Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

 
 
 
 


8-mavzu: Topografik kartalarning varaqlarga bo`linishi va 
nomenklaturasi. 
Reja: 
 
1. 1:1000000 masshtabli topografik kartaning nomenklaturasi. 
2. 1:100000 masshtabli topografik kartaning varaqlarga bo`linishi. 
3. Topografik va obzor-topografik kartalari bir varag`i (trapetsiyasi)ning kattaligi 
va nomenklaturasi. 
 
Topografik  kartalar  yirik,  o`rta  va  mayday  masshtabli  bo`ladi.  Yirik 
masshtabli  kartalar  joydagi  hamma  geografik  ob`yektlarni  mukammal 
o`rganishga, 
xilma-xil 
qurilish 
ishlarida, 
loyihalashda 
foydalanishga 
mo`ljallangan. Mayda masshtabli kartalarda esa yer yuzidagi geografik ob’yektlar 
to`g`risida  to`liq  ma’lumotlar  berish  mumkin  emas.  Yirik  masshtabli  topografik 
kartalarda tasvirlanadigan hudud ma’lum kattalikdagi qismlarga bo`linib, ularning 
har  biri  alohida  varaqlarda  tasvirlanadi.  Topografik  kartaning  har  bir  varag`i 
shimol va janubdan parallel chiziqlari bilan, sharq va g`arbdan meridian chiziqlari 
bilan chegaralanib, trapetsiya hosil qiladi. 
Ko`p varaqli topografik kartalardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida 
ular ma’lum tizim bo`yicha varaqlarga bo`lingan va har bir varaq alohida belgilar 
bilan  belgilangan.  Topografik  kartalarning  varaqlarga  bo`linishiga  razgrafka 
deyiladi.  Yer  yuzasida  bizga  kerakli  hudud  tasvirlangan  varaqni  topishni 
osonlashtirish uchun varaqlar lotin harflari va raqamlar bilan belgilanadi, buni esa 
nomenklatura deyiladi. 
Topografik  kartalarning  nomenklaturasi  1:1000000  masshtabdagi  xalqaro 
kartaning  nomenklatirasiga  asoslangan.  Topografik  kartalarning  nomenklaturasi 
ularning masshtabi, geografik kengligi va va uzunligiga bog`liq.  
1:1000000  masshtabli  xalqaro  kartaning  nomenklaturasi  1891  yilda 
Bernda, 1909 yilda Londonda va 1913 yilda Parijda o`tkazilgan xalqaro geografik 
kongresslarda  qabul  qilingan.  Bu  masshtabdagi  kartalar  parallellar  oralig`i  4
0

meridianlar  oralig`i  6
0
  ga  teng  bo`lgan  trapetsiyalarga  bo`lingan.  To`rt  gradusli 
parallellar  orasi  qatorlar  deyiladi.  Har  bir  qator  ekvatordan  qutbgacha  lotin 
alfavitining bosh harflari bilan, ya’ni A, B, C, D, E, F, J, H, I, J, K, L, M, N, O, P, 
Q, R, S, T, U, V harflari bilab belgilanadi. 
180
0
  meridiandan  boshlab  har  6  gradusdan  meridianlar  o`tkaziladi, 
meridianlar  oralig`i  kolonnalar  deb  ataladi.  Kolonnalar  180
0
li  meridiandan 
sharqqa  tomon  1  dan  60  gacha  arab  raqami  bilan  belgilanadi.  180
0
-174
0
  g’u. 
oralig`i  birinchi  kolanna,  174
0
-168

g`.u.  oralig`i  ikkinchi  kolonna  va  h.k.  0
0
li 
Grinvich  meridiani  30-  va  31-kolonnalarni  ajratuvchi  chegara  hisoblanadi. 
1:1000000  masshtabli  kartaning  har  bir  varag`i  qatorlarni  belgilovchi  lotin  harfi 
va kolonna nomerini ko`rsatuvchiarab raqami bilan belgilanadi. Bu harf va raqam 
shu  varaqning  nomenklaturasi  bo`ladi.  Masalan,  Toshkent  joylashgan  varaqning 
nomenklaturasi K-42. 
1:1000000  masshtabli  kartaning  har  bir  varag`ida  juda  katta  maydon 
tasvirlanadi,  shu  sababli  uning  tafsiloti  to`liq  bo`lmaydi.  Shu  sababli  bunday  har 
bir  varaq  yana  ham  yirikroq  masshtabli  karta  varaqlariga  bo`lib  tasvirlanadi. 


Masalan,  1:500000,  1:300000,  1:200000,  1:100000,  1:50000,  1:25000,  1:10000 
vah.k.  1:500000  masshtabli  kartaning  nomenklaturasini  topish  uchun  1:1000000 
masshtabli  kartaning  har  bir  varag`ini  4  varaqqa  bo`lib,  har  bir  varaq  rus 
alfavitining  bosh  harflari  bilan  A,  B,  V,  G  bilan  belgilanadi.    Bunda  parallellar 
orasi 2
0
 ga, meridianlar orasi 3
0
 ga teng bo`ladi. Masalan, N-36-A 
1:300000 masshtabli kartaning nomenklaturasini aniqlash uchun 1:1000000 
masshtabli kartaning har bir varag`ini 9 ta bo`lakka bo`lib, ri raqamlari bilan I dan 
IX gacha belgilanadi. Bunda 1:300000 masshtabli kartaning nomenklaturasi kelib 
chiqadi.  Meridianlar  orasi  2
0
  ga,  parallellar  orasi  1
0
20
1
  ga  teng  bo`lib,  III-N-36 
deb yoziladi. 
1:200000 masshtabli kartaning nomenklaturasini toppish uchun 1:1000000 
masshtabli kartaning bir varag`ini 36 ta varaqqa bo`lib, rim raqamlari bilan I dan 
XXXVI  gacha  belgilanadi.  Bu  quyidagicha  yoziladi:  N-36-XV.  Bunda  parallelar 
orasi 40
1
ga, meridianlar orasi 1
0
 teng bo`ladi.  
1:100000  masshtabli  karta  nomenklaturasini  toppish  uchun  esa  1:1000000 
masshtabli  kartaning  bir  varag`ini  144  varaqqa  o`lib,  arab  raqamlari  bilan  1  dan 
144 gacha belgilanadi. N-36-54. bunda parallellar  orasi 20
1
 ga, meridianlar  orasi 
30
1
 ga teng bo`ladi. 
1:50000  masshtabli  kartaning  nomenklaturasini  aniqlash  uchun  1:100000 
masshtabli  kartaning  bir  varag`ini  to`rt  bo`lakka  bo`lib,  rus  alfavitining    bosh 
harflari  bilan  A,  B,  V,  G  bilan  belgilanadi.  Bunda  parallellar  orasi  10
1
  ga, 
meridianlar orasi 15
1
 ga teng bo`ladi. Bunday  varaq nomenklaturasi quyidagicha 
yoziladi. N-36-54-G. 
1:25000  masshtabli  kartaning  nomenklaturasini  aniqlash  uchun  1:50000 
masshtabli  kartaning  bir  varag`ini  to`rt  bo`lakka  bo`lib,  rus  alfavitining  kichik 
harflari  a,  b,  v,  g  lar  bilan  belgilanadi.  Bunda  parallellar  orasi  5
1
  ga, meridianlar 
orasi 7
1
30
11
 ga teng bo`lib, quyidagicha  yoziladi. N-36-54-G-a.  
1:10000  mashtabli  kartaning  nomenklaturasini  aniqlash  uchun  1:25000 
masshtabli  kartaning  bir  varag`ini  to`rt  bo`lakka  bo`lib,  arab  raqamlari  bilan 
1,2,3,4 bilan belgilanadi. Bunda parallellar 2
1
30
11
 ga, meridianlar  orasi 3
1
45
11 
ga 
teng bo`lib, quyidagicha yoziladi: N-36-54-G-a-2. Ba’zan topografik kartalarning 
nomenklaturasi  yoniga  qo`shimcha  qilib  shu  trapetsiyada  joylashgan  eng  yirik 
aholi manzilgohining nomi yozib qo`yiladi. 
Nomenklatura yordamida berilgan hududning yer yuzidagi o`rnini aniqlasa 
bo`ladi. 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish