58
risolalarida, turli chiqishlarida yangi ijtimoiy munosabatlar asnosida milliy qadriyatlarimizga
Yangi O’zbekistonni qurish jarayonida yangicha nazariy va amaliy yondashib baho berib
kelmoqda. Yurtboshimizning fikrlarida milliy qadriyatlar jamiyat rivojida hayot maktabi
ekanligini uqib olishimiz mumkin.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida
aytiladiki: “ Yoshlarda ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir
muhim hayotiy omil – bu ta’lim – tarbiya tizimi bilan chamcharchas bog’liqdir. Albatta,
ta’lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda darajasi va uning rivojini ham
belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradgan va boyitadigan eng muhim omildir.
Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni
rivojlantirib bo’lmaydi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi hisoblanadi. Bu haqda fikr yuritganda, men
Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo
sadoqat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so’zlarini eslayman. Buyuk
ma’rifatparvar bobomizning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim
va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko’ra
muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”
51
.
Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart – sharoitlarga ega bo’lgan ta’lim
muassasalari, oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb – hunar va ilm – ma’rifat
sirlarini o’rganayotgan, hozirdanoq ikki – uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming – minglab
yoshlar, katta hayotga kirib kelayotgan, o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan
yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu – intilishlarimiz bugunning o’zida o’z hosilini
berayotganining guvohi bo’lmoqdamiz.
Darhaqiqat, vatanimiz kelajagi har tomonlama barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalashga
bog’liq. Ana shunday dolzarb vazifani amalga oshirishda o’zbek xalqining milliy
qadriyatlarini o’rganish va undan barkamol avlodni tarbiyalash uchun foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi. Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi,
farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun
bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya
masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va
sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zi
bo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va
ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan, tilimizdan ayrilib, oxir –
oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz
mumkin. Shu o’rinda aytish joizki, zamonaviy ta’lim tzimida o’zbek tilini yoshlarga puxta
o’rgatish orqali milliy qadriyatlarimizning mustahkamlanishiga erishishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, asrlar davomida avloddan – avlodga o’tib kelgan milliy qadriyatlar
milliy g’oyaga ma’naviy zamin negiz bo’lib xizmat qilmoqda. Zero, unga amal qilmagan
xalq, millat, jamiyat o’zining taraqqiyot yo’lini, o’zligini yo’qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: