Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi



Download 1,25 Mb.
bet123/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

Ta’limtarbiyada milliy yuksalish
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan, ko’plab ota-onalar, pedagoglar, yoshlar, keng jamoatchilik takliflarini o’rgangan holda, yurtimizda 11 yillik o’rta ta’limning joriy etilgani yoshlarning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi kuchayishida, ular tarbiyasini to’g’ri shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xo’sh, nega ushbu islohot o’quvchilarning darslarga ishtiyoqini oshiryapti, ularning tarbiyasini nazorat qilishga yaxshi samara beryapti?
Xalqimiz 11 yillik ta’lim sistemasi qayta tiklandi, ilgari holat qaytdi, deb sayoz fikrlamasliklarini xohlardim. CHunki ushbu islohot chuqur o’ylangan va ta’limtarbiya sifatini yanada oshirishga xizmat qiladigan puxta reja asosida amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga muvofiq 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshirildi.
11 yillik ta’limning joriy etilishi munosabati bilan tezkor davr talabidan kelib chiqqan holda olimlar, amaliyotchi o’qituvchilar hamda keng jamoatchilikning fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani bo’yicha o’quv rejalari qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni o’rgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari” fani ham o’qitiladi. O’quv dasturlari asosida 10-sinf o’quvchilariga umumta’lim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop etilib, joylarga yetkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori 10-11-sinf o’quvchilarining ta’lim olishi bilan birga, ularga kasb-hunar o’rgatish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatini nazarda tutgan holda kelajakda ularni ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.
Kasb-hunar kollejlarida o’quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Kasblar ro’yxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. YA’ni 11-sinf o’quvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari bo’yicha o’z ishini topa olishiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bo’lgan kichik tibbiy hamshira, oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi, dasturchi, tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, kompyuter grafikasi mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning o’rgatilishi jamiyatga, ham davlatga bir xil naf keltiradi. E’tiborlisi, joylarda tashkil etilgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida o’rgatiladi va mehnat bozoridagi ehtiyojga ko’ra kasblarning turi o’zgarib turadi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish