Kartografiya fani juda ham ko‘p fanlar bilan, ayniqsa geografiya bilan
uzviy bog’langandir. Kartografiya, o‘z navbatida, bir necha mustaqil
qismlarga bo‘linadi: kartashunoslik, kartometriya, matematik kartografiya,
kartani loyihalash va tuzish, kartani chizish va rasmiylashtirish, kartani nashr
qilish, kartografik korxonalarning tashkil qilinishi va iqtisodiy masalasi,
kosmik kartografiya. So‘nggi yillarda kosmosdan olingan materiallardan
foydalanishga juda katta e’tibor berilib, kosmik rasmlardan foydalanib, yangi
mavzuli kartalar tuzilmoqda, eskirgan kartalar yangilanmoqda. Natijada yangi
fan kosmik kartografiya vujudga keldi va alohida kurs sifatida o‘rganilmoqda.