71
Globallashuv jarayoni davrida har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat
yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday
chambarchas bog‘lanib bormoqdaki, biror mamlakat bu jarayondan o’zini
himoya qila
olmaydi. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv
jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli
ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar
o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital
va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi
ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-
fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda
uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar
paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi — tabiiyki, bularning barchasiga
globallashuv tufayli erishilmoqda. Xalqaro maydonda uning salbiy ta’siri erstremizm,
terrorizm,
separatism, egosentrizm, kosmopolitizm, korruptsiya, ommaviy madaniyat kabi
vayronkor hatti-harakatlar hamda munosabatlarda o’z ifodasini topmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu
qadar tezkorki, u dunyo davlatlarining hatto siyosatini o’zgartirib yuborish kuchiga qodir.
Globallashuv jarayonida ijtimoiy tarmoqlar hozirgi sharoitda mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning
nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga
xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan odam osongina anglashi mumkin. Bu mafkura
poligonlarining yadro poligonlaridan kuchayib borayotganligida o’z aksini topayapti.
Mafruraviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo’lmoqda:
-har
bir davlat, millat uchun xos bo’lgan taraqqiyot strategiyalari va rejalariga shubha
uyg’otish;
-jamiyatda, ayniqsa yoshlarda milliy qadriyat tuyg’ularini zaiflashtirish, ularga xayoliy,
virtual farog’at, huzurni va’da qilish;
-milliy urf-odatlarga yot bo’lgan hayot tarzini zo’rlik bilan tiqishtirish,
-xudbinlik va shaxsiyatparastlikni turli jozibali usullar bilan targ’ib qilish
63
.
Bunday vaziyat esa barchamizdan, ayniqsa, yoshlarimizdan nihoyatda hushyor
bo’lishlarini taqozo etmoqda.
Mafkuraviy poligonlarga qarshi kurashish uchun yoshlar milliy qadriyatlarga, sog‘lom
negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy
tahdidlarga,
ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh bera
olmaydilar.
Hozirgi yoshlar nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio, televidenie, matbuot, Internet kabi
vositalar orqali ham turli axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora
kengayib borayotgan shunday bir sharoitda yoshlarning ongini zarur ma’naviy ozuqa bilan
to’ldirib borishimiz zarur. Yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi
uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga
hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish zarur. Har qaysi davlatning
chegaralarini daxlsiz saqlashda kuchli siyosat, harbiy kuch-qudrat, qandaydir qurollar kerak.
Yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish
olib borishimiz kerak, degan savol butun barchamizni o’ylantirishi tabiiy.
Avvalambor tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va
hushyor bo‘lib kurashishimiz darkor. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur
o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan
ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy
63
Saifnazarov I. Saifnazarova F. Mafkuraviy xurujlar nima? T, Ma’naviyat, 2015, 8-bet.
72
kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Erkinlik
va demokratiyani
olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati
va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi. Yoshlar o‘ta
murakkablik kasb etib borayotgan bunday zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan
jarayonlarning tub mohiyatini tushunishlari, bu voqealar haqida xolis va mustaqil fikrga ega
bo‘lishlari va ularga qarshi kurasha olishlari bugungi kunning eng dolzarb vazifasi va
talabidir.
Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, yana bir masalaga alohida
e’tibor qaratishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz
kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz
uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan
«ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelayapti. “Ommaviy madaniyat”ni o’ylab
chiqarishdan maqsad- asosan milliy madaniyatlarni ichdan yemirish, didsiz,
sababsiz va
o’zligini unutgan global avlodni shakllantirish”
64
. «Ommaviy madaniyat» degan niqob ostida
axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak
bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va
qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga
qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.
Axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan,
eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila
muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda
bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga
qarshi kurashish naqadar
muhim ekanini anglab olishi muhim. Bu haqda fikr yuritganda, bizning ulug‘ ajdodlarimiz
o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda
aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash zarur. Vatanparvarlik,
insonparvarlik, adolatlilik, sadoqat, mehr-oqibatlilik, vazminlik,
bosiqlik singari yuksak
axloqiy tuyg‘u va tushunchalar yoki fazilatlar bu kodeksning asosiy mohiyatini tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan
atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi
qaratilganini anglash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, ma’naviyatimizga, milliy
manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va turli vayronkor
xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz, jamiyatimizning nufuzli qatlami bo’lgan
yoshlarimiz qalbida milliy g’urur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash dolzarb
masaladir.
Globallashuv jarayonida mafkuraviy va ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun
jamiyat a’zolarini, “yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat
ruhida tarbiyalash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish,
ularni “Yangi O’zbekiston-Uchinchi Renesans sari!” shiori atrofida birlashtirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni samarali va tizimli tashkil etish”
65
zarur.
64
Muxtorov A. Globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish omillari. T, Ma’naviyat, 2015, 25-bet.
65
Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон тарққиёт стратегияси. Т, O’zbekiston, 2022, 255-бет.