Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Kartani o`qish va kartani tushunish



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

 


Kartani o`qish va kartani tushunish 
Hozirgi  vaqtda  geografik  kartalar  ma’ruza  vaqtida  va  amaliy 
mashug`lotlarda ko`rgazmali qurol bo`libgina qolmasdan, balki geografik voqea-
hodisalarning  tarqalishini  ko`rsatuvchi,  ularni  sifat  va  miqdor  ko`rsatkichlarda 
tasvirlovchi  bilim  manbai  hamdir.  Geografik  kitoblar  singari  kartalar  ham 
geografik  bilimlarni  o`rgatadi.  Kitoblarda  yer  yuzasi  so`z  bilan  tasvirlansa, 
kartada  obrazli-belgilar  voqelikning  modelini  ko`rsatadi.  Lekin  uni  tushunib 
yetish  uchun  kartani  bilish,  tushunish  kerak.  Bu  tushunchalar  maktabdan 
boshlanadi. Kartani bilish deganda obrazli-belgi yordamida ob’ektlarning qayerda 
joylashganini  bilish  kifoya  qilmaydi.  Uni  bilish  uchun  kartani  tuzish,  o`qish, 
tushunish, kartografik model tasavvuriga ega bo`lmoq zarur. 
Kartani o`qish va tushunish deganda kartadagi voqea va jarayonlarni o`zaro 
bog`langan,  lekin  mazmun  jihatdan  bir-biridan  farq  qiluvchi  belgilarini  bilamiz. 
Kartada  tasvirlangan  voqea-hodisalarni  shartli  belgilar  yordamida  o`qish  degani 
karta  mazmunini  to`liq  tushunib  yetadi,  degan  gap  emas.  Buning  uchun  karta 
mazmuni to`g`risida ma’lum darajada nazariy geografik ma’lumotga ega bo`lmoq 
kerak. 
Masalan,  Surxondaryo  vodiysi  tasvirlangan  tabiiy-geografik  kartalardan, 
uni  shimol  tomoni  tog`lar  bilan  o`ralganligi,  mamlakatimizning  janubiy 
kengligida  joylashganligi,  suv  ob’ektlarning  mavjudligini  (Surxondaryo, 
Sherobod  daryo,  Janubiy  Surxon  suv  ombori  va  Sherobod  kanali),  qish  kunlari 
qisqa, yillik foydali harorat miqdori 4000
0
 dan yuqori bo`lishini u yerda ingichka 
tolali  paxta  yetishtirish  mumkinligini  tasavvur  qilsa  bo`ladi.  Kartani  o`qish 
deganda,  kartografik  belgi-modellar  orqali  tasvir  ma’nosini  tushunish  demakdir. 
Kartadagi  har  bir  rang,  chiziq,  belgi  biror  voqelikni  tasvirlaydi.  Shartli  belgilar 
orqali  joylari  aniqlanidi.  Shuning  uchun  o`quvchilarga  kartani  o`qishga 
o`rganishdan  oldin,  ular  ekskursiyalarga  olib  chiqiladi,  rel’yef  va  ularning 
elementlari,  tog`,  yassi  tog`,  tepalik,  yonbag`ir,  vodiy,  o`zanlar  va  ularning 
kartada tasvirlanishini  tushuntirish  zarur.  Kartada tasvirlangan  voqea-hodisalarni 
alohida  emas,  balki  ularning  o`zaro  bog`liqligini,  bir–biriga  ta’sirini  bilib  olish 
shart. 
Kartani o`qiy oladigan kishi kartada tasvirlangan hududda nimalar borligini 
biladi  xolos.  Kartani  tushungan  kishi  esa,  tasvirlangan  voqea  va  hodisalarni 
izohlab, har tomonlama ta’riflab, o`zaro bog`liqliklarni ayta oladi. 
O`qish  va  tushunish  bir-biriga  bog`liq.  Kartani  o`qishni  bilmasa,  uni 
tushunib bo`lmaydi. Ammo kartani tushunmasdan o`qiy olsa bo`ladi. 
“Kartani 
bilish” 
tushunchasi 
yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, 
tushunishdangina  iborat  bo`lmasdan,  kartaning  tayyorlanishini  ham  o`z  ichiga 
oladi.  Shuning  uchun  5-sinf  geografiyasida  oddiy  topografik  plan  olish  usullari 
o`rgatiladi,  chunki  mayda  masshtabli  geografik  kartalarning  asosini  yirik 
masshtabli topografik kartalar tashkil qilinishini o`quvchilar tushunishlari zarur. 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish