Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda: O‘zbekiston 2011-
yilda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini yana bir bor namoyon etdi. Bu
muvaffaqiyat, Yevropada hamon davom etayotgan global muammolar oqibatida
jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan mavhum bir sharoitni hisobga olganda,
ayniqsa, g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Jadal iqtisodiy rivojlanishning muhim
asoslaridan biri – bu O‘zbekistonning
tashqi savdo pozitsiyalarining
mustahkamlanishi va hukumatning investitsiya hamda islohotlarga bosqichma-
bosqich yondashishi, aniq strategiyaga asoslangan makroiqtisodiy boshqaruvidir.
O‘zining keng qamrovi bilan ajralib turadigan bunday yondashuv mamlakatni
tashqi bo‘hronlardan himoya qilish bilan birga, mavjud imkoniyatlardan to‘liq
foydalanish va shaharlarda ham, qishloq joylarda ham yangi ish o‘rinlari tashkil
etish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minladi.
Ta’lim va tarbiya mamlakat samaradorligi hamda raqobatdoshligini
oshirishning muhim omillaridandir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston byudjetidan
ta’lim sohasiga ajratilayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini
tashkil etayotganiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mamlakat umumiy yillik
byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda va buning yarmi
ta’lim sohasiga to‘g‘ri keladi.
31
Ta’lim sohasini taraqqiy ettirish dasturi va bu sohaga kiritilayotgan
investitsiyalar kasb-hunar ta’limini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. 12-yillik
universal va majburiy bepul ta’lim dasturi 9-yillik umumiy o‘rta ta’limni ham
o‘ziga qamrab oladi. Bu dastur o‘quvchilarga iqtisodiyot miqyosida eng istiqbolli
va jadal rivojlanib borayotgan sohalar bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-
hunar ko‘nikmalarini egallash imkonini bermoqda. Ta’lim tizimi, shuningdek,
tobora ko‘proq texnologiyalar va zamonaviy ommaviy axborot vositalari hamda
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish negiziga qurilmoqda.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda zamonaviy vositalar bilan jihozlangan 1500
dan ortiq kasb-hunar kollejlari va litseylar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 59
oliy o‘quv yurti, Yevropa va Osiyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlarining filiallari
faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkentda Quyosh energiyasi bo‘yicha xalqaro ilmiy-
tadqiqot institutining ta’sis etilishi ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga
yana bir yorqin misoldir. Kecha OTB va O‘zbekiston Respublikasi hukumati
o‘rtasida mazkur institutni hamkorlikda tashkil etish to‘g‘risida hujjat imzolandi.
O‘zbekistondagi katta qiziqish uyg‘otayotgan dasturlardan biri – bu Bolalar
sportini rivojlantirish jamg‘armasidir. Bu innovatsiyalar va diversifikatsiyaga
yorqin misol bo‘lib, intellektual va jismoniy rivojlanishni sog‘lom turmush tarzi
bilan uyg‘unlashtirish nechog‘lik ulkan samaralar berayotganini yaqqol
ko‘rsatmoqda.
Prezident o’z ma’ruzasida: Butun dunyoda ko‘zga ko‘ringan olim va
mutaxassislar, jahondagi mashhur o‘quv yurtlari, nufuzli xalqaro tuzilmalarning
rahbarlari va vakillari ishtirokida O‘zbekistonda shakllangan ta’lim tizimini isloh
etish modeli va uni amalga oshirish bo‘yicha to‘plangan tajribaning muhokama
qilinishi biz uchun yuksak sharafdir.
Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 15 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi
mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy
32
rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan
“o‘zbek modeli” – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan
ilg‘or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o‘tmishda
majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay
voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o‘sib kelayotgan avlodning
ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, qisqacha
aytganda, bu dastur hayotda o‘z fikriga, o‘zining qarashlari va qat’iy grajdanlik
pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni
shakllantirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta
qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish aslo mumkin emas edi.
Agarki O‘zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo‘lgan
bolalar, 62 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini
hisobga oladigan bo‘lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan
tushunarli va ravshan bo‘ladi.
Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12
yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga
oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati shundaki, umumta’lim maktabidagi
9 yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri
umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta
mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi.
O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda
belgilab qo‘yilgan. Yana bir bor ta’kidlayman – bu biz uchun prinsipial masala
hisoblanadi. Ayniqsa, olis qishloq joylarda, to‘g‘risini aytganda, hamma ham 12
yil o‘qishni xohlamaydi. Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yangi avlodimiz 12
yillik majburiy ta’lim olish bilan birga aniq mutaxassislik va kasb-hunarga ega
bo‘lishi kerak. Bu, ayniqsa, qizlarimiz uchun muhimdir. Chunki yosh oilaning
33
mustahkamligi avvalo qizlarning biror-bir mutaxassislikni egallab, hayotda
o‘zining mustaqil fikri va o‘rniga ega bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning
uchun ham barcha zarur fanlar bo‘yicha umumiy bilim beradigan umumta’lim
maktablarida 9 yil ta’lim olganidan keyin yoshlarimiz majburiy tarzda 2-3 ta
zamonaviy mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarga ega bo‘lishiga biz alohida
e’tibor qaratmoqdamiz.
O‘n ikki yillik majburiy ta’limdan so‘ng ularning har biri, o‘z xohishiga ko‘ra,
bakalavr va magistr darajasini olish uchun oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom
ettirishi mumkin.
O‘tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish
bo‘yicha miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5
ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi
yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o‘quv-laboratoriya
asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O‘quv jarayonini sifat va metodik jihatdan
butunlay yangilash bo‘yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Maktab ta’limi 7 ta tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va
tojik tillarida olib borilmoqda.
Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey
barpo etildi. Siz, konferensiya qatnashchilarining ko‘pchiligi ushbu bilim
maskanlari bilan tanishar ekansiz, ular o‘z me’moriy qiyofasi va texnik ta’minotiga
ko‘ra eng yaxshi oliy o‘quv yurtlaridan aslo qolishmasligiga ishonch hosil
qilishingiz mumkin. Kasb-hunar kollejlaridagi zamonaviy o‘quv-laboratoriya,
kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o‘quvchilar uchun umumiy fanlar
bo‘yicha nafaqat to‘liq bilimlar hajmini egallash, ayni vaqtda ushbu o‘quv
yurtlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish imkonini ham
beradi.
Biz ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat keng bilim va professional
ko‘nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol
muloqot qilish, bugungi dunyoda ro‘y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik
34
va o‘zgarishlardan atroflicha xabardor bo‘lish, jahondagi ulkan intellektual
boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur
o‘rganishlari uchun katta ahamiyat bermoqdamiz.
Siz, muhtaram konferensiya ishtirokchilarini, birinchi navbatda, Birlashgan
Millatlar Tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki
namoyandalari bo‘lgan aziz mehmonlarimizni, dunyoning turli qit’alaridagi 40 dan
ziyod mamlakatdan tashrif buyurgan vakillarni qutlash va barchangizga o‘zimning
chuqur hurmatimni va ushbu anjumanda qatnashayotganingiz uchun samimiy
minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |