Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Ingliz mustamlakachiligining o’rnatilishi va uning oqibatlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Ingliz mustamlakachiligining o’rnatilishi va uning oqibatlari 
XVII asrdayoq hind shaharlardagi mulkdor va savdogorlarning 
yevropalik savdogarlar bilan aloqalari kengaydi. Hind mahsulotlarining 
to’g'ridan-to’g'ri Yevropabozorlariga chiqishi xaridorlarini oshirdi. Yevropa 
savdogorlari savdodagi moliyaviy zaruriyat tufayli tez-tez hind hamkasblariga 
murojat qilib turganlar. Masalan: inglizlarning "Ost-Hindiston" (Indiya) 
kompaniyasi ulardan katta miqdorlardan moliyaviy qarz olib tugan bunga javoban 
kompaniya ham o'zining Surat, Bombey, Madrasdagi savdo faktoriyalaridan 
mulkdor hindlar uchun siyosiy panoh bergan. Shu tariqa Hindistondagi 
«kompradorlar» deb atalgan alohida savdogarlar qatlami shakllangan. Ular hind 
feodallariga xizmat qilib, chet el kapitali va ajnabiy ma'muriyati bilan ham teng 
ravishda hamkorlik qilganlar. Hindistondagi Yevropa savdo kompaniyalari orasida 
eng muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan bu Angliyaning 1600 yilda asos solingan 
"Ost Hindiston" kompaniyasi edi. Qirolicha Yelizavetaning maxsus yorlig'i bilan 


135 
mazkur kompaniya Yaxshi Umid burnidan sharqda joylashgan mamlakatlar bilan 
bo'ladigan savdoga o'z monopoliyasini o'rnatgan edi. XVIII asrga kelib "Ost-
Hindiston" savdo kompaniyasi Bombey, Madras va Kalkuttada mustahkam 
faktoriyalarga asos solgan edi.Hindistondan ushbu kompaniya asos solgan paxta, 
ipakdan tayyorlangan matolar chiqargan. Hatto katta miqdorda hind 
gazlamalarining Angliyaga kiritilishi ingliz manufakturachilarining noroziligiga 
sabab bo'lgan. Kompaniya hind gazlamalarini nafaqat Yevropaga balki, Osiyo va 
Afrika mamlakatlariga ham chiqargan. Kompaniyaning savdo mollarini 
Hindistondagi ichki boj va to’lovlardan ozod qilinishi haqidagi farmonning chiqishi 
ham savdo suratlarini o'sishiga sabab bo'ldi. Biroq bu yevropalik va hind 
savdogarlarining munosabatlarini murakkablashtirdi bu davrga kelib hind savdo 
kapitali faqat xaridorlik faoliyati bilan cheklanib qolmasdan tayyor mahsulot 
yoki xom-ashyo uchun oldindan pul to'lab qo’yish bilan ishlab chiqaruvchini 
o'ziga iqtisodiy jihatdan qaram qilib qo'ya boshladi. XVII asrning oxiriXVIII asr 
boshlarida Hindistonda dastlabki manufakturalar paydo bo'ldi, o‘sha vaqtdayoq 
ingliz va shakllanayolgan hind burjuaziyasi o'rtasida dastlabki ziddiyatlar ham 
boshlandi, jag'irdor va zamindorlarning ko'pchiligi o'z daromadlarini 
ko'paytirish maqsadida o'zboshimchalik bilan soliqlar miqdorini oshirdilar, 
mahsulot bilan olinadigan soliqlarni pul bilan olish tartibini joriy qildilar, jamoa 
yerlarini tortib oldilar yig'ilgan yer soliqlarini o'zlashtirdilar. Natijada mamlakat 
aholisining ahvoli og'irlashib xalqning norozilik harakatlari kuchaydi, xazina 
bo'shab qolganligi bois Hindistonda markaziy hokimiyat zaiflashib qoldi. 
Feodallar va noiblarning alohida mustaqil davlat tuzish uchun urinishlari avj oldi. 
Boburiylar davlatida birin-ketin viloyatlar mustaqil davlatlar sifatida ajralib keta 
boshladi. Bunga Avrangzebning qattiqqo'llik siyosati ham sabab bo'ldi. Garchi 
uning davrida Bejanur va Gongkonda (1686-1687) qo'shib olingan bo'lsada 
oshiqcha 
soliqlar, 
hundularning 
davlat 
ishlaridan 
uzoqlashtirilishi, 
ibodatxonalarning mulkini talon-taroj qilinishi islom dinini majburan qabul 
qildirilish natijasida norozilik kuchaydi va hind rojalari undan tobora yuz 
o’girdilar. Boburiylarning Dekan noibi 1724-yilda mustaqil Haydarobod 
knyazligiga asos soldi. 1739-yil Eron shohi Nodirning Dehliga qilgan talonchilik 
yurushi Boburiylarning davlatini parchalanishini kuchaytirdi. 1740-yilda Bengaliya 
noibi, 1747-yil Aud noibi o'z mustaqilligini e'lon qildilar 1747-yil Afgon 
davlatining asoschisi Axmadshoh Durroniy Hindistonga yurush qilib, Panjobni 
egalladi. XVII asrning 40-yillarida Hindistonda inglizlarning fransuzlarga qarshi 
kurashi oqibatida hind yerlarining inglizlar tomonidan bosib olinishi boshlandi. 
Angliyadan oldin bu yerga Portugaliya, Daniya, Gollandiya kabi davlatlar bostirib 
kelgan edilar, ammo inglizlar ularni siqib chiqarib yubordi, ularning asosiy raqibi, 
Fransiya bilan kurash boshladilar va ularni tor-mor etdilar. Fransuz "Ost-
Hindiston" kompaniyasiga tegishli bo'lgan Panjsher shahri gubernatori Dyupleks 
hindlarni harbiy xizmatga yollab ulardan sipohiylar qo’shinini tuzdi. Avstriya 
merosi uchun bo'lgan urush davomida fransuzlarning Hindistondan siqib 
chiqarishga uringan ingliz qo'shinlariga qarshi janglarda sinohiylar qo'shinidan 
fransuzlar Hindistonda o'zlarining siyosiy hukmronligini ta'minlashda va Dekanda 
hududiy bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda foydalandilar. Bengaliya uchun 
bo'lgan anglo-fransuz kurashi 1757-yiIda Bengaliya navabi (knyazlik) taxtiga 
inglizlar vakili Mir Jafarning o’tirishi bilan Angliya foydasiga hal bo'ldi.Etti yillik 
urush (1756-1763) yakunlangan Parij sulhiga ko’ra fransuz "Ost-Hindiston" 


136 
kompaniyasining Hindiston bilan savdo huquqi saqlab qolingan. Panjsher va 
boshqa bir qator shaharlar uning ixtiyorida qoldirilib, Fransiyaning Hindistonda 
harbiy qo’shin saqlashi ta'qiqlandi. Shunday qilib etti yillik urush ingliz "Ost-
Hindiston" kompaniyasni nafaqat savdo, balki harbiy va ma'muriy uyushmaga 
aylantirdi-ki, aynan shu davrda Sharqda Britaniya imperiyasiga asos solindi. 1756-
yil Boburiylar davlati va Aud navabligida mustaqil ravishda yer soliqlarini yig'ish 
va uni moliyaviy boshqarish huquqini qo'lga kiritdi. Aud navabligi inglizlarning 
Ollohobod va Kor okruglarini berib, 5 mln. rupiya to'ladi. Shu tariqa inglizlar 
Bengaliya navabligi aholisini yer soliqlari asosida asoratga soldilar. Yer solig'i 
ingilizlar Bengaliyadagi asosiy daromad manbayi bo'lib qoladi. 1773 yilda 
"Ost-Hindiston" kompaniyasi bar besh yilda, keyinroq esa har yili Bengaliya 
okruglarining har biridan yig'ilishi lozim bo'lgan yer solig'ining miqdorini 
belgilab borgan, "Ost-Hindiston" kompaniyasining general-gubernatori Uorren 
Xeystings (1773-1784) 1775-yilga kelib Bengiliyadan yig'iladigan soliqlar 
miqdorini 3 barobar ko'paytirishga muvaffaq bo'ldi. Kompaniya daromadlarining 
yana bir manbai bu tuzga o’rnatilgan ingliz monopoliyasi edi, ishlab 
chiqarilayotgan tuzning hammasi omborlarga keltirilib, kim oshdi savdosiga qo'yib 
sotilgan. Aholining o'z ehtiyoji uchun tuz olish taqiqlangan, unga amal qilmaganlar 
qattiq jazolanganlar.Hind hunarmandlari ham inglizlar tomonidan shafqatsiz 
ravishda ezildi. Xeystings buyrug’iga ko'ra hind hunarmand-to’quvchilari 
kompaniyaning 
buyurtmalarini 
bajarish 
shart 
edi. 
Hunarmandlar 
o'z 
mahsulotlarini 
sotib 
yubormasligi 
uchun 
ularga 
maxsus 
qorovullar 
qo'yilgan.Bundan tashqari kompaniya noiqtisodiy zo'rovonlik usullari bilan hind 
savdogarlarini hunarmandchilik mahsulotlarini sotib olishdagi monopoliyasidan 
mahrum qilib, ularni ijaradorlik va sudxo'rlik faoliyali bilan shug'ulanishiga 
majbur qildi. Oqibatda Bengaliya qishloq xo’jaligi va hunarmanchiligi 
tushkunlikka yuz tutdi, aholisi soliq zulmi ostida qolibqashshoqlikda yashashga 
mahkum 
qilindi. 
Ingliz 
savdo-sanoat 
burjuaziyasini 
"Ost-Hindiston” 
kompaniyasining monopoliyasiga qarshi kurashi oqibatida 1773 yil Hindistonda 
general-gubernatorlik lavozimi joriy qilindi. Ushbu lavozimga nomzodni 
kompaniyaning direktorlar palatasi tavsiya etgan. General-gubernator vakolatli 4 
kishidan iborat kengash bilan cheklangan. Ingliz burjuaziyasining talabi bilan Pitt 
boshlik hukumat 1784 yilda imperiyahududlarini boshqaruvi to’g'risida qonun 
qabul qildi. Unga ko’ra Hindistonni boshqarish qirol tomonidan tayinlanadigan 6 
kishilik nazorat kengashi ixtiyoriga berilgan.1786 yil Hindiston general-
gubernatori lavozimiga o'tirgan Kornuollis yer solig'i tizimini o'zgartirdi. Unga 
ko'ra 1793 yil Bengaliyadagi yer mulklariga doimiy yer solig'i joriy etildi, 
raiyatning yerga meroslik huquqi zamindorlar hisobiga tugatilgan. Ularning ixtiyoriy 
hosilning zamindorga to'langan rentadan ortgan qismigina qoldiriladi. Natijada 
soliqni to’lay olmagan dehqonlarning yerlari zamindorlar qo’liga o’tdi. Soliq 
solishning bu yangi tizimi «zamindorlik» tizimi, deb atalgan.Madras viloyatida 
dehqon yerlarini zamindorlar foydasiga tortib olish uchun bo'lgan urinishi 
raiyatning qarshiligiga sabab bo'idi. Natijada mustamlakadagi hokimiyat 
«raiyatvari» deb atalgan soliq tizimini joriy qildi. Unga muvofiq lalimikor 
yerlardan olinadigan hosilning yarmi, sug’oriladigan yerlardan esa hosilning 3/5 
qismi miqdorida yer solig'ini to’lash sharti asosida yer egalarining meroslik huquqi 
e'tirof etildi.XlX-asrning 70-yillarida inglizlar Hindistonda yer solig'ini hosilning 
darajasiga qarab faqat ishlov beriladigan yerlarga emas, balki mavjud yer 


137 
maydonlanning barchasiga joriy qilganlar.XlX-asrning boshlarida ingliz sanoati 
ayniqsa, paxtani qayta ishlash sohasi tez rivojlandi. 1787-1812 yillarda Angliyaga 
kiritilayotgan paxtaning jami 52 dan 194 mln f.st.ga oshdi. Angliya burjuaziyasining 
xom ashyoga va tayyor mahsulotlarini sotish uchun bozorga ehtiyoji katta edi. 
Burjuaziyaning talabi bilan ingliz parlamenti 1813-yilda "Ost-Hindiston" 
kompaniyasini Hindistondagi savdo monopoliyasi huquqidan mahrum qildi. 
Natijada, Hindistonda ko’p miqdorda ingliz sanoat mahsulotlari birinchi navbatda 
fabrikada tayyorlangan ip-kalavalar keltirila boshladi. Arzon va pishiq bo'lgan 
ingliz ip-kalavalari hind to'qimachi-hunarmandlarini xonavayron qildi. Ingliz bug’ 
kemalari hind kemasozlarini, metall va melall buyumlarni keltirilishi esa hind tog'-
rudachilik sohasini kasod qildi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish