Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»


Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda



Download 17,43 Mb.
bet60/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda.
Avvalo, globallashuv – bu ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayondir. Shuningdek, xalqlarning madaniyatiga kuchli ta'sir etuvchi hodisa sifatida o'rganiladi. U dunyoda iqtisodiy integratsiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o'zgarishga ko'makchi sifatida qabul qilingan. Ammo, dunyoda axborot alma­shi­nuvining o'sishi bilan u madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Natijada millat madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm g'oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirgan holda ma'naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Ma'naviyat haqida gap ketganda, shuni alohida ta'kidlash lozimki, u eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi. Shunday ekan globallashuv jarayonida mamlakat milliy madaniyatiga rahna soluvchi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda insonlarni yuksak ma'naviyatli bo'lishi muhim omil hisoblanadi. Buning uchun jamiyatda ma'naviy-mafkuraviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Ya'ni, birinchidan, mamlakat kelajagi bo'lmish yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; ikkinchidan, manaviy tahdidlarni aynan nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab yetish; uchinchidan, atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo'lmasdan, dahldorlik hissini oshirish. Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan «ommaviy madaniyat» niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda:
ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish;
yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;
yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim.
Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg`ularini shakllantira olamiz. Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlat-ning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa min-taqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘la-nib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayon-dan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas. Shu ma’noda, globallashuv — bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi de-maqdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi payt-da uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mum-kin. Ayniqsa, davlatlar va xalqyaar o‘rtasidagiintegratsiya va hamkorlik aloqalarining kucha-yishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va to-varlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommuni-katsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unla-shuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining orti-shi — tabiiyki, bularning barchasiga globalla-shuv tufayli erishilmoqda. Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadi-ki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydala-nish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’-limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydoni-dagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tez-korki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyot-dan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va mar-kazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar. Bu haqda gapirganda, men ilgari bildirgan ba’zi fikrlarni takrorlash o‘rinli, deb o‘y-layman. Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlari-dan ham ko‘proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo‘lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, qo‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibat-larini tezda ilg‘ab etish nihoyatda qiyin. Mana shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fik-riga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyo-qarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har tur-li ma’naviy taxdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh be-rishi amrimahol. Buni kundalik hayotda uchrab tu-radigan ko‘plab voqealar misolida yaqqol kuza-tish mumkin va ularning qanday og‘ir oqibat-larga olib kelishini uzoq tushuntirib o‘tirish-ning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. O‘tgan yillar davomida dunyoda va mintaqamizda ro‘y bergan, biz bevosita o‘z boshimizdan kechirgan voqealar, mafkuraviy jarayonlarning rivoji bu xulosa-ning to‘g‘ri ekanini qayta-qayta isbotlamoqda. Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quydar-gohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Ja-hon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atro-fini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubha-siz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maq-sad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokra-tik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz. Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chu-qur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz is-tiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar taj-ribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqa-ruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkin-liklarini, fikrlar rang-barangligini o‘z hayoti-mizga yanada kengroq joriy qilishda ko‘ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechi-rish, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish taraf-dorimiz. Biz uchun shunday yo‘l ma’qul, uning boshqa muqobili yo‘q. Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tar-zi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xa-bar ham axborot olamidagi globallashuv shidda-tidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin. Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi dav-latning chegaralarini daxlsiz saklashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodi-miz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib bo-rishimiz kerak, degan savol butun barchamizni o‘ylantirishi tabiiy. Men, hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan ha-qiqatdan kelib chiqqan holda, bu masalada shun-day degan bo‘lardim: tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Bunday taxdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta il-miy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluk-siz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qaerdaki be-parvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylana-di. Va aksincha — qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi. Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda tur-li siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Erkinlik va demokra-tiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mo-hiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, ang-lash katta ahamiyat kasb etadi. SHu borada ayrim qudratli davlatlar tomo-nidan muayyan mamlakatlarga, avvalambor, er osti, er usti boyliklariga ega bo‘lgan hududlar-ga nisbatan olib borilayotgan ana shunday g‘araz-li siyosatni dunyoning ayrim mintaqalarida tinch hayotning izdan chiqishi, hokimiyat tepasiga ay-nan o‘sha davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishi bilan bog‘liq misollarda ko‘rish qiyin emas. Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olami-ni bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o‘ta mu-rakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘-layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga etib bo-rish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi. Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor be-rishimiz lozim. YA’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib ki-rib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuklik va zo‘ravonlik, indi-vidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak. bo‘lsa, shuning hisobidan boylik ortti-rish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’-ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’na-viy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmokda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xuruj-larga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. Bu haqda fikr yuritganda, bizning ulug‘ aj-dodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida bu-tun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamona-viy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli, deb bi-laman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, say-qal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tu-shunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmu-nini tashkil etadi, desak, o‘ylaymanki, xato qilmagan bo‘lamiz.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, uyat — o‘lim-dan qattiq, degan gaplar xalqimiz tilida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, aksincha, bunday ibo-ralar el-yurtimizga mansub ezgu va go‘zal ax-loqiy qadriyatlarning asl mazmunini ifoda etadi.
Darhaqiqat, uyat va or-nomusini yo‘qotgan odam, Ahmad YAssaviy bobomiz aytganidek, xud-diki hayvon jinsiga aylanib qoladi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning:
Oldig‘a qo‘yganni emak — hayvon ishi, Og‘ziga kelganni demak — nodon ishi, —
degan chuqur ma’noli so‘zlari ham bu fikrni tas-diqlab beradi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahon-da va yon-atrofimizda mavjud bo‘lgan, toborakuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlar-ni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. SHu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvur bo‘lmasligi kerak.
Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur.
Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi.
Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B’yukenenning «Smert Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. e`tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa «amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof etadi. B’yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi.
Gedonizmning ma`nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustivor bo`ladi. To`g`ri, aslida insonning to`q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday to`kinchilik insoniylikka qarshi bo`lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni xavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o`zgarishlar evropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Evropada tug`ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug`ilayotganligi, tug`ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag`i etarli bo`la turib, farzand tug`ilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablag`ni qizg`anayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Umuman G`arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o`zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqda.
Olimlarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o`zgartirish uchun farzand tug`ilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar uchun alohida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko`rsatiladigan muruvvat ayollarni sog`lom oila qurib, unda sog`lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, degan savol o`ylantirmoqda va mulohazalar mantig`idan shu narsa ayon bo`lmoqdaki, zamonaviy evropaliklarni bunday imtiyozlardan ko`ra, mansab pog`onalaridan ko`tarilib, o`z manfaatinigina o`ylab yashash ko`proq qiziqtiradi. Chunki zamonaviy G`arb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi imtiyozlar bola tug`ilishi va bu bilan bog`liq tashvishlar oldida hech gap emas. Shu kabi gedonistik psixologiya bizning yoshlarimiz ongida paydo bo`lmasligi, ochiq axborotlar makonida bemalol turli ma`lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo`lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yqnaltirish, ularda sog`lom dunyoqarash, ertangi kunga ishonch, sobit g`oya, sog`lom hissiyotlar, el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas`uliyat hislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir. Bunday aloqalarning kengayishi haqiqiy ma`naviy va madaniy qadriyatlarni munosib baholash imkonini berdi. Hozirgi yoshlar ham, ularning ota-onalari ham uchragan kinoni ko`rib, duch kelgan maza-matrasi yo`q kitoblarni o`qib ketayotgani yo`q. Ataylab yurtimizga olib kelinayotgan g`arbning sun`iylashtirilgan san`atidan, «keng iste`mol»dagi madaniyatidan norozilik sezilib turibdi. Bunday mahsulotning ilgarigi «man etilgan ne`mat»ga xos «lazzati», jozibadorligi deyarli qolmagan. Hozirgi kunda xorijning madaniy qadriyatlaridan foydalanishga ancha jiddiy va tanlab yondashish ehtiyoji kuchayib bormoqda. Lekin ochiq ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma`lumotlar quyulib kelayotgan sharoitda aynan hali ongi shakllanib ulgurmagan yoshlar uchun tahdid ham, ataylab uyushtirilayotgan mafkuraviy tajovuzlar ham bor.
Axborot bilan ishlash bir nechta asosiy bug`inlarni tashkil etadi, ularning ish mexanizmi esa quyidagidan iborat: 1)ma`lumotni qabul qilish, anglab olish va eslab quyish; 2)axborotni anglash va eslab quyish jarayonida materialni qabul qiluvchi tomonidan uning bilimi va psixologiyasidan kelib chiqqan holda qayta ishlash va yangilangan axborotni shaxs xotirasida saqlash; 3)axborotni tarqatish.
OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Afsuski, ayrim OAV bugungi kunda shunday vositaga aylanganlar. Ushbu urushda OAVning o`rni va rolini aniqlash uchun eng avvalo axboriy-psixologik urushni ma`nosini anglab olishimiz zarur. «Axborot urushi» so`zlarining asoschisi fizik-olim Tomas Ron hisoblanadi, 1976 yilda u axborotni harbiy kuchlarning eng zaif bo`g`ini deb ta`riflab, ushbu masalaga barcha davlat miqyosidagi mas`ul kishilarni e`tiborini qaratdi. Shundan beri mazkur so`zlarning ahamiyati kundan kunga kuchayib kelmoqda.
Bevosita axborot urushi ta`rifiga kelganda biz bir kitobdan iqtibos keltirmoqchimiz: «Axborot urushi deb, ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning moddiy yutuqqa ega bo`lish maqsadida bir biriga ochiq va yashirin maqsadli axboriy ta`sirlarga aytiladi. Shu bilan bir qatorda axborot urushini deb yanada raqib ustidan axboriy hukmronlikka erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar etkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operatsiyalar majmuasiga aytiladi».
Internetni ko`p mutaxassislar harbiylarning ixtirosi deb aytadi. Aslida esa dastlabki bosqichda uni AQShdagi to`rtta universitet kashf etdi. Mazkur universitetlar komp’yuterlarini bir tizimga birlashtirib, o`zaro kutubxonalaridan foydalana boshladilar. Pentagon esa bundan tez xabar topdi. Va ixtironing imkoniyatlarini o`rganib, undan harbiy qo`mondonlikni takomillashtirish maqsadida olimlarni jalb etib, ularga barcha sharoitlarni yaratib, arpanetni (internetning birinchi nomi) o`z maqsadlariga yo`naltirdi. Uzoqqa bormay undan jurnalistlar ham foydalana boshladi. Natijada internet jurnalistikasi paydo bo`ldi.
Har xil uslublarda, barcha OAVda ma`lum bir fikrni takrorlash odamning ostki ongiga ta`sir etadi va u ushbu fikrga ishonaydigan bo`ladi. Mazkur jarayonni mutaxassislar neyrolingvistik dasturlash deb ataydi.
Agar radio, televidenie va matbuotda ayrim davlat, guruh yoki shaxs haqida qayta-qayta biror-bir noto`g`ri baho takrorlanaversa, turli mamlakatlardagi xalqlar, har xil millatlar unga ishonadilar. Neyrolingvistik dasturlash uchun eng qulay OAV televideniedir, chunki u auditoriyaga bir paytni o`zida uchta kanal orqali o`z ta`sirini o`tkazadi. Bugun yurtimizda 1053 ta Internet-kafe, 945 ta Internet provayder, 187 ta axborot-resurs markazi,1 «ZiyoNET» yoshlar axborot portali faoliyat yuritmokda. Internetdan foydalanuvchilarning soni esa 9 milliondan oshgan2. Ba’zi bir tahlillarga ko’ra ularning 80 foizini yoshlar tashkil etadi.

Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish