-
jamiyatda huquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarini qabul qilishda turli –oyalarni
rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol o’ynaydi.
-
Jamiyatda huquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muhofazo’a
qiluvchi idoralar, sud , prokuratura, ichki ishlar idoralari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya
organlari va mansabdor shaxslarni huquqni hayotda to’-ri qo’llash uchun ular bilan turli
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega.
-
Jamiyatda huquqiy ong amadlagi davlatning harakatda bo’lgan huquqning huquqiy
me’yorlarini tartibga solishda, kodifikatsiya qilishda muhim rol o’ynaydi.
-
Jamiyatda huquqiy ong boshqa ijtimoiy ong shakllaridan huquq, majburiyat, burch,
huquqbuzarlik va unga qo’llaniladigan jazo choralari bilan farq qiladi.
Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarni qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini
amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qo’llashda ular bilan kishilar o’rtasidagi turli
ijtimoiy munosabatlarni tarbibga solishda katta ahamiyatga ega. CHunki davlat miyyosidagi har
qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar
tomonidan o’rganilib chiqiladi. SHuning uchun huquqshunoslar siyosat va amaliyotni yaxshi
bilsa, qabul qilinadigan huquq me’yorlari shunchalik mustahkam bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng fuqarolarning huquqiy ongliligi
natijasida, huqushunos olimlarning faol ishtirokida bozor iqtisodiyotining huquqiy asosini
yaratuvchi ko’pgina qonunlar, Kodekslar qabul qilindi.
Huquqiy ong huquq to’-risidagi kishilarning qarashlarini o’rgatar ekan, u o’zining tuzilishiga
egadir, ya’ni huquiy mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat.
Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’-
risidagi qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabul qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya
va boshqa qonunlar, huquqiy normalar jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai nazaridan
qabul qilinadi. Huquqiy mafkura har bir davlatda huquqdan tashqari, huquqshunoslik fanlarini ham
o’z ichiga oladi.
Huquqi ypsixologiya deb jamiyatdagi har bir kishining huquq to’-risidagi qarashlari, bilimlari
tushuniladi. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar va kishilar
qatnashadi. SHuning uchun huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya bir biri bilan bo-liqdir.
Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura
asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi.CHunki huquqiy mafkurajamiyatdagi huquqiy ustqarmaning
mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy normalarning kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solib mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi.
Huquqiy psixoloigya huquqiy mafkurani ta’minlab turuvchi ozuqadir.CHunki u huquq to’-risida
alohida shaxslarni va jamoatchilikning huquqiy ongidan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |