Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

Karimova Saida, o`qituvchi 
Guliston davlat universiteti
Bugungi dunyoning shiddat bilan rivojlanishi, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, mafkuraviy 
sohada kechayotgan globallashuv jarayonlari rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar 
o‘rtasidagi tafovutlarning chuqurlashib borishiga hamda o‘ziga xos tarzda tahdidlarning 
paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Jilovlanmagan ayg`ir kabi shiddat bilan 
harakatlanayotgan axborot shaxs, jamiyat, davlat hayotiga, xalqlarning milliy mentaliteti, 
madaniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayapti. Bugungi kunda dunyoning ayrim nuqtalarida sodir 
208
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonshidir. «Fidokor» gazetasi muhbiri 
savollariga javoblar. –T.: O'zbekiston. 2000. 


230 
bo`layotgan 
notinch 
vaziyatlarni 
muayyan 
mafkuraviy 
markazlar 
tomonidan 
uyushtirilayotganligi kishini o`yga toldiradi. Mafkuraviy tahdidlarning kuchayishi har bir 
mamlakat, ayniqsa yosh va rivojlanayotgan davlatlar oldiga o`ziga xos milliy himoya tizimini 
ishlab chiqish, mafkuraviy xavfsizligini ta’minlashga diqqatli bo`lishdek vazifalarni 
qo`ymoqda.
Aslida insonni ongini va qalbini egallash uchun kurashlar bugun paydo bo`lgan 
emas.Tarixda mafkuraviy immunitetni sindirish, bo‘shliq hosil qilib, o‘z g‘oyasini singdirib, 
xalqning ongi va qalbini egallash, g‘oyani ommalashtirishning juda ko‘p namunalari 
uchraydi. Chunki targ‘ibotchilar olishuvi, kurashi juda uzoq tarixga ega. Bu haqda xitoylik 
faylasuf va harbiy qo‘mondon Sun Szi (e.o. VI asrda) shunday degan edi: 
• "Siz raqib mamlakatdagi barcha yaxshi narsalarni buzing, ayniting; 
• Raqib davlatdagi atoqli arboblarni sherik qilib olib, jinoyatga boshlang; 
• Raqib davlat rahbariyatining obro‘sini to‘king, qulay paytda ularning jamoat oldida 
sharmandasini chiqaring; 
• Bu ishda o‘sha mamlakatdagi eng past, maraz odamlar bilan sheriklik qiling; 
• Raqib mamlakat odamlari orasida kelishmovchilik, janjal chiqaring; 
• Yoshlarni keksalarga qarshi gij-gijlang; 
• Hukumatni yaxshi ish yuritishiga har qanday yo‘l bilan qarshilik ko‘rsating; 
• Raqib qo‘shinlarining ta’minoti, tartibiga to‘siqlar qo‘ying, buzing; 
• Askarlarini qo‘shiq va kuyga oshifta qilib, irodasiz qiling; 
• Dushmaningizning an’analarini qadrsizlantiring, xudolariga ishonchini sindiring; 
• Buzuq ayollarni yuborib, ularni yanada kuchliroq ayniting, 
• Raqib tomon haqida ma’lumot olishga, bu ishda ular orasidan sheriklar topishga, ularga 
pul to‘lashda juda saxiy bo‘ling; 
• Umuman pulni ham, va’dalarni ham ayamang, chunki ular ajoyib natijalarni beradi"
209

AQSH Markaziy harbiy razvedka boshqarmasi rahbari A. Dalles 1945 yilda Rossiyani 
yo‘q qilish borasida quyidagi chor-tadbirlar majmuini taklif qilgan edi: «Urushdan so‘ng, biz 
bor iqtisodiy qudratimizni rus xalqining tubanlashishi uchun safarbar etamiz. U yerda xaosni 
vujudga keltirib, ularning qadriyatlarini soxta qadriyatlarga almashtiramiz va ularga e’tiqod 
qilishga majburlaymiz. Bularni amalga oshirish uchun Rossiyaning o‘zida hamfikrlarimizni, 
ittifoqchi va yordamchilarimizni topamiz… Adabiyot va san’atning ijtimoiy ahamiyatini 
yo‘qotamiz. Inson ongiga shahvat, zo‘ravonlik, shafqatsizlik, sotqinlik, xullas axloqsizlikning 
barcha turlarini singdiradigan ijodkorlarni har qanday vositalar bilan qo‘llab-quvvatlaymiz… 
Biz sezdirmasdan, faol va muntazam ravishda amaldorlarning boshboshdoqligiga ko‘mak 
beramiz. Haqqoniylik va axloq - eskilik sarqitiga aylanadi. Behayolik va yuzsizlik, yolg‘on 
va aldov, ichkilik va giyohvandlikka ruju qo‘yish, bir-biridan hayvonlarcha qo‘rquv hislari, 
millatchilik va xalqlar dushmanligi – bularning barchasini sekin-asta xalq orasiga singdirib 
boramiz. Shu tariqa odamlarning ma’naviyatini harob etamiz va har doim asosiy urg‘uni 
yoshlarga beramiz…»
210
.
Qachonlardir boshqa xalqlarga qaratilgan bunday rejalar bugun butun dunyoga, jumladan, 
O‘zbekistonga ham qarshi yo‘naltirilgan desak, xato bo‘lmaydi.
Qachonlardir ma’naviy tahdidlarni biror bir xalq hayotiga olib kirish bir necha o`n yillarni 
talab qilgan bo`lsa, fan-texnika yutuqlari tufayli bugun buni tez va oson amalga oshirish 
imkoni paydo bo`ldi. 
Globallashuv jarayonini barcha jabhalarda bo‘lgani kabi, axborot soxasida ham
209
Milliy istiqlol g`oyasi: O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. – T.:Akademiya, 
2005. 50-51-b. 
210
http://www.polit.ru


231 
ko‘rishimiz mumkin. Axborotning globallashuvi, uni tarqatish vositalarining takomillashib 
borayotkanligi, tezkor va oson ma’lumot tarqatish imkoniyati axborot xuruji, axborot 
tahdidini kuchayib borishiga sabab bo‘lyapti. Bejizga XXI asr axborot asri deb 
ta’riflanmaydi. Hozir deyarli barcha maqsadlarni axborot tarqatish orqali amalga oshirish 
imkoniyati mavjud. 
Global tarmoq shiddat bilan rivojlanib, uning imkoniyatlari tobora kengaymoqda. 
Masalan, 1998 yilda dunyo bo‘yicha internetga 100 million odam ulangan bo‘lsa, 2008 yilda 
internetdan foydalanuvchilar soni 580 milliondan ortiq abonentni tashkil qildi, hozirgi kunga 
kelib ularning soni 2 milliarddan oshib ketdi
211
. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro global 
internet tarmog‘iga 1996 yilda ulandi va mamlakatda 2008 yilga kelib internetdan 
foydalanuvchilar soni 1 million 904 ming kishidan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa
212
, 2011 yilga 
kelib internetdan foydalanuvchilar soni 5 milliondan ortiq abonentni tashkil qildi. 2013 yilga 
kelib esa respublikada internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga yetdi. Har oyda global 
tarmoq miqdori 7-10 foizga ortib bormoqda. Internet bugun nafaqat shaharda, shuningdek, 
uzoq chekka qishloqlargacha kirib bordi. Ular yordamida har bir inson o‘ziga kerak bo‘lgan 
barcha ma’lumotlarni dunyoning qayerida sodir bo‘lishidan qat’iy nazar, bir zumda bilib 
olishi va foydalanishi mumkin. Yangi texnologiyalar insoniyatning dunyoqarashi va uning 
ko‘pgina qadriyatlarini ham o‘zgartirib yubordi. Bugun jahon mamlakatlarida fan-texnika va 
texnologiyalar sohasida erishilgan yutuqlarning butun dunyo bo‘yicha tarqalishi imkoniyatini 
bundan 20 yil ilgarigi ommalashuv bilan solishtiriladigan bo‘lsa, tezligi va samarasi jihatdan 
o‘sha paytda ommaviylashuv “ot arava” tezligi darajasida, bugun esa kosmik kemalar tezligi 
darajasigacha yetib keldi, deb aytish mumkin
213
.
Diqqat qilinsa, yoshlarimiz ma’lumot olishning asosiy manbai sifatida internetga murojaat 
qilishmoqda. O`zaro muloqat qilish, ma’lumot almashishda ijtimoiy tarmoqda foydalanish 
bugun turmush tarzimizni bir qismiga aylandi desak mubolag`a bo`lmaydi. Statistik 
ma’lumotlarga ko`ra mamlakatimizda ayni vaqtda “Fasebook”da 4,7 mln, “Instagram”da 3,7 
mln, “Linkedln”da 288 ming, “Telegramda 18 mln, “Odnoklassniki”da 16,7 mln, “Twitter”da 
51,6 ming va “V-kontakte”da 2,6 mln foydalanuvchilar mavjud bo`lib, ularning ko`pchiligini 
yoshlar tashkil qiladi
214
Bugun yoshlarimiz ma’naviyatiga internet tarmog`i tahdid solmoqda. Chunki, internetda 
tarqatilayotgan axborotni nazorat qilish imkonsiz. Har kim istagan ma’lumotini tarqatmoqda. 
Ayniqsa, dezinformatsiya ya’ni, haqiqatdan yiroq axborot tarqatib, yoshlar dunyoqarashini 
o`z maqsadi yo`lida boshqarishga urunishlar kuchayishi, internetda uy qurib olgan jinoiy 
guruhlar, ekstremistik tashkilotlar, mafkuraviy markazlarni urf-odatlarimiz, milliy 
qadriyatlarimizga zid bo`lgan axborotlarni urchitishi, yoshlarimizda illatlarni paydo 
bo`lishiga, buzg`unchi g`oya va mafkuralar ta’siriga tushib qolishiga sabab bo`lmoqda. Bu 
esa o‘z navbatida jamoatchilikni tashvishga solib, yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini 
ta’minlash masalasini muhim ustuvor vazifa sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda. 
Xulosa qilib aytganda, mafkuraviy tahdid bu salbiy fenomen bo‘lib, u qanday ko‘rinishda 
bo‘lmasin baribir jamiyatdagi normal turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu ma’noda O‘zbekiston ham bu jarayondan, muammolardan chetda emas. Bu esa 
globallashuv sharoitida har bir fuqarodan o‘ta mas’uliyatli, aqllilik va onglilikni talab qiladi. 
Globallashuv 
jarayonida 
mafkuraviy 
tahdidlarga 
qarshi 
kurashishda 
texnologik 
211
Ma'rufboyev B. Globallashuv xususiyatlari va yoshlar tarbiyasi. // O`zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatini 
amalga oshirishning dolzarb masalalari. – Toshkent.: 2013. – B. 45. 
212
Xalq so`zi, 2008 yil 3 yanvar. 
213
Otamurodov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik. Toshkent.: O`zbekiston, 2013. – B. 19-20. 
214
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash 
masalalari qo`mitasining 30/520-sonli ma’lumotnomasi. 2022-yil 19-yanvar. 


232 
yondashilganda o‘zining ijobiy samarasini beradi. Bunda asosiy e’tiborni quyidagi jihatlarga 
qaratish maqsadga muvofiq: 
Birinchidan, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyilidan 
kelib chiqqan holda yoshlarni milliy qadriyatlar va an’analar ruhida tarbiyalashga e’tibor 
qaratish kerak. Buning uchun oilada milliy ruhni saqlash va kuchaytirish, o‘zaro hurmat va 
mehr-oqibat muhitini shakllantirish, bolada yoshlikdan shu millat vakili ekanligidan 
faxrlanish, g‘ururlanish hissini uyg‘otish lozim; 
Ikkinchidan, “ommaviy madaniyat”ning tahdididan himoyalanish uchun yoshlarning 
internet bilan muloqotini nazoratga olish, internetdan faqat maqsadli foydalanishga o‘rgatish, 
ularning dunyoqarashi va ongining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday 
holatga murosasiz munosabatda bo‘lish; 
Uchinchidan, ta’limning sifatini oshirishga, o‘quvchi va talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini 
to‘g‘ri va samarali tashkil etishga alohida ahamiyat qaratish, oila, maktab, mahalla 
hamkorligini keng yo‘lga qo‘yish. Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirlaridan himoyalash, 
ularda mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish ko‘nikmasini uyg‘otish; 
To‘rtinchidan, milliy telekanallarda tomashabop, qiziqarli, kishilarni o‘ziga jalb qila 
oladigan g‘arb ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilayotgan telemahsulotlar bilan 
raqobatlasha oladigan ko‘rsatuv, film va h.k.larni namoyish qilish; 
Beshinchidan, aholini mafkuraviy tahdidlardan himoyalashning eng ta’sirli omili bu 
ishsizlikni bartaraf etish, ularni doimiy muqim ish o‘rinlari bilan ta’minlash, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi migratsiyasini shu yo‘l bilan tartibga solish 
maqsadga muvofiq. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish