Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Yakobinchilar diktaturasi 
Jirondistlar Konventidan norozi bo'lgan shahar va qishloq aholisining 
qo'llab-quvvatlashi 
oqibatida 
yakobinchilar 
hokimiyatga 
keldilar. 
Butun 
mamlakatda ahvol og'ir edi. 83 ta departamentning 60 tasida isyonlar ko'tarilib 
turdi. 1793 yil martida Vandeeda ko'tarilgan qo'zg'olon ularning eng kattasi edi. 
Qishloq xo'jaligi butunlay izdan chiqqan bir vaqtda Konvent 300 ming kishini 
armiyaga safarbarlikka chaqirdi. Sanoat jihatidan ancha qoloq bo’lgan Vandeeda 
dehqonlar Konventning jazo otryadlariga qarshi haqiqiy urushni boshladilar. 1793 
yilda qo'zg'olon bostirildi, ammo qo'zg'olonning ayrim uchqunlari davom etdi. 
Vandee urushlarida har ikki tomondan 600 mingdan ziyodroq fransuzlar qurbon 
bo'ldilar.Mamlakatdagi mavjud og'ir ahvoldan foydalangan yakobinchilar 
o'zlarining hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilib, Konvent yer va dehqonlar 
to'g'risidagi masala bilan shug'ullandi. Ketma-ket bir qancha agrar dekretlar 
chiqarildi. 1793 yil 3 iyunida yakobinchilar Konventi emigrantlarning yerlarini 
mayda qismlarga bo'lib sotish to'g'risida dekret qabul qildi. 10 iyulda jamoa 
yerlarini bo'lib berish to'g'risidagi Konventning yangi dekreti qabul qilindi. Unga 
ko'ra, agar dehqon jamoalari a'zolarining 1\3 dan ko'prog'i jamoa erlarini bo'lib 
olishga rozi bo'lsalargina ushbu dekret kuchga kirar edi. 17 iyulda barcha feodal 
majburiyatlarini hech qanday to'lovsiz bekor qilish to'g'risida dekret chiqarildi. 
Ammo yer mulklari va yerlarni ijaraga olish bilan bog'liq barcha majburiyatlar 
amalda qolaverdi.Yerlarni bo'lish to'g'risidagi "agrar qonun" tarafdorlari ta'qib 


49 
ostiga olindi. Yerlarni mablag'i bor kishilargina sotib olishlari mumkin edi. Endi 
yer kapitalistik mulkka aylana boshlandi. Endi u rasmiy sotiladigan va sotib 
olinadigan bo'ldi, bu so'zsiz ilg'or holat edi.Qabul qilingan dekretlar amalda 
hayotga tadbiq etilmagan bo'lsada, yakobinchilar tomonidan feodal isyonlarni 
bostirish uchun armiyaga safarbarlikni yengillashtirdi. Oziq-ovqat masalasi 
ilgarigidek hal qilinmasdan qolaverdi.Yakobinchilar blokida kuchlarning bo'linishi 
davom 
etdi. 
"Quturganlar" 
va 
"so'l 
yakobinchilar" 
inqilobni 
yanada 
chuqurlashuvini ta'minlashga harakat qildilar. Jamiyatni qutqarish komitetini 
boshqarayotgan Danton va uning tarafdorlari terrorni cheklashni talab qildilar. 
Boshqa tomondan Robespyer va uning tarafkashlari bar qanday yo'l bilan bo'lsa 
ham hokimiyatni saqlab qolishga harakat qildilar. Asta-sekinlik bilan inqilobiy 
terror Robespyerning shaxsiy hokimiyatini himoya qiluvchi qurolga aylandi. 
Yakobinchilar bloki orasidagi kurash yangi konstitutsuya qabul qilingandan so'ng 
jiddiy tus oldi.1793 yilgi konstitutsiya zamonasining ilg'or konstitutsiyalaridan biri 
edi. 29 iyulda Konvent qabul qilgan yangi konstitusiyaga muvofiq Fransiya bir 
palatali respublika, deb e'lon qilindi. Unga ko'ra 21 yoshga yetgan barcha 
erkaklarga saylov huquqi, xalqga qo'zg'olon ko'tarish, ma'lumot olish, mehnat 
qilish, nogironlarga ijlimoiy yordam olish huquqlari berildi. Ammo urush 
tugaguncha 
amalda 
konstitutsiya 
joriy 
qilinmadi.1793 
yil 
13 
iyulda 
yakobinchilarni faol vakili, Konvent a'zosi, "Xalq do'sti" ro'znomasining muharriri 
Jan Pol Maratga suiqasd qilindi. Qotillikga yollangan dvoryan ayol Sharlittade 
Korde tomonidan sanchilgan xanjar Maratning o'limiga sabab bo'ldi. Natijada 
yakobinchilarning terrori yanada kuchaydi. Rassom Lui David tomonidan 
"'Maratning o'limi" nomli qotillikni aks etgan tasviriy asar ishlanib, frontga 
ketuvchi harbiy otryadlar ushbu asar oldida qasamyod qabul qiladigan 
bo'ldilar.1794 yil oxirida urushning borishida burilish yuz berdi. Ommaviy 
safarbarlik dushman uslidan g'labaga olib keldi. Doimiy harbiy tayyorgarlikdan 
o'tgan qismlar inqilobiy kayfiyatdagi xalq lashkari bilan qo'shildi, bu - amalgama 
deb ataldi. Birinchi marta Yevropada umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1794 
yilning qishidayoq feodal isvonlari bostirilib, Vandes isyonchilarining asosiy 
kuchlari tor-mor etildi, Fransiya hududi koalilsiya qo'shinlaridan ozod qilindi.1794 
yil fevral-martida Konvent "Gumon qilinuvchilar"ning mulklarini qashshoqlar 
o'rtasida taqsimlash to'g'risida Vantoz dekretlari deb nom olgan dekretlar qabul 
qildi, ammo bu dekretlar amalda joriy qilinmadi.Yakobinchilarning terrorchilik 
siyosati davom ettirildi. Natijada xalqning Robespyerga qarshi g'azabi kuchaydi. 
Va'da qilingan jannatona hayotga bo'lgan umid so'na boshladi. Frontdagi 
muvaffaqiyatlarga qaramasdan vaziyat murakkab tus ola boshladi. 1794 yil 
bahoridan boshlab, yakobinchilar bloki parchalana boshladi. Konvent a'zolarining 
ko'pchiligi savdo-sotiqning erkin bo'lishini talab qila boshladilar. Feodal 
munosabatlar tugatildi.Aql, adolat, vatanga muhabbat kabi prinsiplarga asoslangan 
yangi din - - "Oliy mavjudot" shaxsiga sig'nish asosida xalqni birlashtirish uchun 
bo'lgan urinish natijasiz bo'ldi, xalq uni qo'llab quvvatlamadi. 10 iyulda terrorni 
kuchaytirish to'g'risidagi dekretning qabul qilinishi nafaqat mulkdorlarni, balki 
shahar kambag'allari va dehqonlarni ham tashvishga soldi. Konventda 
Robespyerga qarshi suiqasd rejalashtirila boshlandi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish