Mexanik nivelirlash.
Nivelirlashning bu usulida mahsus avtomat-nivelir ishlatiladi. Bu asbob
velosiped, mototsikl yoki avtomashinaga o‘rnatilgan bo‘ladi. Avtomat nivelir
o‘rnatilgan mashinada bosib o‘tilgan yo‘lning profili qog‘ozda, avtomatik
ravishda chizilib boradi. Bu usulda joyning profili boshqa usuldagiga nisbatan
osonroq va tezroq tuziladi, lekin aniqligi juda kam bo‘ladi. Shuning uchun
mexanik nivelirlashdan katta aniqlik talab qilinmaydigan ishlarda, masalan, yo‘l
qurilishida va joyning relefini dastlabki o‘rganishdagina foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |