Islom mintaqa madaniyati – asosan VIII – IX asrlarda shakllanib, Ispaniya va Shimoliy Afrikadan Volga-bo’yi va Sharqiy Turkiston-gacha cho’zilgan hududdagi musul-monlar jamoasi uchun umumiy bo’lgan va deyarli XVI asr boshlarigacha nisbatan yaxlit-ligini saqlab kelgan madaniy-ma’naviy an’analar tizimi.
|
Sharhalqlarining ilmiy myeprosiga tayangan arab tilining yagona xalqaro ilm fan va madaniy
aloqalar tiliga aylanishi musulmon davlatlarida bu jarayonni yanada tyezlashtirib yubordi.
VIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyatining tashkil topishi.
Islom ma’naviyatining eng oliy nuqtalaridan biri qabilachilik xurofotlariga uzil-kesil barham berganligi, urug` jamoasi, yagona ajdodga borib taqaluvchi irsiy birodarlik o’rniga tavhid e’tiqodi asosidagi insoniy birodarlik jamoasi - «umma» tushunchasining kiritilishi bo’ldi. Bu hodisa ahli bashar ma’naviy takomilida eng muhim burilish nuqtasidir, ammo ushbu g`oya hanuz ham mukammal anglab yetilgan, deb bo’lmaydi.
G`olib qo’shin tarkibida arablardan ko’ra ajamliklar, ya’ni fors va turklar ko’proq edi. Xorun ar-Rashid zamonidan xalifaning shaxsiy qo’riqchilari turkiy xalq vakillaridan, saroy kotiblari va vazirlar ko’proq eroniy xalq namoyandalaridan tayinlanadigan bo’ldi.
Shunday qilib, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan mintaqaning uch buyuk xalqi - arab, fors va turkiy elatlar aro siyosiy qudratda o’ziga xos muvozanat holati vujudga keldi. Islomning asl g`oyasi - musulmon ummatining tengligi amalda joriy bo’lishiga voqe’ imkon tug`ildi. SHu davrdan boshlab mintaqa xalqlari orasida islom dinining nufuzi tez osha boshladi. Islom mintaqa madaniyatining shakllanish jarayonini shu sabablarga ko’ra VIII asr o’rtalari - Abu Muslimning Ummaviylar ustidan g`alabasi va Abbosiylar xalifaligi o’rnatilishidan boshlash maqbul ko’rinadi. Ushbu mintaqa madaniyati XIII asr boshlarigacha shiddat bilan yuksaldi, mo’g`ullar bosqini bir muddat madaniy taraqqiyotga mone’lik qilgan bo’lsa ham, baribir, XVI asr boshlarigacha mintaqada ma’naviy yuksalish davom etdi. Ammo XVI asr boshlarida yuz bergan katta siyosiy o’zgarishlar natijasida butkul o’zgacha holat vujudga keldi. Kichik Osiyoda Usmoniylar, Eronda Safaviylar, Movarounnahr va Xurosonda SHayboniylar, Afg`oniston va SHimoliy Hindistonda Boburiylar sulolasi bir necha yuz yilga mustahkam o’rnashib, yaxlit islom madaniy mintaqasi o’rniga alohida davlatlar hududida milliy-madaniy o’ziga xoslik shakllana boshladi. O’zaro ta’sir ma’lum darajada saqlanib qolgan bo’lsa ham, asta-sekinlik bilan mintaqaviy umumiylikdan ko’ra milliy o’ziga xosliklar quvvati oshib bordi. Biroq bu holat darhol bilingani yo’q, balki bir necha yuz yillarga cho’zilgan jarayon bo’ldi. Aytish mumkinki, XX asr boshlarida ham Shimoliy Afrikadan Sharqiy Turkistongacha, Volga bo’ylaridan Bengaliyagacha yoyilgan islom mintaqa madaniyatining yirik va nufuzli namoyandalari bir-birlarini bilar, o’zaro ijodiy-ma’naviy hamkorlik rishtalarini uzmagan edilar. Buyuk Britaniya va Rossiya imperializmi ham uhdasidan chiqmagan niyatga Sho’ro hukumati erishdi - qadim Turonzamin xalqlarining qo’shni xalqlar bilan necha ming yillik madaniy-ma’naviy aloqalarini cho’rt uzib tashladi, nafaqat qo’shnilar bilan, balki o’z o’tmish madaniyati bilan ham bevosita munosabatda bo’lish imkonini keskin kamaytirib, milliy ma’naviyatimizni g`ariblikka mahkum etdi. Mana endi bugungi mustaqillik sharoitida biz necha yillar ko’zimizdan yashirin bo’lgan ulkan ma’naviy zaxiralarni yangidan kashf etmoqdamiz.
Islom mintaqa madaniyatining yevropaga ta’siri. «Averroizm». Islom va Reformatsiya. yevropa Uyg`onishi va Sharq madaniyatiga e’tiborning kuchayishi. yevropa ma’rifatchiligida ilm va imon ziddiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |