’ni, bu o’rinda so’z faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yo’q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida o’rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir”71. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bo’lgani yo’q. Muallifning o’zi ham eslab o’tganidek, bizning ulug` ajdodlarimiz barchasi “o’z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig`idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, do’st-birodar bo’lib yashashga”72 da’vat etib kelganlar.
Insonning qalbi va ongiga jo bo’lgan milliy ma’naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo’lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo’shishga, o’zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov doimo ta’kidlab kelganidek: “...Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, o’z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bo’lgan vatanparvar etib voyaga yetkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir.” Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma’naviyatli, ongi harqanday salbiy ta’sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga yetkazish – bugungi kun ta’lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar.
Prezidentimiz I.A.Karimovning “...Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi” degan so’zlari ayni shu ma’noni anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamoloti, g`oyaviy chiniqishiga, har hil buzg`unchi g`oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta’minlaydi. Buning uchun ularni milliy g`oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir.
Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog`i lozim. Dushmanlik, g`ayr ko’zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug` haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o’zgani tushunish uchun, o’zgaga mehr ko’zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o’zligini anglab yetmog`i kerak. O’zligini anglamagan zot hech qachon o’zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma’naviyatimizga bugungi ayricha e’tibor ham ushbu o’zligimizni anglab yetishga bo’lgan kuchli ehtiyoj natijasidir.
Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bo’lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg`unlikda olib qaramog`imiz talab etiladi. Agar shu uyg`unlikka mohiyatan muvofiq bo’lsa, yoxud loaqal unga zid bo’lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug`dirsa, nifoq solsa, yoki o’zga shaxs erkini bo’g`sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bo’lsa, demak, maqbul emas. Ammo milliy ma’naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz, kimlardir talqin qilmoqchi bo’layotganidek, o’zga xalqlar madaniyatini mensimaslik yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan qutulib o’zligimizga qaytish, o’zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. “CHunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o’sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”73.
Ma’lumki, 2010 yilga yurtimizda “Barkamol avlod yili” deb nom berildi. SHu munosabat bilan O’zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so’zlagan ma’ruzasida sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash xususida gapirib, jumladan, shunday deydi:
“Ma’lumki, bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o’zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo’lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g`arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo’lishga da’vat etishi tabiiydir.
SHu sababli yoshlar o’rtasida sog`lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik,chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masalalari bir zum ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi darkor.”74

Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish