Melaneziya va Mikroneziya xalqlari:«Qora orollar» deb atalgan Melaneziyaga papuaslar O’lkasi – Yangi Gvineya, Birmark arxipelagi, Yangi Gebrid, Fidji, Yangi Kaledoniya va boshqa mayda orollar kiradi. Mustamlaka arafasida papuaslar va melanehiyaliklar xo’jalik jihatdan deyarli bir darajada turganlar. Ularning xwjaligida eng bosh soha topik tipdagi qashshoq bwlganligi tufayli ovchilik deyarli rivojlanmagan.
Melaneziyaliklarning asosiy qurollaridan toshbolta, nayza, choqmor, o’q-yoy (Yangi Gebrid orollarida eng muhim qurol), palaxmon kabilar keng tarqalgan. Mudofaa uchun ba`zan yog`och yoki to’qima qalqon ham ishlatilgan. Idish-tovoqlarni yag`och va bambukdan, kokos yong`og`idan 70 yoki qovoqdan yasaganlar. Charxsiz kulolchilik, savat, bo’yra, xalta, yelpig`ich, kabi buyumlarni to’qish keng rivojlangan. Ammo gazlama to’qishni bilmaganlar, tapa (maxsus daraxt qobig`i)dan va O’simlik yaprog`idan etakli belbog` va hokazo tikilgan.
Melaneziyada patriarxal quldorlik paydo bo’lgan. Qullar harbiy asirlar hisobiga to’ldirilgan. Patriarxal tipdagi juft nikoh uncha mustahkam bo’lmagan. Butun jamoa ishlarini belgilab va boshqarib turuvchi qavmi qarindoshlik munosabatlari ancha o’zgargan, katta qalin to’lash, Ko’pxotinlik paydo bo’lgan. Gvineyaga borgan Ya.Volnevich so’nggi o’n yillikda kelin bahosi o’n hissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bo’lib, kambag`al yigitlarga uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi. Oqibatda poligam nikoh kuchaygan. Eri o’lganda xotini ancha vaqt motam tutgan, keyin erining jasadini qabrdan kovlab olib ariqda yuvgan, kalla suyagini maxsus to’r xaltaga solib wzi bilan olib yurgan. Kukuku qabilasida kishi o’lgandan keyin jasadni uyda maxsus ustanga yotqizib bir oycha dudlatib quritganlar, so’ng chiptaga o’rab qabristonga eltib qwyganlar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba`zan bir skelet suyagini taqib yurish umrining oxirigacha swzilishgan hollari kuzatilgan. Faqat qaynog`asi yoki qaynisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib, yangi turmush qurishi mumkin bwlgan. Ilgari ayrim qabilalarda bolasi o’lgan ayol bir barmog`ini motam belgisi sifatida kesib tashlagan va bo’yniga osib yurgan. Papuas va melaneziyaliklarning diniy e`tiqodida mana tushunchasi muhim rol o’ynagan. Mana tabiatning turli hodisalari, arvohlar, boy kishilar bilan bog`liq qandaydir qiyofasiz kuch hisoblangan. Eng kuchli mana, odatda, qabila boshliqlari, erkaklar ittifoqi rahbarlari va ularning arvohlariga xos bo’lib, ularga sig`inish keng tarqalgan. Yangi Gebrid orollarida tabiat ruhlariga itoat kuchli bo’lgan. Ajdodlarning arvohlariga sig`inish e`tiqodi o’liklarning kalla suyagini maxsus muqaddas joylarda saqlash odatini yaratgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiylikka wtish davriga xos turli animistik tasavvurlar, sehrgarlik e`tiqodi (ayniqsa, boshliqlar manasi kuchi), dahshatli prvohlar obrazi va u bilan bog`liq marosimlar melaneziyaliklarning ma`naviy madaniyatiga ta`sir etgan.Mikroneziya xalqlarning tillari kam wrganilgan, ammo swnggi klassifikatsiya ma`lumotlari malayya-polineziya turkumi avstroneziya til oilasiga oid ekanligini tasdiqladi.Mikroneziyaliklarning kwp qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi. Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru (64 ming kishi)dir. Sof okeaniya tilida so’zlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. G`arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi (15 ming kishi) G`arbiy mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashqari ko’p sonli metislar va immigrantlar ham mavjud. Mikroneziyaliklarning xwjaligida serunum erlar kam bwlganligi tufayli faqat kokos palmasi, shakarqamish, non daraxti wstiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun kwradi. Mayda orollarda qisman o’ziga xos madaniyatga ega bwlgan dengiz kwchmanchilari deb nom olgan qabilalar ham yashaydi. Baliq ovi ashyolarini tayyorlash ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan yog`och tolalardan to’qilgan to’rlar, bambukdan po’pak va hinjilardan qarmoqlar, xivichdan yasalgan har xilto’rlar, sanchqi va hokazo.
Tinch okeanining markaziy qismida keng, taxminan bir million kvadrat kilometr suv sathidagi katta – kichik orollardan iborat Polineziya (“Ko’p orollik”) shimolda Gavayya arxipelagi, janubda eng katta qo’shorol – Yangi zelandiya va sharqda pasxa uchburchagi joylashgan. Asosan vulqon va marjonlardan paydo bo’lgan Polineziya orollari (Yangi Zellandiyani hisobga olmaganda) 26 ming kvadrat km.dan ortiq hududga ega. Shundan 17 ming kvadrat km faqat gavayya arxipelagiga tegishli, 220 ta orol esa har bittasi har kvadrat kmdan ham kam joyni egallaydi.
“Polineziya” so’zi ilk marta 1756 yilda fransuz yozuvchisi Sharll Bross tomonidan fanga olib kirilgan bo’lib, u dastlab Tinch okeanidagi barcha orollarga nisbatan qo’llangan. 1831 yilda esa fransuz sayohatchisi, dengizchi, okeanshunos Jyul Dyumon Dyurvil fransuz geaografiya jamiyatida qilgan ma’ruzasida mazkur atamani am’lum ma’noda chegaralash va hozirgi ko’rinishida qo’llashni taklif qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |