Harfli belgilar - bu tasvirlanayotgan ob'ekt yoki hodisa nomini bitta yoki
ikkita boshlang`ich harflaridir. Masalan, temir va fosfor rudalari uchun Fe va P.
Harfli belgilarni qo`llash nisbatan chegaralangan, chunki ular ob'ektlarni aniq
joylashgan o`rnini ko`rsatmaydi, xaritani har xil harflar bilan to`ldirib tashlaydi,
o`lchami bo`yicha yomon taqqoslanadi. Agar harflar birorta geometrik figurani,
masalan, kvadratni ichiga olib yozilgan bo`lsa, ularni o`lchami bo`yicha bir-biriga
taqqoslash va joylashtirish ancha yengil bo`ladi, bunday holda ikkala tipdagi
belgilarni yaxshi tomonlari uyg`unlashadi.