Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Geodezik ishlarni olib borish to’g`risida tarixiy ma’lumot



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Geodezik ishlarni olib borish to’g`risida tarixiy ma’lumot. 
 
Topografiya  va  kartografiya  asoslari  fani  tarixi  ham  boshqa  fanlar  qatori 
tarixiy  manbalar  asosida  o’rganiladi.  Dastlabki  kartografik  tasvirlar  ibtidoiy 
jamoa davrida paydo bo’lgan. Masalan, miloddan avvalgi ikki minginchi yillarda 
Shimoliy  Italiyadagi  tog`larda  toshlaraga  yo’llar,  daryolar  va  sug`oriladigan 
yerlar tasvirlanganligi ma’lum va ular har xil chiziqli shakllardan tashkil topgan. 
Bunday  tasvirlar  qadimgi  Vaviloniya  shahrining  arxeologik  tasvirlarida  ham 
uchraydi.  O’rta  Osiyo  haqidagi  dastlabki  geografik  va  kartografik  ma’lumotlar 
miloddan  avvalgi  V  asrlarda  yashagan  yunon  allomasi  Geradot  tomonidan 
yozilgan  asarlarda  uchraydi.  K.Ptolomey  tomonidan  yaratilgan  “Geografiya” 
kitobida 27 ta kartadan iborat “Dunyo atlasi”ni yaratadi, bu atlasda daraja to’rlari 
ham  tasvirlanadi.  Yunon  olimi  Erotosfen  tomonidan  yer  yuzasidagi  joylarning 
o’rinlari,  kenglik  va  uzoqlik  orqali  aniqlash  va  gradus  o’lchash  yo’li  bilan  aniq 
o’lchash  usullari  ishlab  chiqilgan.  Strabon  tomonidan  yaratilgan  kitoblarda 


yerning sharsimonligi va uni o’lchash usullari to’g`risida, o’sha davrlarda ma’lum 
bo’lgan hududlarning kartalari va ularning geografik tasvirlari bayon etilgan.  
 
Mazkur  fanning  rivojlanishiga  O’rta  Osiyolik  bir  qancha  allomalar  o’z 
hissalarini  qo’shishgan.  Xususan,  al-Xorazmiy,  al-Farg`oniy,  Beruniy, 
M.Qoshg`ariy, Z.M.Bobur, Haydar Mirzo kabi allomalar shular jumlasidandir. 
 
IX-asrning  boshlarida  al-Xorazmiy  tomonidan  1
0
  yoy  uzunligini  o’lchash 
bo’yicha  ekspidetsiyalar  o’tkazilgan,  “Dunyo  atlasi”ni  yaratish  bo’yicha  ishlar 
amalga  oshirilgan.  Uning  “Sur’ati-al-arz”  kitobi  “Xorazm  geografiyasi”  nomi 
bilan mashhur bo’lib, unda o’nlab kartalar va ularning izohlari berilgandir. 
 Al-Farg`oniyning  geodeziya  sohasidagi  ishlar  ko’p  bo’lib,  “Al-Komil  fil 
usturlob”  (Usturlob  to’g`risida  mukammal  ma’lumotlar)  va  “Usturlob  san’ati 
to’g`risida” nomli asarlari geodezik o’lchash ishlarini bajarishda asosiy manbalar 
bo’lib hisoblanadi.  
A.R.Beruniyning  XI-XII  asrlardagi  geodeziya  va  kartografiya  fanlariga 
qo’shgan hissasi kattadir. Uning “Kartografiya” nomli asarida daraja to’ri, sharni 
tekis  yuzaga  ko’chirish  va  kartografik  proyeksiyalar,  osmon  globusini  yasash 
to’g`risidagi  ma’lumotlar  berilgan.  “Hindiston”  kitobida  turli  shaharlarning 
geografik koordinatalarini hisoblab, ularni tekis yuzada tasvirlagan va dunyodagi 
600 dan ortiq joylarning geografik koordinatalarini aniqlagan. Beruniy tomonidan 
bundan tashqari “Dunyo kartasi” va 995 yilda “Dunyo globusi”ni yaratgan. 
M.Qoshg`ariy  XI  asrda  O’rta  Osiyoda  kartografiya  fanida  kartalarga  rang 
berish  va  shartli  belgilardan  foydalanish  ishlarini  amalga  oshirgan.  M.Ulug`bek 
davrida  uning  shogirdi  Ali  Qushchi  Samarqandiy  yasagan  dunyo  kartasi  va  yer 
shari  globusi  ushbu  fanning  rivojlanishida  muhim  manba  bo’lib  xizmat  qilgan. 
XIX-asrda  Hoji  Yusuf  Mirfayozov  tomonidan  yasalgan  globusda  (bo’yi  117  sm, 
yer shari aylanasi uzunligi 160 sm, masshtabi 1:25000000 (1sm-250km) meridian 
va parallellar qora rangda, tropik chiziqlar qizil rangda berilgan. 
Bundan  tashqari  o’rta  asrlarda  Yevropada  kartografiya  fani  buyuk 
geografik  kashfiyotlar  davrida  rivojlandi  va  maxsus  kartalar  tuzilgan.  XVI-asr 
o’rtalarida  g`arbda  kompas  yordamida  oddiy  o’lchash  usuli  bilan  olingan 
topografik  planlar  vujudga  kelgan.  1570  yilda  yaratilgan  Avraam  Ortemeyning 
“Yer  shari  manzarasi”,  1569  yilda  yaratilgan  Jerard  Merkatorning  “Dunyo 
kartasi”  va  “Dunyo  atlasi”,  Vegenerning  “Dengiz  atlasi”  sermazmunligi  bilan 
ajralib turadi. 
1680  yilda  I.  Nyuton  o’zini  dunyo  tortilish  qonuniga  asoslanib,  yer  - 
ellipsoid shaklida degan fikrni olg’a surdi. 
XIX  asr  boshlarida  turli  mamlakatlarda  astronomiya,  geodeziya  sohasida 
olib  borilgan  ishlar  yerni  shakli  ellipsoiddan  bir  oz  farq  qilishini  ko‘rsatdi. 
Masalan,  ulug‘  olim  Laplas  Fransiya  va  boshqa  davlatlarda  olib  borilgan  gradus 
o‘lchashlar natijasini tahlil qilib, meridian 1

 sining uzunligi ekvatordan qutblarga 
tomon bir xilda kamaymasligini aniqladi. Shunga asoslanib yer o‘ziga xos noaniq 
shaklga  ega  ekan,  degan  xulosaga  kelindi.  1873  yilda  nemis  fizigi  I.  V.  Listing 
yerning bunday shaklini geoid deb atalishini taklif etdi

Yerning  kattaligini  aniqlashda  Rossiyada  bajarilgan  gradus  o‘lchashning 
ahamiyati juda katta.  


Masalan,  1816  yildan  boshlab  geodezist  K.I.  Tenner  rahbarligida 
Rossiyaning  harbiy  chegarasidagi  guberniyalarda,  astronom  V.Ya.Struve 
rahbarligida Boltiq bo‘yi  guberniyalarida  gradus o‘lchash ishlari  olib  borilib, bu 
ishlar  1850  yilgacha  davom  etgan  va  Dunay  daryosining  quyilish  joyidan  to 
Skandinaviya  yarim  orolining  shimoliy  qirg‘og‘igacha  bo‘lgan  25

20

  meridian 
yoyining uzunligi hisoblab chiqarilgan. 
Geodeziya  fanini  nazariy  jihatdan  rivojlantirishda  rus  olimlari  P.  L. 
Chebushev,  A.  P.  Bolotov,  N.  Ya.  Singer,  A.  A.  Tillo  va  boshqalar  salmog‘li 
hissa qo‘shdilar. 
1928 yilda mashhur geodezist F. N. Krasovskiy davlat hududsida geodezik 
tayanch shaxobchalarini barpo etish va topografik plan olish ishlarining dasturini 
tuzib  chiqdi.  1933  yilda  davlat  hududsini  gravimetrik  planini  olish  ishlari  olib 
borildi.  1945  yilda  MDX  hududsini  1:1000000  masshtabli  kartalari  tuzildi. 
Aerofototopografik  plan  olish  ishlariga  Drobishev,  Konshin,  Lobanov  va  boshqa 
olimlar  turli  injenerlik  inshootlarni  barpo  etishda  geodezik  ishlarini  bajarish 
metodlarini  yaratishga  olimlar  N.  G.  Viduyev,  G.  F.  Glotov,  N.  N.  Lebedev  va 
boshqalar katta hissa qo‘shdilar. 
Kartografiya  sohasida  ham  katta  yutuqlarga  erishildi  va  yirik  kartografik 
asarlar  yaratildi.  Geodeziya  fani  xalq  manfaatini  ko‘zlab,  xalq  xo‘jaligini 
rivojlantirish  va  mamlakatimiz  mudofaa  qobiliyatini  oshirish  uchun  xizmat 
qilmoqda. 
 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish