Kipregelni tekshirish.
1. Kipregel chizg‘ichining qirrasi to‘g‘ri chiziq bo‘lishi kerak. Kipregel
chizg‘ichining qirrasi bo‘yicha uchi o‘tkirlangan qalam bilan taxtaga
mahkamlangan qog‘ozga chiziladi. Kipregel 180
0
ga aylantirib chizig‘ichning
qirrasi o‘sha chiziqning ustiga qo‘yiladi va yana chiziq chiziladi. Agar chiziqlar
ustma-ust tushsa yoki og‘ish 0,1 mm gacha bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi. Og‘ish
katta bo‘lsa kipregel chizg‘ichi ustaxonada tuzatishishi kerak.
2. Kipregel chizg‘ichining taglik yuzasi tekislik bo‘lishi kerak.
Kipregel chizg‘ichi tekis yuzaga qo‘yiladi. Agar chizg‘ichning ikki uchi
yuqoriga qiyshaygan bo‘lsa, taxtaga qo‘yilgan kiprigel turg‘un turmaydi.
Chizg‘ichni ustaxonada to‘g‘rilash kerak. Agar ikki uchi pastga qarab
qiyshaymagan bo‘lsa unga xavfli emas. Kipregel og‘irligi bilan u to‘g‘rilanishi
mumkin.
3. Qo‘shimcha chizg‘ich 3 (rasm 15.4) asosiy chizg‘ich 10 dan farqli
masofada bo‘lsa ham unga parallel ravishda siljishi kerak.
Kipregilni planshetda joyidan qimirlatmasdan qo‘shimcha chizg‘ichni
asosiy chizg‘ichdan bir necha marta qo‘yib, har qo‘yganda qalamning o‘tkir uchi
bilan chiziq chiziladi. O‘lchagich bilan chiziqlarning bir biriga nisbatan
joylashgan masofalari o‘lchab ko‘riladi. Masofalar farqi 0,2 mm. kam bo‘lsa shart
bajarilgan bo‘ladi.
4. Kipregel chizg‘ichidagi silindrik adilak o‘qi chizg‘ichning pastki
tekisligiga parallel bo‘lishi kerak.
Kipregel chizg‘ichi ikkita ko‘tarish vinti yo‘nalishi bo‘yicha menzula
taxtasining o‘rtasiga qo‘yiladi. O‘sha ko‘tarish vintlari bilan adilak pufagi o‘rtaga
keltirilib chiziq chiziladi. Keyin kipregel 180
0
aylantirishib, shu chiziqqa boshqa
tomondan qo‘yiladi. Agar adilak pufagi o‘rtada qolsa shart bajarilgan bo‘ladi.
Agar shart bajarilmasa to‘g‘rilash vintlari yordamida pufakcha nol-o‘rtaga
tomon yarmiga siljitiladi. Keyinchalik tekshirish yana qaytariladi. Agar zarur
bo‘lsa pufakcha yana yuqoridagidek to‘g‘rilanadi.
Kipregel chizig‘i ustidagi adilak pufagi har qanday holatda nol punktdan 2
bo‘lakdan ko‘pga og‘magan bo‘lsa planshet qoniqarli qilib gorizontal holatga
keltirilgan hisoblanadi.
5. Qarash trubasi vizir o‘qi truba aylanishining gorizontal o‘qiga
perpendikular bo‘lishi kerak.
Kipregel trubasi yaxshi ko‘rinadigan nishonga qaratilib, kiprigel chizg‘ichi
qirrasi bo‘ylab chiziq chiziladi va uning o‘rtasi belgilanadi. Keyin qarash trubasi
zenit bo‘yicha aylantirilib, kipregel chizg‘ichi o‘sha nuqtaga qo‘yilib, kipregel
o‘sha nishonga qaratiladi. Keyinchalik chizg‘ich qirrasi bo‘yicha yana chiziladi.
Agar chiziqlar ustma-ust tushsa, shart bajarilgan bo‘ladi. Agar ular orasida
burchak hosil bo‘lsa, unda bissektor o‘tkazilib, kiprigel chizg‘ichi unga qo‘yiladi.
Agar to‘r iplari nishondan chiqib ketsa, to‘rning yonidagi to‘g‘rilash vintlari bilan
iplar nishon bilan ustma-ust tushguncha to‘g‘rilanadi.
6. Trubaning aylanish o‘qi kipregel chizg‘ichi pastki tekisligiga parallel
bo‘lishi kerak. Asbobdan 10-20 m masofadagi bino devorining yuqoriroq joyidan
biror nuqta tanlab trubani o‘sha nuqtaga to‘g‘rilaymiz. Keyin truba gorizontal
holatgacha tushiriladi va devorda to‘r iplari proyeksiyasining o‘rni belgilanadi.
Trubani zenit orqali aylantirib yana yuqoridagi nuqtaga to‘g‘rilab, truba pastga
tushiriladi va nuqta o‘rni belgilanadi. Agar proyeksiyalar ustma-ust tushsa shart
bajarilgan bo‘ladi. Agar bajarilmasa asbob ustaxonada tuzatilishi kerak.
7. To‘rning biror ipi kipregel trubasining kallimatsion tekisligida yotishi
kerak.
Ko‘rish trubasining vertikal ipi biror nuqtaga qaratiladi. Trubani sekin
aylantirilib nuqtaning ipdan chiqib ketgan ketmaganligi kuzatiladi. Agar nuqta
ipdan chiqmagan bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |