Navoiy davlat pedagogika instituti "tabiiy fanlar" fakulteti



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/34
Sana20.10.2022
Hajmi1,25 Mb.
#854694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
Aholi

...................... 

Xulosa……………………………………………………………….. 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………… 
 
 
 



Kirish 
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. 
Bugungi globallashuv jarayoni faol 
kechayotgan sharoitda geodemografik vaziyatlarni turli hududlarda bir-biridan 
tubdan farq qiluvchi xususiyatlarini hamda aholi rivojlanishining iqtisodiyot 
tarmoqlari bilan o’zaro aloqadorlikda ekanligini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Ishlab 
chiqarish 
tezligi 
va 
aholi 
daromadlarining o’sishi, 
kommunikatsiya jarayonlarining rivojlanishi, qulay shart-sharoitlarga ega bо‘lgan 
mintaqalarga mehnat resurslarining intilishi va shu kabi holatlar hududlarning aholi 
rivojlanishiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Ayniqsa, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirilgan iqtisodiyotdan farqli о‘laroq, demografik 
jarayonlarga yangicha yondashishni va aholi sifatiy rivojlanishini global miqyosda 
ta’minlash imkoniyatlarini tahlil qilishni taqozo etmoqda. 
Amerikalik mashhur olim U.Ayzard fikricha, u yoki bu hududning xo‘jaligi 
murakkab jumboq bo‘lib, uni yechishni aynan aholi bo‘g‘inidan boshlamoq kerak. 
Darhaqiqat, aholi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategioriyadir, u bilan ishlab 
chiqarish “boshdan oyoq”, chambarchas bog‘liq. Chunki, mehnat resurslarisiz 
ishlab chiqarish bo‘lmaydi, ishlab chiqarish esa aholi uchun kerak; moddiy va 
ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi ham, ularni iste’molchisi ham aynan ana shu 
aholi, ya’ni kishilarning ma’lum hududdagi birligidir.
Aholini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida o‘rganishda uning uch asosiy 
xususiyati e’tiborga olinishi zarur: 
-aholi – ishlab chiqaruvchi kuch (aholini iqtisodiy jihati); 
-aholi asosiy iste’molchi (ijtisoiy, sotsial jihati); 
-aholining o‘z-o‘zini takror barpo qilishi (demografik jihati). 
Albatta, ushbu fan nuqtai nazaridan eng avvalo aholining birinchi va 
ikkinchi xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular aholini ijtimoiy-
iqtisodiy kategoriya ekanligini o‘zida uyg‘unlashtiradi. Qolaversa an’anaviy 
iqtisodiy geografiya fanining evolyutsion tarzda “Iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya” maqomini rasmiy olishi ham aynan Inson omili, aholi va uning 
ijtimoiy rivojlanishining hududiy jihatlarini tadqiq qilish natijasidan kelib 


chiqqan. Aholining uchinchi xususiyati, ya’ni uning takror barpo bo‘lishi esa 
bevosita demografiya fanining tadqiqot obyekti bo‘lib, ushbu jarayonnning 
hududiy tafovutlarini o‘rganish demogeografiya yoki geodemografiya 
yo‘nalishiga mos tushadi.
O‘zbekiston Respublikasi yuksak demografik salohiyatga ega mamlakat 
hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo aholisining (7,5 mlrd.kishi) 0,42 foizi
O‘zbekiston ulushiga to’g‘ri keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha dunyo miqyosida o‘rtacha 
demografik salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi, 2017 yil 
ma’lumotlariga binoan 32 mln. kishidan ortiqrog‘ni tashkil etadi. Bu borada, u 
MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyingi uchinchi va Markaziy 
Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egallaydi. 
Ushbu Bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston Respublikasi hududlarida 
kuzatilayotgan о‘ziga xos xususiyatlarga ega demografik muammolarning talqin 
etilganligi bu muammolar kelib chiqish sabablari va imkon qadar bartaraf etilishida 
jahon hamjamiyatining faoliyati va munosabatlarini о‘rganib chiqish alohida 
dolzarblik kasb etishidan dalolat beradi. Shu bilan birga hozirgi ta’lim 
jarayonlariga katta e’tibor qaratilayotgan bir paytda aholi bilan bog’liq 
muammolarni o’rganish tegishli fanlar mavzulari doirasida tahlil qilinishi yangi 
zamonaviy usullarni qo’llashni taqozo etmoqda. Bu esa dars davomida bunday 
muammolarni o’rganish nechog’lik katta ahamiyat kasb etishini anglab yetishni 
izohlab bermoqda. Shu jumladan, geografiya darslarida ham mamlakat aholisi va u 
bilan bog’liq muammolarni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan va turli 
usullar bilan boyitilgan noan’anaviy metodlardan foydalanish dars samaradorligini 
oshirishda asosiy vositalardan hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
“O’quv tarbiyaviy jarayonni yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” 
bosqichida ta’lim jarayonida bajariladigan vazifalar aniq belgilab berilgan. 
Mamlakatimizning birinchi Prezident I.A.Karimovning: “O’quv jarayoniga yangi 
axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil 
insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va murabbiylarga 


e’tiborimizni yanada oshirish, qisqascha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat 
jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor” 
degan fikrlari bejiz emas. (“Barkamol avlod yili” davlat dasturi. Toshkent, 
“O’zbekiston”,-2010).
Mamlakatimizda ta’lim –tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YUNESKOning 
mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur 
bo’lgan investitsiyalar miqdori bo’yicha tegishli tavsiyalardan, ya’ni 6-7 foizdan 
qariyb 2 barobar ko’pdir. 
2016- yilda Ta’lim –tarbiya sohasiga davlat byudjeti harajatlarining 33,7 
foizi, sog’liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo’naltiriladi. Ta’lim-tarbiya sohasini 
ta’minlash va rivojlantirish sarf-xarajatlari o’tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, 
sog’liqni saqlash tizimida 16 foizga ko’payadi. 
2017-2021 yillarga mo`ljallangan harakatlar strategiyasida mamlakatimiz 
oliy 
o’quv 
yurtlarining 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlashga 
yo’naltirilayotgan mablag’lar hajmi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlashni 
istardim. Joriy yilda 13 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan Qoraqalpog’iston, 
Buxoro va
Samarqand davlat universitetlari, Farg’ona politexnika institudagi 
qurilish va rekonsruksiya ishlariga 355 milliard so’m ajratish ko’zda tutilmoqda. 
Shuningdek, Toshkent davlat stomatologiya instituti binolari, Toshkent shahridagi 
Inxa universiteti va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti filiallarining 
yangi o’quv korpuslari quriladi.”.
1


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish