93
davlatlarining hech biri Prussiyaning tajovuzkorona ravishda Germaniya
davlatlarini birlashtirish siyosatiga qarshi chiqmadilar. Ular german davlatlaridagi
inqilobiy harakatlarni faqat Prussiya boslirishga qodir deb o'ylab unga erkin tashqi
siyosiv faoliyat yuritish imkoniyatini berdi.Bismark 1865 yilda yozganidek: "hech
qanaqa german xalqi yo’q, bizning siyosatimiz Germaniyani Prussiyaga
aylantirishdan iborat" degan shiorga amal qilib 1866 yil urush nihoyasida
Prussiya tashqi siyosatining so'nggi maqsadlarini ochiq bayon qildi.
Prussiyadagi tartib qoidalar majburiy ravishda
butun Shimoliy Germaniya
ittifoqiga joriy qilina boshlandi. Ittifoq prezidenti Vilgelm Ittifoq armiyasining
bosh qo'mondoni bo'lib, u urush e'lon qilish va sulh tuzish ittifoq boshqaruvidagi
lavozimlarga nomzodlarni tayinlash va vazifasidan ozod qiiish ittifoqning qonun
chiqaruvchi palatasini o'z xohishiga ko'ra chaqirish yoki yuborish, uning
qarorlariga veto (taqiq) qo'yish va o'zining o'rinbosari-ittifoq kansleri lavozimiga
nomzodni tayinlash vakolatlariga edi. Ittifoq kansleri
doimiy ravishda Prussiya
fuqarolaridan tayinlanib, u ittifoq Kengashi deb ataluvchi yuqori palatada raislik
qilgan. Bu kengash ittifoqqa a'zo bo'lgan davlatlarning vakillaridan iborat bo'lib,
uning 43 ta vakillaridan 17 tasi Prussiyaga tegishli edi. Quyi palata reyxstag esa
297 la deputatdan iborat bo'lib, u umumiy saylov asosida
saylashgan quyi palata
qonunlarni va byudjetlash huquqiga ega bo'lgan xolos. Ittifoqga kirgan alohida
davlatlar o'zlarining monarxlarini konstitutsiyasi sudlari va byudjetini saqlab
qolgan. Biroq ular ittifoq bayrog'i sifatida Prussiyaning oq-qora va quyi qismida
qizil chiziq tortilgan bayrog'ini qabul qildilar va Prussiya hukmronligini e'tirof
etdilar.Germaniyani yuqoridan birlashtirish
jarayonidagi muvaffaqiyatlar,
Avstriya va Daniya ustidan qozonilgan g'alabalar, konstitutsiyayiy nizo paydo
bo'lgandan buyon Prussiyada Bismarkka qarshi muxoliflikda turgan liberal
burjuaziya-progressistlar Bismark oldida tiz cho'kishga majbur qildi.1866 yil
kuzida burjua progressistlar partiyasi safida bo'linish yuz berdi. Ittifoq ro'yxatiga
va Prussiya davlatida burjuaziyaning Bismark siyosatini yoqlovchi nisbalan
kattaroq qismi yangi partiya milliy liberallar partiyasini tuzdi.A.Bebel va
V.Libknextlar 1868 yil ochiqdan-ochiq marksizm pozitsiyasiga o'tganligini
e'lon qildilar. A.Bebel va V.Libknextlar tashabbusi
bilan shu yil kuzida
Pyuriberi shahrida nemis ishchilari ittifoqining s'ezdi chaqirildi. S'ezd
sotsialistik dastur qabul qilib, inlernatsional (xalqaro ishchilar harakati)ga
qo'shilish uchun qaror qabul qildi.1869 yil 7-9 avgustda Eyzenaxda umumgerman
ishchilar kongressi chaqirildi. Unda lassachilar ishchi fereynlari kasaba
uyushmalari va boshqa tashkilotlar birlashtirilib, A.Bebel va V.Libknextlar
tomonidan "Germaniya demokratik ishchilar partiyasi" tashkil etildi.1866 yilgi
urushdan so'ng Shimoliy Germaniya ittifoqi tuzilishi
bilan Germaniyaning
milliy birlashtirilishi, asosan, nihoyasiga yetdi. Biroq, Germaniyani to’liq
birlashlirish uchun Bismarkka yana bitta g'alaba kerak edi. Bu g'alaba
german davlatlarini Prussiyaboshchiligida birlashtirishga jon-jahdi bilan
qarshilik ko'rsatayotgan Fransiya ustidan bo'lishi lozim edi.60-yillarning
oxirlarida Fransiyada boshlangan siyosiy inqirozdan chiqish yo'lini Napoleon III
Prussiyaga qarshi urushda ko'rdi. 1869 yil kuzida Bismark "Shimoliy
Germaniya ittifoqining Fransiya bilan urushini
imtihoni shunchaki bor emas,
balki shunday urush uning uchun juda zarurdir" degan edi.1870 yilda Fransiya va
Prussiya boshchiligidagi german davlatlari o'rtasida urush boshlandi. Urushda
german davlatlari g'alaba qildi, biroq sulh shartnomasi imzolanmasdan turib, 1871
94
yilning
18
yanvar
kuni
Versalda
Germaniya
imperiyasining
tuzilganligi,Prussiya qiroli Vilgelm II Germaniya imperiyasining imperatori deb
e'lon qilindi. Fransiya-Germaniya urushi Germaniyaning birlashtirilishini
nihoyasiga yetkazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: