Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Konferensiya ishtirokchilari fikrlari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana16.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#67997
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
ozbekiston mustaqilligi sharoitida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar tarixi

Konferensiya ishtirokchilari fikrlari:  

Igors Tipans, Riga texnika universiteti prorektori (Latviya): 

–  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  forumdagi  nutqi 

menda unutilmas taassurot qoldirdi. Davlatingiz rahbarining O‘zbekistonda ta’lim 

tizimini  rivojlantirish  bo‘yicha  amalga  oshirilgan  keng  ko‘lamli  islohotlarga  doir 

teran fikrlari anjumanning barcha qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. 

                                                

1

 Батафсил қаранг: Каримов И.А. Асарлар 20 жилд.  




 

28 


Konferensiyada  O‘zbekistonda  joriy  etilgan  9+3  sxemasi  bo‘yicha  12  yillik 

umumiy  majburiy  bepul  ta’lim  tizimi  o‘zining  yuksak  samaralarini  berayotgani 

alohida  ta’kidlandi.  Bu  umumta’lim  maktabidagi  9  yillik  o‘qishdan  so‘ng 

o‘quvchilarning keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va 

akademik  litseylarda  tahsil  olib,  ularning  har  biri  umumta’lim  fanlari  bilan  birga 

mehnat  bozorida  ehtiyoj  katta  mutaxassisliklar  bo‘yicha  kasb-hunar  egallashida 

muhim  omil  bo‘layotir.  O‘zbekistonning  ta’lim  modelidan  boshqa  mamlakatlar 

ibrat olsa arziydi. 

Samarqandni ko‘rib,  bamisoli  ertaklar  shahriga  kelib  qolgandek  bo‘ldim.  Bu 

yerdagi  qadimiy  obidalarning  me’moriy  yechimi,  bugunga  qadar  asl  holida 

saqlanib  kelinayotgani,  kishi  aqlini  shoshiruvchi  go‘zalligi  va  salobati  haqiqiy 

mo‘jizadir. 

Javad Laghariy, Oliy ta’lim bo‘yicha komissiya raisi (Pokiston): 

– Avvalo, ushbu xalqaro forum juda yuksak saviyada tashkil etilganini alohida 

ta’kidlamoqchiman.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning 

xalqaro  konferensiyada  ishtirok  etishi  va  nutqi  so‘zlashi  ushbu  yirik  anjumanning 

nufuzini yanada oshirdi. 

O‘zbekistonning  ikki  betakror  shahri  –  Toshkent  va  Samarqand  o‘rtasida 

qatnay  boshlagan  yangi  “Afrosyob”  katta  tezlikda  yuradigan  elektropoyezdi 

yo‘lovchilaridan  biri  bo‘lganimdan  mamnunman.  Ushbu  zamonaviy,  qulay, 

yo‘lovchilar  uchun  barcha  sharoitlar  muhayyo  etilgan  poyezd  yurtingizda  barcha 

sohalari kabi temir yo‘l tizimi ham izchil rivojlanayotganidan dalolatdir. 

Xalqaro  anjumanda  O‘zbekiston  ta’lim  tizimining  o‘ziga  xos  modeli, 

bosqichma-bosqich  amalga  oshirilgan  islohotlar  natijasida  qo‘lga  kiritilgan  ulkan 

yutuqlar bilan tanishish va bu borada mamlakatingizning boy tajribasidan ko‘plab 

foydali jihatlarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik. 

Den  Devidson,  Xalqaro  ta’lim  bo‘yicha  Amerika  kengashi  prezidenti 

(AQSH):  




 

29 


–  Bugungi  kunda  ta’lim  tizimini  rivojlantirish,  iqtidorli  talabalar  safini 

kengaytirish,  professional-mahoratli  kadrlarni  yetishtirish  jahonning  barcha 

mamlakatlari  uchun  birdek  dolzarbdir.  Shu  nuqtai  nazardan  O‘zbekistonda  bo‘lib 

o‘tgan  “Yuksak  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  – 

mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish  va  modernizatsiya  qilishning  eng  muhim 

sharti”  mavzusidagi  xalqaro  konferensiyaning  ahamiyati  g‘oyat  kattadir.  Zero, 

nafaqat muayyan bir mamlakat, balki butun jahon iqtisodiyotining rivoji ta’limning 

sifati bilan uzviy bog‘liqdir. 

Xalqaro  anjumanning  ochilishida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom 

Karimovning  so‘zlagan  nutqi  mamlakatingiz  ta’lim  tizimida  erishilgan 

muvaffaqiyatlar,  puxta  ishlab  chiqilgan  ta’lim  modeliga  oid  foydali  maslahatlarni 

qamrab  olgani  bilan  forumning  barcha  ishtirokchilarida  katta  qiziqish  o‘yg‘otdi. 

O‘zbekistonda  ishlab  chiqilgan  va  muvaffaqiyatli  tatbiq  etilayotgan  ushbu  ta’lim 

modeli barcha mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 

O‘zbekistonda  12  yillik  ta’lim  barcha  uchun  majburiy  va  uning  bepul  ekani 

qonunlaringizda  belgilab  qo‘yilgani  e’tiborga  molik.  Bugungi  kunda  o‘sib 

kelayotgan  yangi  avlodingiz  12  yillik  majburiy  ta’lim  olish  bilan  birga  aniq 

mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo‘lishiga, ayniqsa qizlarning bu jarayonda faol 

qatnashishiga qaratilayotgan ulkan e’tibor tahsinga loyiq. Prezident Islom Karimov 

ta’kidlaganidek,  yosh  oilaning  mustahkamligi  avvalo  qizlarning  biror-bir 

mutaxassislikni  egallab,  hayotda  o‘zining  mustaqil  fikri  va  o‘rniga  ega  bo‘lishi 

bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Bu  fikrni  men  qatori  bshqa  ishtirokchilar  ham  keng 

qo‘llab-quvvatladi. 

Muhammad Amin Mirza, “Umm Al-Quraa” universiteti tibbiyot fakultetining 

professori (Saudiya Arabistoni Podshohligi): 

–  O‘zbekistonda  boshqa  sohalar  qatori  temir  yo‘l  tarmog‘ini  rivojlantirishga 

ham  katta  e’tibor  qaratilayotgani  tahsinga  sazovor.  Samarqandga  “Afrosyob” 

elektropoyezdida  kelganimizdan  juda  mamnunmiz.  Shuni  alohida  ta’kidlashni 

istardimki,  yuqori  tezlikda  harakatlanadigan  ushbu  transport  vositasida 



 

30 


yo‘lovchilar  uchun  barcha  qulayliklar  yaratilgan.  Qish  bo‘lishiga  qaramay, 

poyezddagi  mo‘tadil  haroratning  barqaror  ta’minlanishi  menga  g‘oyat  ma’qul 

bo‘ldi. Salonlarning qulayligi, xodimlarning kiyinishi va muomala madaniyati ham 

bizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

Qadim  Samarqanddagi  betakror  me’moriy  obidalar,  jumladan,  Amir  Temur 

maqbarasi, Registon maydonidagi Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari kabi 

tarixiy  yodgorliklar  o‘z  jozibasi  bilan  barchaga  ma’naviy  quvvat  baxsh  etadi. 

O‘zbekistonning  boy  tarixini  aks  ettirgan  ushbu  bebaho  obidalar  bilan  xalqingiz 

har  qancha  faxrlansa  arziydi.  Har  qadamda  ulkan  bunyodkorlik  ishlarini  ko‘rib, 

O‘zbekiston xalqining yaratuvchanlik salohiyatiga tasannolar aytdik. 




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish