XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
3
KIRISH
Yaqin 5 yil ichida O’zbekiston o’nlab xalqaro anjumanlarga mezbonlik qildi
va bu xolni butun dunyo e’tirof etmoqda.
Jumladan, 2012 yil 17 - 18 fevral kunlarida Toshkent shahrida "Yuksak
bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror
taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti”, 2014 yil 15 - 16
may kunlari
Samarqand shahrida “O‘rta asrlar sharq allomalari
va
mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va
ahamiyati”, shu yili "Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks
rivojlantirish va qiyofasini o'zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash
omili", qolaversa o’tgan yillar davomida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi”,
“O’zbekistonda oziq - ovqat zahirasi”, “O’zbekistonda sog’liqni saqlash”
masalalari, qolaversa sud - huquq va ijtimoiy iqtisodiy sohalarga oid o’nlab
konferensiyalar shular jumlasidan.
Har bir konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning
ishtirok etishi va ma’ruza qilishi bu anjumanlarning naqadar ilmiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Zero,
Prezidentimiz 1998 yilda nashr etilgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida
quyidagi misralarni bejiz keltirmagan edi. Jumladan: “Hozir O’zbekiston deb
ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki, umumjahon
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy
va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar,
siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari
mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan...Beshafqat davr sinovlaridan omon
qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz
xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan
tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo,
4
astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning
beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftihorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan
xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli
mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman.”
1
Konferensiyalarda Prezidentimiz yoshlar masalasiga ham alohida to’xtalib,
bugungi kunda O’zbekiston ta’lim saohasida olib borilayotgan islohotlar va
ularning samaralari haqida gapirib, jumladan: “Ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish
dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida uzluksiz ta’limning
zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit tizimi yaratildi. Bu tizim ta’lim
jarayonlarining barcha bosqichlarini – maktabgacha va maktab ta’limidan tortib
o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bo’g’inini, shuningdek xalqaro me’yorlarga
mos holda bevosita fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini
nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi bir bosqichli ta’limni o’ziga qamrab
oldi.”
2
Prezidentimiz
tomonidan
belgilangan
"Mamlakatimizda
demokratik
islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi" butun jahon miqyosida juda katta e’tibor qozondi. Xususan,
Malayziyaning O’zbe-kistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdulaziz bin
Xarun ta’kidlaganidek: "Ushbu Konsepsiya nafaqat O’zbekiston xalqi, balki
xalqaro hamjamiyat tomonidan ham keng qo’llab-quvvat-lanmoqda. Uning amalga
oshirilishi mamlakatimizning rivoj-langan demokratik davlatlar qatoridan
mustahkam joy olishida muhim omilga aylanishi, shubhasiz.
Samarqand shahrida 2014 yilning 15 -16 may kunlari “O’rta asrlar SHarq
allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu
konferensiyada Bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyaning o’tkazilishidan asosiy
maqsad: insoniyat sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo’lgan va o’z zamonasida
1
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент: Шарқ, 1998. 3-4 бетлар.
2
Халқ сўзи, 2012 йил, 18 феврал.
5
dunyo ilm-fani Markazlaridan biriga aylangan yurtimiz hududida o’rta asrlarda
faoliyat ko’rsatgan SHarq allomalarining o’rni va hissasini jahon hamjamiyatini
yana bir karra namoyon qilish.
Ushbu konferensiyada muhtaram Prezidentimiz I.Karimov nutq so’zlab,
jumladan quyidagilarni bayon qildi:
“O’rta asrlar SHarq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim
tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish,
ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi - yangi iste’dodli avlodlar to’lqinining
paydo bo’lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda
iqtisodiyot, qishloq va shahar xo’jaligining ancha jadal o’sishi, hunarmandchilik va
savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo’llar qurilishi, yangi karvon
yo’llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan
bevosita bog’liq bo’lgan...
O’rta asrlarda Movarounnahr, Xuroson, Turon deb atalgan yurtlarda dunyo
fanlari rivojlanishida muhim o’ringa ega. Sababi, bu davrda Al-Xorazmiy
“Algoritmga” asos soldi (Al jabr val muqobala), Beruniy ilk bor globusni yaratdi
va dunyoning narigi tomonida quruqlik borligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab
berdi (bugun Amerika o’z tarixini Beruniyning nazariy qarashlaridan boshlash
kerakligini ta’kidlamoqda), al-Farg’oniy Nil sathini o’lchovchi (Nilometr) asbob
yaratdi, Az-Zamahshariy arab tili grammatikasiga asos soldi, Ibn Sino tibbiyot
olamiga asos soldi, Abu Nasr Forobiy G’arb falsafiy qarashlarini SHarq xalqlariga
tahlil qilib berdi, fanlarni klassifikatsiya qildi va ikkinchi muallim sifatida nom
qozondi, Alisher Navoiy o’zbek tiliga asos soldi, Ulug’bek yulduzlar jadvalini
yaratdi, Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmining sultoniga aylandi va boshqalar.
Ularning ilmiy merosidan o’sha davrlarda butun dunyo bahra olgan va
foydalangan. Ma’mun Akademiyasi, Ulug’bek akademiyasi.
Qolaversa o’sha vaqtlarda hukmronlik qilgan Somoniylar, Qoraxoniylar,
G’aznaviylar, Temuriylar saltanatlarining ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa
qo’shganligini jahon hamjamiyatiga yetkazish ham ayni muddaodir.
6
Darhaqiqat, ushbu xalqaro konferensiyalar natijasida dunyo ahli bilgan
yangiliklarni mustahkamlab, bilmagan ma’lumotlarni anglash imkoniyatiga ega
bo’ldi.
Biz albatta shu yurtda tug’ilganimizdan, buyuk bobokalonlarning munosib
vorisi ekanligimizdan g’ururlanamiz, fahrlanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |