4
Safarova N.O."Terrorizmga qarshi kurashning tarixiy falsafiy taxlili"-Toshkent.:Milliy institut.2010.10-b.
6
1 BOB XALQARO TERRORIZMNING MAZMUN MOXIYATI
1.1 Xalqaro terrorizmning tarixi va sabablari
Terror tushunchasi va terror jarayonlari tarixiy kelib chiqish jixatidan ancha
uzoq davrlarga borib taqalsa xam, o’tgan asrning II -yarmidan boshlab o’zining
ko’lami, o’z oldiga qo’ygan maqsadlari va oqibatlari jixatidan xam daxshatli
yuksalmoqda. Terrorizm siyosiy tusga ega bo’lgan destruktiv xarakat xamdir.
Jahondagi ko’pgina davlat va jamoat arbobloari, yirik olimlar,
mutaxassislar, ayniqsa, yoshlar dunyoni tinchlik xukmron bo’lishi, xar qanday
xavfning oldi olinishidan manfaatdor ekanliklarini sezmoqdalar va buning uchun
barcha kuch, imkoniyatlarni safarbar etmoqdalar. Taasuflar bo’lsinki, terror degan
og’ir jinoyat butun dunyoga insonlar boshiga katta xavf-xatar solmoqda,
zaminimiz tinchini buzmoqda.
Terrorchilik o’ta murakkab jinoiy xodisadir. Bugungi kunda "Davlat
terrorizmi"
5
atamasi taxlil qilishga extiyoj sezilmoqda.
Xalqaro terrorizm o’zining dastlabki tarixiy kelib chiqish davrida qandaydir
bir mamlakat chegarasi bilan, qandaydir muayan cheklangan maqsadlarni ko’zda
tutgan xolda va chekklangan vositalarni qo’llab amalga oshirilgan, uning oqibati
xam shularga mutanosib namoyon bo’lgan bo’lsa xam xozirgi vaqtda ko’lami va
boshqa jixatlari bilan agar tabir joiz bo’lsa, geometrik proporsiyada ortib
bormoqda. O’z navbatida O’zbekiston davlati va fuqorolari xam bu boradagi say-
xarakatlarni yana xam izchil asosga qo’ymoqdalar. Aytish joizki, xalqaro
terrorizmga qarshi siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy va ma’naviy jixatlardan samarali
kurash olib borish va ijobiy natijalarga erishish uchun avvalo uning tarixiy ijtimoiy
siyosiy, g’oyaviy va mafkuraviy ildizlarini aniq anglab olmoq zarur.
10 Nigora Safarovna Terrorizm:manbalar, maqsadi va globallshuv jarayoni. Toshkent:Fan. 2006.10-b.
11. Qarang: ―Falsafa izoxli lug’at‖-Toshkent.:SHarq.2004.310-b.
12 .Qarang: O’zbekiston yuridik ensiklopediyasi.-Toshkent.:Adolat.454-b.
7
Ammo xozirgi davrda terror o’zining ko’lami, maqsadi, kurash vositalari
jixatidan muayan bir davr, tarixiy sharoit, mamlakat, shaxsga qaratilganligi
jixatidan xar qanday chegaradan chiqib, xalqaro miqyosda ijtimoiy xodisaga
aylanib bormoqda.
6
Bunga misol kilib Xalqaro terrorizmning qaday jarayonlar va qanday
ko’rinishlarda namoyon bo’lishi misol sifatida quyidagi tushunchani ko’rsatish
mumkin.
Xalqaro terrorizm biron bir davlatdagi terrorchilarning o’z xarakatlarini u
yoki bu davlat xududidan tashqariga chiqib, davom ettirishdir.
Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya
va xarakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyatini
ifodalaydi. U aloxida siyosiy arboblarni o’ldirish yoki ularga qasd qilish orqali
xalqaro ishtimoiy siyosiy aks sado beradigan buzg’unchi siyosiy xarakatlarni
ifodalsh uchun xam ishlatiladi.
Terrorchlik xarakatlarining:
Xalqaro xuquq ximoyasidadi obekt yoki subektlarga qarshi qaratilgani;
Ekstremistik gurux azolarining boshqa davlatlar xududida tashkil etilgan
maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko’rishi;
Tayyorgarlik ko’rish va qo’poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va
ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol yarog’
savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanishi uning
xalqaro terrorchlik xuruji ekanini qo’rsatuvchi asosiy belgilardan xisoblanadi.
13 Karimov I.A. O’zbekiston 21 asr bo’sag’asida: xafvsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyyot
kafolatlari. Toshkent: O’zbekiston, 1997. 11-b.
8
Muayyan mamlakat xududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan
u yoki bu belgilarning bo’lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib
chiqib, unga mos choralar ko’rilishiga olib keladi.
7
Terrorchilarning biron bir xorijiy davlatga joylashgan xalqaro terrorizmning
o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib turadi.
Masalan:
Terrorchilar xam jinoyat qurbonlari xam bir davlatga mansub yoki bir necha
davlatga tegishli bo’lishi mumkin. Ammo jinoyat shu davlatdan tashqarida sodir
etilgan bo’ladi.
Terrorchilik xarakati xalqaro ximoya ostidagi shaxslarga qaratilgan bo’ladi
Terrorchilik xarakatlariga tayyorgarlik bir davlatda amalga oshirilib,
jinoyatning o’zi esa ikkinchi davlat xududida sodir etiladi.
Terrorizmning turli shaklarda namoyon bo’ladi: siyosiy terrorizm, iqtisodiy
terrorizm, ijtimoiy terrorizm, infarmatsion terrorizm, millatchilik terrorizmi, diniy
terrorizm. Ammo ular qanday shaklarda namoyon bo’lmasinlar, ularning mazmun
moxiyati falsafiy nuqtai nazardan bitta ma’naviy tanazul va g’ayrinsoniylik.
O’zbekiston milliy xafsizligi, barqarorligi, taraqqiyoti va mamlakatda
xukum surayotgan fuqoroviy va millatlar aro xamjixatlikka bugun real taxdidlar,
shu jumladan, terrorizm taxdidi mavjud ekan, bu muamoni chuqur o’rganish,
imkon darajasida uning oldini olish bo’yicha tegishli ilmiy xulosalar, xususan
falsafiy xulosalar ishlab chiqish davr talabiga aylanmoqda.
Har qanday taxdid ayniqsa terrorizm taxdidi ijtimoiy siyosiy, ma’naviy
mafkuraviy vaziyat bo’lib, muayan tarixiy davrda aniq bir maqsadga, yani
ijtimoiy tizim sifatida davlatning siyosiy asoslarini zaiflashtirishga, yemirishga,
14 Mustakillik izoxli ilmiy ommabop lug’ati. Toshkent:2000.164-b.
9
shuningdek, inson xayotiy faoliyatini izdan chiqarishga qaratilgan xududiy
mintaqaviy, umumsayoraviy omillarning kirib kelishi tufayli sodir bo’ladi.
"Bugungi kunda, deb takidlaydi Prezdentimiz I.A.Karimov xavfsizlik va
barqarorlik yo’lida paydo bo’layotgan taxdidlarga tegishli munosabatda bo’la
olishning o’zigina yetarli emas. Mavjud xavf xatarlarning tabiatini to’g’ri tushunib
yetishimiz kerak. Jamiyatda barqarorlikni saqlash shart- sharoitlarini belgilab
olishimiz va ulardan samarali foydalanishimiz zarur". Shu nuqtai nazardan
terrorizm taxdidiga nixoyatda jiddiy yondashib, uning siyosiy, mafkuraviy,
g’oyaviy asoslarini va maqsadlarini fosh qilish bilan birga terror va terrorizmning
asl moxiyatini falsafiy taxlil qilish Respublikamiz falsafa fanining muxim
vazifalaridan biridir. Zero terrorizm xavfi zamon va
8
makon nuqtai- nazaridan
doimiy ravishda jamiyat xayotiy faoliyati va rivojlanishiga o’ta salbiy tasir
ko’rsatish kuchiga ega bo’lib kelgan.
Shuni xam takidlab o’tmoq joizki , biror bir mamlakatning taraqiyot yo’liga
tushushi, turli soxalarda ko’zga ko’rinarli yutuqlarni qo’lga kiritishi mamlakat
barqarorligiga nisbatan taxdidlarning barxam topganligidan darak bermaydi,
albatta. Bundan terrorizm xavfi xam mustasno emas. Buni O’zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi tarixida yuz bergan terroristik
guruxlarning xurujlari yaqqol namoyon qildi. Shu nuqtai nazardan asosiy vazifa
o’z vaqtiga uning oldini olish, bartaraf etishga qodir bo’lgan chora tadbirlar
tizimini ishlab chiqish va lozim bo’lganda layoqat bilan ularni safarbar qila
bilishdadir. Terrorizmga qarshi samarali kurashning mustaxkam mafkuraviy
asosini yaratishda esa falsafiy taxlilning zarurligi tabiiydir.
Ikkinchi
tomondan
terror,
terrorchilik
va
xalqaro
terrorchilik
tushunchalarining falsafiy moxiyatini aniqlashning ijtomoiy- siyosiy, g’oyaviy va
mafkuraviy
zaruriyati
shundaki,
O’zbekistonda
ijtimoiy-iqtisodiy,
15 Mamadaliyev Sh. Oppozitsiyami yoki muxolifat? Ayrim muloxazalar.Xuquq. 2002. 46-47b.
10
madaniy,ma’naviy, mafkuraviy-siyosiy jarayonlarning tub moxiyatini ataylab
soxtalashtirishga, buzib ko’rsatishga xarakat qilayotgan ayrim ichki va tashki
"opponent"larimiz oshkora terroristik ruxda tashviq qilinayotgan, namoyon
bo’layotgan xatti-xarakatlarni muxolifat deb baxolashga va oqlashga xarakat
qilmoqdalar. Shuning uchun biz ularning ig’vogarona davatlari terrorizmni
muxolifat niqobi bilan berkitishga xarakatdan boshqa narsa emasligini asoslash
maqsadida muxolifat tushunchasining siyosiy va mafkuraviy moxiyati xaqida
biroz to’xtalib o’tmoqchimiz.O’zbek tilining izoxli lug’atida muxolifat degan ot
yo’q, sifat bor." Muxolifat" tushunchasi mavjud va quyidagicha izoxlanadi :
"Muxolifat"–arabcha qarama- qarshilik, xiloflik, ziddiyat. "Muxolifat"qarama -
qarshi fikrga ega bo’lgan, qarshi chiquvchi, kishi".
9
Muxolifat va terrorchlik tushunchalari o’rtasida siyosiy xatti- xarakatlar
jixatidan xam, mafkuraviy asoslari jixatidan xam xech qanday umumiylik
yo’qligi,ular tubdan bir-biriga zid ekanliklarini yana xam aniqroq tassavur qilish
uchun xozirgi paytda ijtimoiy fikirda "muxolifat" tushunchasi xaqida bildirilgan
bazi noto’g’ri fikrlar xaqida to’xtalib o’tmoq lozim. Bu xaqda biz tadqiqotchi
S.Mamadaleyevning quyidagi fikrlarini keltirib o’tmoqchimiz "Ishtimoiy fikrda"
"muxolifat" tushunchasi xaqida bir qancha noto’g’ri tasavurlar mavjud.
Ular quyidagilar:
Birinchi tasavvur. "O’zbekistonda rasmiy xokimyat tan olingan "Muxolifat"
yo’q . Bunday fikrlar, asosan, o’zini demokratik jarayonlarni baxolovchi oliy
xakam deb etirof etuvchi ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida uchraydi…
Ikkinchi tasavur. Ayrim chet el ommaviy axborot vositalri vakillarining.
"O’zbekistonda muxolifat tazyiqqa olinmoqda, shuning uchun u mamlakat
tashqarisida faoliyat ko’rsatishga majbur", - degan fikrlari xam bizning
nazarimizda anglab olinmagan moxiyatning inikosidan boshqa narsa emas…
16 Qirg’izboyev M. Terrorizm va ekstremizm: asosiy tushunchalari va yo’nalishlari. Toshkent.2001;122-b.
11
Terrorizm xatti-xarakatlarining mazmuni va moxiyati esa bevosita
zo’ravonlik, inson xayotiga taxdid va uning xuquqlarini poymol etish bilan bog’liq
bo’lgan butun shahar, mamlakatni xonavavron qilishga olib keladigan, xalq millat
va mamlakat taqdirini butunlay boshqa o’zanga burib yuborib, o’z maqsadi va
g’oyalarining ro’yobi uchun xech narsadan tap tortmaslikdir.
XX- asrning so’nggi yillarida muayyan bir mamlakat va mintaqa
chegarasida aniq bir maqsadni amalga oshirishni nazarda tutgan terroristik
xarakatlar, tashkilotlar tobora xalqaro miqyosda kengayib global muamolardan
biriga
aylanib
borayotganligi
tufayli
jaxondagi
ko’pgina
mutaxasis
siyosatshunoslar, jamiyatshunoslar, xuquqshunoslar, ruxshunoslar, davlat va
jamiyat arboblarining bu muamoning asl moxiyatini ochib berish masalasiga oid
qator tadqiqotlari, bildirgan fikr muloxazalari keng jamoatchilikka taqdim etildi.
Albatta, ularning terrorizmga bergan tariflarida, bildirgan fikr muloxazalarida u
yoki bu darajada tafovut, munozarali tomonlar bo’lishi tabiiy. Lekin ularning
xammasi bir masalada yakdil : xech qanday sabab terrorizmnning jinoiy
moxiyatini oqlay olmaydi.
Fikrimizni asoslash uchun bu boradagi ularning ayrim fikrlarini keltirib
o’tmokqimiz. Chunonchi, professor A. B. NAUMOV shunday deb yozadi: "
Jinoiy terrorizmni "nojinoiy" terrorizmdan farqlash masalasiga kelsak, bunday
farqlanishni shartli ravishda uning vaj baxonasiga nisbatan, yani jinoiy yoki ruxiy
ildiziga nisbatan ko’plab mumkin.
10
Jinoyat qonuni chegarasida esa, xar qanday
terrorizm jinoyatdir, zero u qonunni buzushdir".
11
O’zbekistonda
jamiyatshunoslar,
siyosatshunoslar,
xuquqshunoslar,
psixologlar
tomonidan
amalga
oshirilayotgan
tadqiqotlarda
terrorizmga
umumbashariy
murakkab
ishtimoiy-siyosiy,
xuquqiy, ma’naviy,g’oyaviy,
17 Karang: Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy marifiy asoslari.Toshkent islom
uneversiteti.;2005. 73-74 b-t.
12
mafkuraviy nuqtaiy nazardan yondoshib, tizimli, kompleks tadqiq qilishga
intilmoqdalar.
Shuni xam takidlamoq joizki, O’zbekiston davlati va xukumati terrorizm
muamosiga o’zining tashqi va ichki siyosatining muxim masalasi sifatida
yondoshib, terrorizmga qarshi kurashning xuquqiy asosini belgilovchi qonunlarni
xam ishlab chiqdi. Chunonchi, so’nggi yillarda O’zbekistondagi qonunchlik
tizimida terrorchi, terrorchilik guruxi, terrorchilik tashkiloti kabi tushunchalarni
umumlashtirgan xolda ularning tarifiga aniqlik kiritildi. 2001-yilda e’lon qilingan
O’zbekiston Respuplikasining "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi"
qonunning ikkinchi moddasida terrorizm tushunchasi quyidagicha ifodalangan:
"terrorizm-siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun
shaxsning xayoti, sog’ligiga xavf tug’diruvchi, mol mulk va boshqa
12
maqsadlarga erishish boshqa obektlarning yo’q qilinishi xavfini keltirib
chiqaruvchi xamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni
biror bir xarakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga,
xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverentetini, xududiy
yaxlitligini buzishga, xafsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojorolarni ko’zlab
ig’vogarliklar qilishga, axolini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatni
beqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respuplikasining Jinoyat kodeksida
javobgarlik nazarda tutilgan. Zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy
qilmishlar: terrorchi terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etgan shaxs:
terrorchilik guruxi oldindan til biriktirib terrorchilik xarakatini sodir etgan, bunday
xarakatga tayorgarlik ko’rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan
13
shaxslar
guruxi: terrorchilik tashkilot - yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik
guruxlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi".
18 O’zbekiston Respublikasi Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonuni. Xalq so’zi. 2001, 20 yanvar
13
Shuning O’zbekistonda terrorizmga qarshi olib borilayotgan kurash nafaqat
O’zbekiston fuqarolari tamonidan, shu bilan birga xalqaro xamjamiyat, qator
mamlakatlarning davlat boshliqlari, atoqli jamoat arboblari, barcha taraqiyparvar
insoniyat tomonidan qo’llab- quvatlanmoqda. Shu munosabat bilan yana Prezdent
I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi
sessiyasida so’zlagan nutqidan quyidagi fikrlarni keltiramiz: "Yurtimiz boshiga ish
tushgan tashvishli kunlarda jaxondagi ko’plab nufuzli davlatlar, xalqaro
tashkilotlarning raxbarlari xalqimizga xamdardlik bildirib bizni qo’llab
quvvatlaganidan, o’ylaymanki, jamoatchligimiz yaxshi xabardor. Shular qatorida
musulmon davlatlarining raxbarlari, islom olamining ko’zga ko’ringan siyosat va
din namoyondalarining bu masalaga xolis va sog’lom yondashuvi etiborga
sazovor".
O’z navbatida O’zbekiston davlati va fuqarolari xam bu boradagi say-
xarakatlarini yana xam izchil asosga qo’ymoqdalar. Aytish joizki, xalqaro
terrorizmga qarshi siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy va ma’naviy jixatlardan samarali
kurash olib borish va ijobiy natijalarga erishish uchun avvalo uning tarixiy,
ijtimoiy- siyosiy, g’oyaviy va mafkuraviy ildizlarini aniq anglab olmoq zarur.
Xalqaro terrorizm qanday rangli bayroq ostida, qanday g’oyaviy va
mafkuraviy shiorlar asosida, qanday maqsadlarni ko’zda tutib amalga oshirmasin
zamonamizning eng xavfli, eng daxshatli global muamolaridan biriga aylanib
bormoqda. Terrorchilarning tez suratlar bilan rivojlanib borishi uning chegaralarini
xam kengayishiga sabab bo’lmoqda.
Hozirgi davrda xalqaro terrorizmning glaballashuvi shu darajaga borib
yetdiki, nafaqat biror bir mamlakat yoki mintaqada, balki jaxon miqyosida uning
chegarasini aniqlab bo’lmaydigan darajaga borib yetdi. Xozirgi paytda dunyoning
birorta mamlakati yoqki, terrorizm xavfidan o’zini xoli deb bilsa. Bu xaqda
yurboshimiz I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n
to’rtinchi sessiyasidagi nutqida shunday deb takidlaydi: "Xozirgi vaqtda
14
terrorizmning tajavuzidan o’zini xoli xis qiladigan birorta qit’a yoki davlatning
o’zi yo’q. Xuddi vabo singari yer yuzini ko’plab mamlakatlariga yoyilib
borayotgan bu balo qazo ertaga kimni nishonga olishini xam oldindan aytish qiyin.
Agar ushbu takidning ma’naviy jixatini ko’rib chiqadigan bo’lsak, xozirgi
paytda xalqaro terrorizmga qarshi kurash butun taraqiyparvar insoniyatning, shu
jumladan, O’zbekiston fuqorolarining vazifasi va muqaddas burchidir. Xalqaro
terrorizmga qarshi g’oyaviy va mafkuraviy kurash yo’nalishlari vositalarini aniq
belgilab olishda esa, uning kelib chiqishining tarixiy va ishtimoiy-siyosiy
ildizlarini, g’oyaviy va mafkuraviy manbalarini aniqlash bu boradagi muxim
nazariy masalalardan biridir. Eng avvalo, xalqaro terrorizmning tarixiy kelib
chiqishining ishtimoiy-siyosiy shart-sharoitlari xaqida to’xtalib o’tmoqchimiz.
Xalqaro terrorizm keng ko’lamda yoyilishi va tajavuzkorligining tobora oshib
borishi XX- asrning 70-80 yillariga to’g’ri keladi. Bu tasodifiy xol emasdir buning
sabablaridan biri ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda xarbiy xarajatalarga
sarflanayotgan katta mablag’, buning natijasida narx navoning oshishi iqtisodiy
tanglik va ishsizlikning ko’payishiga olib keldi. Jamiyat iqtisodiy xayotidagi
bunday xolat jamiyatning qator tabaqa va guruxlarida norozilik uyg’otdi. Malum
darajada jinoyatchilik ko’paydi. Bundan esa siyosiy ekstremistik guruxlar ustalik
bilan foydalandi.
14
Albatta, xozirgi zamon xalqaro terrorizmni geografik ko’lami jixatidan xam,
kurash vositalari va imkoniyatlarining rang-barangligi jixatidan xam, uning
xavfining geometrik proporsiyada o’sib borishi jixatidan xam, unga qarshi
kurashning tobora qiyinlashib borishi jixatidan xam uning tarixiy shakliga
taqqoslab bo’lmaydi. Ammo bular o’rtasidagi bir umumiylikni ko’rsatib o’tish
mumkin.
Ularning
xar
ikkisi
xam
umuminsoniyat
manfaatlari
bilan
xisoblashmaydigan, aksincha unga zid bo’lgan bir gurux shaxslarning, yoki tarixiy
19 Nigora Safarovna. Terrorizm: manbalar,maqsadi va globalashuv jarayoni.Toshkent:Fan. 2006.10- 21 b.
15
taraqiyot qonunlariga zid keluvchi siyosat, g’oya va mafkuraning maqsadlarini
amalga oshirishga qaratilgan jinoiy va g’ayriinsoniy xatti xarakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |