Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Topografik kartalarda rel’yefni tasvirlanishi



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Topografik kartalarda rel’yefni tasvirlanishi. 
 
Rel’yef tabiiy-geografik elementlari orasida eng muhimi bo‘lib hisoblanadi 
va unga yer yuzasidagi notekisliklar, ya’ni balandlik va pastlik, tog‘lik va tekislik 
hamda pasttekisliklar kiradi. 
 
Joyning rel’yefiga ko‘ra, yerdagi boshqa ob’ektlarni joylanishi, harakterini 
va boshqa xususiyatlarini aniqlash mumkin. Rel’yefni, qurilish ishlarida, qishloq 
xo‘jaligidagi  roli  katta.  Umuman  hududdan  unumli  foydalanish  uchun  olib 
boriladigan  har  qanday  ilmiy  va  amaliy  ishlarda  rel’efni  har  tomonlama  bilish 
zarurdir.  Bu  ishlarda  topografik  kartalaridan  ko‘p  foydalaniladi.  Shuning  uchun 
ham  topografik  kartalarida  rel’efni  ilmiy  asosda  aniq  va  mukammal  tasvirlash 
katta ahamiyatga egadir.  
 
Rel’yef  shakllari  –  katta-kichikligiga  ko‘ra  makrorel’yef,  mezorel’yef  va 
mikrorel’yeflarga bo‘linadi. Makrorel’yef yuzasidagi yirik rel’yef shakllari bo‘lib, 
unga tog‘tizmalari va yirik vodiylar kiradi. Mezorel’yeflarga o‘rtacha kattalikdagi 
rel’ef shakllari, mikrorel’yefgag‘rel’yefni mayda shakllari kiradi.  
 
Rel’yefi quyidagi usullarda tasvirlash mumkin.  
1.
 
Otmetka (belgi) usuli 
2.
 
Gorizontallar usuli 
3.
 
Maxsus shartli belgilar usuli 


Otmetka  usulida  biron  joyning  rel’yefini  qog‘ozda  tasvirlash  uchun  shu 
joydagi  harakterli  nuqtalarning  absolyut  balandligi  aniqlanadi,  va  bu  nuqtalar 
qog‘ozga  tushuriladi,  hamda  ularning  yoniga  balandliklari  yozib  quyiladi. 
Topografiya kartalarda bu usul gorizontallar usuli bilan qo‘shib olib boriladi.  
 
Gorizontallar deb bir xil balandlikga ega bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi 
chiziqqa aytiladi. Ayrim xollarda izogipslar deb ham yuritiladi.  
 
Gorizontallar quyidagicha hosil bo‘ladi: biror tepalikni bir xil balandlikdan 
o‘tuvchi  gorizontal  tekisliklar  bilan  kesilgan  desak  shunda  bu  gorizontal 
tekisliklarning tepalik yon bag‘irlari bilan kesishgan joylarida egri chiziqlar hosil 
bo‘ladi. Bu egri chiziqlar gorizontallardir. Tik yonbag‘irli joyda gorizontallar bir-
biriga  uzoqda  joylashadi.  Demak,  gorizontallar  oralig‘ining  katta  yoki  kichik 
bo‘lishi  yonbag‘irning  qiyaligiga  bog‘liq  ekan.  Yonbag‘ir  qancha  tik  bo‘lsa, 
gorizontallar  shuncha  zich,  yonbag‘ir  qancha  yotiq  bo‘lsa  gorizontallar  shuncha 
siyrak joylashadi.  
 
Ikki  gorizontal  orasidagi  masofa,  yer  yuzasida  kesim  balandligi,  (visota 
secheniya) deyiladi.  
 
Ikki  nuqta  orasidagi  masofaning  gorizontal  proyeksiyasi  gorizontallar 
oralig‘i (zalojeniya) deyiladi.  
 
Umuman  qiyalik  burchagi  katta  bo‘lsa,  gorizontallar  bir-biriga,  qiyalik 
burchagi kichik bo‘lsa gorizontallar bir-biridan uzoqda joylashadi.  
 
Topografik  kartaning  masshtabiga  qarab,  unda  tasvirlanadigan  rel’yefning 
murakkabligiga qarab turli masshtabdagi topografik kartalar uchun turli xil kesim 
balandligi  qabul  qilinadi.  Topografik  kartalarda  asosiy  gorizontallar  va  yarim 
gorizontallar  ayrim  kartalarda  asosiy  gorizontallar  va  yarim  gorizontallar  ayrim 
vaqtda yordamchi gorizontallar ko‘rsatiladi. To‘liq gorizontallar yoki yordamchi 
gorizontallar 1 m dan 2,5 m dan, 5 m dan 10 m dan va 2 m dan o‘tkazilsa yarim 
gorizontallar esa 0,5 m dan 1,25 m dan, 2,5 dan, 5 m dan 10 m dan o‘tkaziladi va 
shtrix bilan chizib ko‘rsatiladi.  
 
Rel’yefni  o‘qish  oson  bo‘lsin  uchun  topografik  kartalarda  har  beshinchi 
gorizontal  qilib  chiziladi.  Masalan,  kartada  kesim  balandligi  1  m  bo‘lsa  0  dan 
boshlab 5, 10, 15, 20 va h.k. gorizontallar yo‘g‘onlashtirib chiziladi.  
 
Topografik  kartada  rel’yef  gorizontallar  bilan  tasvirlanganda  ayrim 
gorizontallar  va  rel’yefi  harakterli  nuqtalarning  otmetkasi  (obsalyut  balandligi) 
ham yozib qo‘yiladi.  
 
Sobiq  Ittifoqda  Boltiq  dengizining  suv  satxi  boshlang‘ich  gorizontal  yuza 
deb qabul qilingan.  
 
Topografik  kartalarda  nishablikni  qaysi  tomondaligini  bilish  uchun 
gorizontallarga qisqa chiziqlar bergshtrixlar chiziladi.  
 
Rel’yefning barcha shakllari va xususiyatlarini gorizontallar bilan tasvirlab 
bo‘lmaydi.  Masalan,  qiyaligi  40

ortiq  bo‘lgan  tik  yonbag‘irli  rel’yef  formalari 
(jar,  o‘pirilib  tushgan  joylar,  qoyalar,  tik  yonbag‘irlar,  jilg‘alar)ni  gorizontallar 
bilan  ko‘rsatilganda  gorizontallar  bir-biriga  qo‘shilib  ketadi.  Shuning  uchun 
topografik kartalarda maxsus shartli belgilar bilan beriladi. Tabiiy rel’ef shakllari 
jigar rangda, sun’iy rel’yef shakllari esa qora rangda ko‘rsatiladi.  


 
Doimiy  qorliklar,  muzliklar  va  boshqalar  maxsus  shartli  belgilar  bilan 
ko‘rsatiladi. Topografik kartalarda ayrim rel’yef formalari va ularning harakterli 
nuqtalarning balandliklari ham beriladi.  
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish