227
xalqimiz orasidan yetishib chiqqan ulug’ allomalarimizning jahon tamadduniga qo’shgan
hissalari bilan tanishtirish, buyuk
tarixiy voqealarni yodga olish, voqealarni bayon
qilishdagi xolislik, haqqoniylik, soxta qarashlarga zarba berish, ajdodlarimiz yaratgan
madaniy merosni har tomonlama o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy tafakkur va tarixiy xotira insonni fikrlash, o’ylash, tahlil etish va xulosalar
chiqarish qobiliyatini yuksaltiradi. Dunyoqarashi sog’lom
va yuksak insonni soxta
g’oyalar bilan ishontirib ham, aldab ham bo’lmaydi. Tarixdan ham ma’lumki, o’z oilasi,
Vatani va xalqning baxtini o’ylab, butun insoniyatga ezgulik tilab yashashga asoslangan
g’oya eng kuchli bo’lib kelgan va bu narsa shunday davom etadi. Kishilik jamiyati
taraqqiyotining bugungi bosqichida tarixiy voqealarga falsafiy tafakkur bilan yondashib,
buning kelib chiqish omillari, sabablari va ildizlariga nazar tashlashimiz kerak. Tarixiy
jarayonlarning mohiyatini to’g’ri anglash kishilarda aniq tasavvur, voqea-hodisalarga
sog’lom yondashish munosabatini shakllantirishga yordam beradi.
Kishilar tafakkurini,
ongini o’zgartirmay turib jamiyatni o’zgartirib bo’lmaydi. Chunki, o’zgarishlar, avvalo,
inson ongida, tafakkurida yuz berishi kerak. Jamiyatning ertasi hisoblanmish yoshlarda
tarixiy tafakkurni shakllantirishning ahamiyati quyidagilarda aks etadi:
-tarixiy tafakkur yoshlarda jamiyatda kechayotgan jarayonlar obyektiv qonuniyatlar
asosida kechayotganligini, uni buzish og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglash
imkoniyati beradi. Jamiyat bugungi taraqqiyot jarayoniga erishguncha juda uzoq va
murakkab yo’lni bosib o’tgan, bu yo’l uning nima yaxshi-yu nima yomon, oq-qorani
ajratib
olishiga yordam beradi;
-tarixiy tafakkur yoshlar ongida sog’lom dunyoqarashni shaklantirishda, zararli
mafkuralarga qarshi g’oyaviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi;
-tarixiy tafakkur mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlarning
samarali tashkil etishga, aholining keng safarbarligi va ishtirokining ta’minlanishiga
xizmat qiladi;
-tarixiy tafakkur bugungi O’zbekiston taraqqiyoti dunyoning ilg’or
tajribasidan
foydalanish orqali o’zgarishlarni amalga oshirish mumkinligini anglashga, shu maqsadda
jamiyatni tubdan qayta qurish, yangilashni milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari amalga
oshirish zaruriyatini tushunishga yetaklaydi.
Bugun yoshlar ongida tarixiy xotira va tarixiy tafakkurni shakllantirishning o’rni
quyidagilarda namoyon bo’ladi.
Birinchidan, tarixiy tafakkur yoshlarda tarixiy xotirani tiklanishiga, milliy g’urur va
milliy o’zlikni anglash tuyg’ularini kuchaytirishga yordam beradi;
Ikkinchidan, tarixiy xotira va tarixiy tafakkur yoshlarning ma’naviy qadriyatlarimizni
e’zozlash, ularga hurmat munosabati bilan qarashni amalga oshirishga yordamlashadi;
Uchinchidan, tarixiy xotira va tarixiy tafakkur mamlakatda
amalga oshirilayotgan
islohotlarni amalga oshirishda, yoshlarni keng ko’lamli safarbarligi va ishtirokining
ta’minlanishiga xizmat qiladi;
To’rtinchidan; tarixiy tafakkur tarixga falsafiy munosabat, falsafiy yondashuv
shakllanishiga, bu esa tarixiy hodisalarni teran tahlil qilish, rivojlanish qonuniyatlarini
teran anglash
va shundan kelib chiqib, voqea hodisalarning mantiqiy hosilasini ko’ra
bilish va taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega xulosalarni chiqarish imkonini beradi;
Xulosa qilib aytganda, tarixiy xotira va tarixiy tafakkurni yoshlar ongiga singdirish orqali
xalqimiz tarixiga, ma’naviy merosimizga, o’zligini anglashiga zamin yaratishga erishish
mumkin. Bu esa, tarixiy xotira va tarixiy tafakkurning shakllanishiga, boy
dunyoqarashga, sog’lom mafkuraviy immunitetga ega bo’lgan barkamol shaxsni
tarbiyalashga xizmat qiladi.