Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


Iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy harakat



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy harakat 
Germaniyaning birlashtirilishini tugallanishi yagona ichki bozorni vujudga 
keltirdi. Sanoatning o’sishiga Germaniya Fransiyadan olgan 5 mlrd. frank 
kontribusiya(tovon)erdam berdi. Ko’p sonli korxonalar Germaniyadan oldinroq 
industrlashtirish yo’liga o’tgan davlatlardagiga qaraganda ancha mukammal, 
yuqori unumli eng yangi texnika bilan bilan qurollantirildi. Sanoatning tez 
rivojlanishi hamda ishlab chiqarishning tobora yirikroq korxonalarda tezlik bilan 
to’planishi jatumani iqtisodiyotning eng xarakterli xususiyatlaridan biridir. 
Masalan, Germaniyada 1895 yilda har mingta sanoat korxonasidan 6 tasi yirik, 
ya‘ni 50dan ortiq ishchisi bo’lgan korxona edi. 1907 yilda Germaniyada ming va 
undan ortiq ishchisi bo’lgan korxonalar 586 ta edi. Jami ishchilar sonining qariyb 
o’ndan bir qismi (1,38 mln.) bug’ va elektr kuchlarining qariyb uchdan bir qismi 
shu korxonalarda edi. Moliya kapitali va banklar bir xovuch eng yirik 
korxonalarining bundan ustunliklarini tag’in ham oshirib, millionlab mayda va 
o’rta korxonalarni bir necha yuz «millioner» moliyachilarga qaram qilib qo’ydi.
Germaniya qudratli industrial davlat bo’lib qoldi. Moliyaviy guruhlar yana ham 
ko’proq foyda olishga harakat qilib, o’z kapitallarini rivojlanayotgan sanoatga sola 
boshladilar. Ko’mir qazib chiqarish, cho’yan va po’lat eritishning deyarli 
barchasini 4ta monopoliya nazorat qilardi. Monopolistlarning ikkita guruhi deyarli 
butun Kime sanoatini, yana ikkitasi elektr sanoatini nazorat qilardi. 1914-yilga 
kelib Germaniya 1871-yilga qaraganda sanoat mahsulotlarini deyarli 7 barobar 
ko’p ishlab chiqarmoqda edi. Sanoat ishlab chiqarishning hajmi bo’yicha u 
Fransiyani ortda qoldirdi. XX asr boshlarida esa u Angliyadan o’zib ketib, jahonda 
AQSHdan keyin ikkinchi o’ringa chiqib oldi.Qishloq xo’jaligida haydov 
yerlarining 25%iga ega bo’lgan pomeshchiklar yollanma ishchi kuchidan, eng 
Yangi mashinalar va o’g’itlardan foydalana boshladilar, kam yerli dehqonlarni 
ekspluatasiya qilishning yarim feodal usullaridan voz kechilib, zamonaviy 
munosabatlar joriy etildi. XX asr boshlarida Germaniyada ishga yaroqli aholining 
asosiy qismi sanoatda band bo’lib, ishchilar sinfining ko’pchiligini tashkil etar edi. 
Mehnat unumdorligi 40 yil ichida deyarli ikki baravar oshdi. Lekin ish haqi bor 
yo’g’i 15% o’sdi. Umuman, yollanma mehnatchilar bilan yirik "mulkdorlar 


99 
o’rtasidagi har tomonlama ziddiyat chuqurlashib boraverdi. Monopolistik kapital 
hukmronligi ishchilarning ahvolini yanada yomonlashtirdi. Nemis
ishchilarining ish haqi Ingliz va Amerika ishchilarining ish haqidan ancha 
past edi. Germaniyada 1900-1903 yillarda yuz bergan inqirozlar ishchilar ahvolini 
og’irlashtirdi va katta ishsizlikka sabab bo’ldi. Germaniya ishchilarining korxona 
egalariga qarshi qattiq kurashlari natijasida ish haqini bir qadar oshirishga va ish 
kuchini bir oz kamaytirishga erishildi. 1900 yidda ish kuni 11-12 soat davom etgan 
bo’lsa, 1904-1914 yillarda ish kuni 9,5 soatga tushirildi. Ayniqsa, ayollar, 
o’smirlar, bolalar qattiq ezib ishlatilar edi. Ular erkaklarga qaraganda 30-50% kam 
ish haqi olar edilar. Ishchilar turmush tarzining yomonlashuvi mamlakatda 
noroziliklarning o’sishiga sabab bo’ldi, ayniqsa, 1905-1907 yillardagi Rossiyadagi 
inqilob nemis ishchilar harakatiga ta‘sir etdi. Ish tashlash va boshqa noroziliklar 
kuchaydi. 1900-yilda keksayib qolgan kansler Gogenloe (1894-1900) o’rnini 
F.Byulov (1900-1909) egalladi. U Prussiyada saylov tizimini demokratlashtirish 
haqidagi talabni qat‘iyan rad etdi. 1902-yilda yunkerlarga xushomad qilib, 
Reyxstag tasdig’idan yangi bojxona ta‘rifini o’tkazib oldi. Bu ta‘rif sotsial-
demokratlar tomonidan «sudxo’rlik ta‘rifi» deb ataldi. Joriy qilingan bojxona 
ta‘rifi yunkerlarga kamida qo’shimcha ravishda 1250 mln. marka foyda keltirardi. 
Nemis mehnatkashlariga yirik pomeshchiklar foydasini ko’zlab yangi o’lpon 
solindi. Reaksion prusschilik ruhi Byulovning milliy siyosatida ayniqsa, yorqinroq 
namoyon bo’ldi. Shlezvig va Polsha viloyatlarida milliy maktablar yopib qo’yildi. 
Muassasalarda va jamoat joylarida daniyaliklar va polyaklar tilida gaplashish 
taqiqlandi, shaharlar va qishloqlarning azaliy nomlari o’zgartirildi.Polyaklarning 
yerini majburan tortib olib, nemislarga berish haqida qonun chiqarildi. 1906-yilda 
100000 dan ortiq polyak bolalari norozilik sifatida maktablarga borishdan bosh 
tortdilar. Polyak o’quvchilariga qarshi qatag’on boshlandi. Elzas va Lotaringiyada 
qattiq tartib o’rnatildi. Bu yerda nemis ma‘murlari fransuzlarning milliy or-
nomusini, madaniyatini tahqirladilar. Byulov kanelerligi davrida ommaviy ijtimoiy 
harakatning yanada yuksalishidan xavotirlanishi yunkerlar va yetakchi partiyalar ni 
yanada yaqinlashtirdi. Byulov iste‘fosidan so’ng imperiya kansleri qilib, 
prussiyalik amaldor Betman Golvel (1909-1917) tayinlandi. Betman Golvel 
kanslerligining dastlabki yillarida Reyxstagda markazning konservatorlar bilan 
«qora-moviy bloki»ga tayanib ish ko’rdi. bu reaksion blok qanday islohotlarning 
dushmani edi. 1907 yilgi rus -ingliz bitimi imzolanganidan so’ng ingliz, fransuz, 
rus polisiyasi vujudga keldi. Tashqi siyosiy vaziyat mutlaqo Germaniya foydasiga 
emas edi. Mamlakat ichidagi hukmron sinflar ham daxshatli voqealar arafasida 
turardi. Ichki ziddiyat tobora keskinlashayotgan va xalqaro ahvol jiddiy tus 
olayotgan bir paytda German hukmron doiralari yangi mustamlakalar bosib olish 
uchun ochiqdan-ochiq harakat boshladilar. 1911 yil yozida ikkinchi Marokash 
janjali boshlandi. Fransiya bilan Germaniya o’rtasidagi munosabatlar shunchalik 
keskinlashdiki, hatto urush xavfi paydo bo’ldi. Faqat Angliyaning do’q-
pupisasigina Germaniya hukumatining chekinishiga majbur etdi.Ikkinchi 
Marokash janjalidan keyin xalqaro ahvol yanada keskinlashdi. Kundan-kunga 
jahon urushi xavfi o’saverdi. Germaniya o’zining Antanta ittifoqidagi raqiblarini 
tor-mor etishga tayyorlana boshladi. Ikkinchi Marokash janjalidan keyin xalqaro 


100 
ahvol yanada keskinlashdi. Bundan foydalangan hukumat Reyxstag orqali tinch 
davr uchun armiya tarkibini yangidan ko’paytirish haqidagi qonunni tasdiqlatib 
oldi. 1913 yilda rekrut kontinenti yana 29000 kishiga ko’paytirilib, ikkita yangi 
armiya korpusi tashkil etildi. Shu bilan birga Reyxstag 8ta linkordan iborat 
uchinchi eskadra tashkil etishga qaror qildi. Bu narsa dengiz kuchlari harajatini 
107mln. markaga ko’paytirardi. 1914-yilda Germaniyaning dretnoutlari soni 
21taga yetdi. Nemis suv osti floti, yangi qal‘alar qurila boshlandi, eskilari 
ta‘mirlandi, armiyani qurollantirish kuchaytirildi. Katta harbiy harajatlarga 
mablag’ topish uchun hukumat Yangi soliklar joriy qilina boshladi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish