Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


"Sving" harakati va parlament islohotlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

"Sving" harakati va parlament islohotlari
Angliyada siyosiy kurash 1830 yilda keskin tus oldi.Xalq ommasi 
Fransiyadagi iyul inqilobi haqidagi xabardan junbushga keldi.1830 yilda 
Angliyaning janubidagi qishloq xo'jaligida band bo'lgan ishchilar orasida "Sving" 
("arg'amchi" yoki "dor") nomi bilan ataluvchi norozilik harakati boshlandi. Kent 
grafligidagi bunday harakatlarda qatnashgan ishchi batraklar ish haqi miqdorini 
oshirilishini talab qilib, qishloq xo'jalik mashinalarini vayron qildilar, g'alla va 
boshqa mahsulotlar saqlanadigan omborlarga o't qo'ydilar. Qishloq aholisi joylarda 
fermerlar, yer egalari bilan ish haqi va boshqa majburiyatlar bo'yicha shartnomalar 
imzolagan. Bunday shartnomalarni tuzishdan bosh tortgan lendlordlarga "Sving" 
yoki "Kapitan Sving" imzosi bilan tahdidli xatlar bitilgan. Hukuinat "Sving" 
harakatini bostirish uchun qo'shin va artilleriya safarbar etdi. Maxsus sudlar joriy 
qilinib, aybdorlar jazoga hukm etildi. Harakatning yirik namoyondalari bo'lgan 
Kuper, Kuk va yana 7 kishi dorga osildi. Boshqa faol ishtirokchilardan 457 kishi 
Avstraliya va Tasmaniya oroliga surgun qilindi, yuzlab kishilar qamoqqa 
olindi.1831 yilda parlamentning umumpalatasi islohotlar to'g'risidagi qonun qabul 
qildi, ammo lordlar mazkur qonunni rad etdilar. Bunga javoban mamlakalda 
yangidan inqilobiy harakatlar boshlandi. 1832 yilda lordlar islohotlar haqidagi 
qonunni qabul qilishga majbur bo'ldilar.Parlament islohoti to'g'risidagi qonun 56 ta 
"rutubatli joylar"ni parlamentda vakillik qilishini tugatdi. 30 ta "rutubatli joylar" 
endi parlamentga 2 tadan emas, balki 1 tadan deputat yuboradigan bo'ldi.Yirik 
sanoat shaharlari parlamentda o'z vakillariga ega bo'lish huhuqini qolga kiritdilar. 
Saylov huquqi bir yillik daromadi 50 ming funt sterlingdan kam bo'lmagan barcha 
yer egalariga berildi. Saylovchilarning soni 670 ming kishiga oshirildi. Saylov 
huquqlari uchun kurashgan mayda burjuaziya va ishchilar bunday huquqlarga 
erishmadilar. saylov okruglarining notengligi va saylovda ochiq ovoz berish 
saqlanib qoldi.1831 yilgi parlament islohotiari sanoat burjuaziyasining 
parlamentdagi vakilligini ta'minladi.XIX asrning 30-40-yillarida Angliyada sanoat 
to'ntarishi nihoyasiga etdi.Sanoat taraqqiyoti bo'yicha Angliya hamon dunyoda 
birinchi o'rinni egallashda davom etdi. 1840 yilda Angliyaning dunyo bo'yicha 


17 
sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 45% ni tashkil etdi. To'qimachilik sanoatda 
ishlab chiqarishning yetakchi sohasi bo'lib qolaverdi.30-yillarning boshlarida 
ishchilar harakati ingliz burjuaziyasining mo'tadil fabrika qonunlarini chiqarishga 
majbur etdi. 1831 yilda 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarni tunda mehnat qilishini, 
1833 yilda esa 9 yoshgacha bo'lgan bolalarni zavod va fabrikalarda mehnat qilishni 
ta'qiqlovchi qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga 1832 yildagi pariament 
islohotlari natijasida jamoa palatasida o'z mavqcini mustahkamlab olgan 
burjuaziya kapitalist mulkdorlardan kambag'al qashshoqlar uchun olinadigan 
soliqlarni to'lashdan ozod bo'lishga urindilar. Bu bilan ular kambag'allarni diniy 
qavmlar orqali berilib turganyordamdan mahrum etib, ularni yanada kamroq 
miqdordagi maoshlar uchun ishlashga majbur etmoqda edilar.1834 yilda qabul 
qilingan kambag'allar to'g'risidagi qonun ana shu maqsadni ko'zda tutgan edi.1601 
yildayoq joriy qilingan qonunga ko'ra kambag'allarga, ya'ni, ishsizlar, xonavayron 
bo'lgan mayda hunarmandlar va dehqonlarga diniy qavmlar tomonidan berilib 
kelayotgan yordam puli keskin qisqartirildi, mulkdorlardan kambag'allar uchun 
olinadigan mazkur soliq tugatildi. 1834 yilda parlament tomonidan kambag'allar 
to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi ishchilarga saylov huquqi uchun kurashni 
kuchaytirish lozimligini ro'y-rost ko'rsatdi.Bu kurashning kuchayishiga iqtisodiy 
inqirozlar ham katta ta'sir qildi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish