21
ham oldinroq (Portugaliya egallab olgan Braziliyadan tashqari) bulunMarkaziy va
Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yildan boshlab),
Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699 yildan boshlab) o'rnashib oldilar.
Gollandlar (1609 yildan boshlab) Gudzon daryosi havzasida Yangi Gollandiya
mustamlakasiga asos soldilar. Shimoliy Amerikaga
XVI asr oxirlarida kelgan
inglizlar uzoq tura olmadilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan ya
:
ni
Virginiya deb atalgan mustamlaka (qirolicha Elizaveta sharafiga shunday deb
nomlangan) barpo qilingandan keyin boshlandi. "May guli" kemasida kelgan
mustamlakachi puritanlar 1620 yilda "Nyu-Plimutga, 1622 yilda Nyu-Gempsher,
1628
yilda Massachusets, 1634-1637 yillarda Konnektikut, 1636-1643 yillarda
Rod-Aylend va Nyu-Gevenga asos soldiiar. Ular 1664 yilda Massachusetsga
qo'shib olindi. Bu mustamlakalar Yangi Angliya deb ataldi.
Mustamlakachilar
ichki boshqaruv ishlarida mustaqillikni saqlagan holda Yangi Angliyaning
birlashgan mustamlakalari degan nom ostida ittifoq tuzdilar. Markaziy tumanda
Nyu-Jersi, Pensilvaniya,
janubda Merilend, Shimoliy Karolona va Janubiy
Karolina, Jorjiya degan mustamlakalar tashkil topdi.1760 yilda Sharqda Atlantika
okeanining qirg'og'i bo'ylaridan to G’arbda Appalachi tog'larigacha bolgan
hududdagi 13 ta ingliz mustamlakalarida (hindulardan tashqari) 1,6 millionga
yaqin aholi yashar edi. Oq
tanli aholi asosan inglizlar, irlandlar, shotlandlar,
nemislar, gollandlar va boshqalardan iborat edi. Aholining soni tez o'sib, 1775
yilda 2,6 million kishiga yetdi.Amerikada ingliz mustamlakalarini xo'jaligiga ko'ra
3 ta guruhga ajratish mumkin edi. Yangi Angliya,
deb atalgan Shimoliy
mustamlakalarda asosan fermer va ijara qishloq xo'jaligi, qisman hunarmandchilik
va manufaktura sanoati taraqqiy etdi. Shimoliy mustamlakalarning markazi Boston
shahri edi.O'rta mustamlakalar tumanlari g'alla xo'jaligiga moslashtirilgan bo’lib,
unda yirik kapitalistik fermerlar mavjud edi. Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Nyu-York
tumanlarida g'allachilik fermalari bilan birga sanoat korxonalari va savdo rivoj
topdi.Janubiy mustamlakalar, asosan, tamaki plantasiyalari ko'pchilik bo'lgan
quldorchilik xo'jaliklaridan iborat edi.XVIII asrning 70- yillarida paxta ishlab
chiqarish katta ahamiyatga ega emas edi. Paxta yetishtirish
va uni mashina bilan
ishlov berishga e'tibor 90-yillarda boshlandi. 1793 yilda paxta tozalash mashinasi
Hay Uayten tomonidan ixtiro qilingandan so'ng quldorlik plantasiyalarida keng
ravishda paxta ekila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: