Teodolit bilan gorizontal burchak o`lchash.
Burchakni o`lchash uchun teodolit avvalo o`lchanadigan burchak uchiga
(nuqtaga) o`rnatilishi, so`ngra nuqtaga markazlashtirilishi, asbobning aylanish
o`qi vertikal holatga keltirilishi va qarash trubasi kuzatish uchun moslanishi
lozim.
-
Teodolitlarni nuqtalarga markazlashtirish
uchun, uning o`rnatish vinti
uchidagi ilgakka shovun osiladi, so`ngra shtativ nuqta ustiga aniq gorizontal
holatda, shovun taxminan nuqtalarga to`g`ri keladigan qilib o`rnatiladi, shtativ
oyoqlari yerga botiriladi. O`rnatish vinti bo`shatiladi, asbob shtativ ustiga surib,
shovun joydagi nuqtalarning markaziga to`g`ri keltiriladi, keyin o`rnatish vinti
burab mahkamlanadi;
-
Do'stlaringiz bilan baham: |