Nazorat savollar:
1.
Menzula bilan plan olish mohiyati va afzalliklariga izoh bering.
2.
Menzula bilan plan olishda qo‘llaniladigan asboblar haqida ma’lumotlar
bering.
2.
Menzula va uni tekshirish qanday bosbichlarni o`z ichiga oladi?
3.
Kipregel va uni tekshirish .jarayonini to`liq izohlang.
4.
Menzula taxtasini (planshet) tayyorlash qanday bosqichlarni o`z ichiga oladi?.
5.
Balandlik kalkasini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonini tushuntiring.
6.
Tafsilotlarni planga tushirish qay yo`sinda olib boriladi?
11-Mavzu: Aerofototopografiya, aero va kosmik fotosyomka
Reja:
1.
Aerofotos’emkalash haqida tushuncha.
2.
Aerofotos’yomkalash yo‘llari.
3.
Aerofotos’emkalarni deshifrirovka qilish.
Yer yuzasini samolyotdan turib suratga olishga aerofotos’yomka deyiladi.
Aerofotos’yomka natijasida yer yuzasining suratlari olinib, bu suratlar yer
yuzasini haqiqiy tasviri hisoblanadi.
Aerofotos’yomka xalq xo‘jaligimizni ko‘pchilik tarmoqlarida, ayniqsa
mudoofaa ishlarida ko‘p foydalaniladi. Aerofotos’yomka yer yuzasini topografik
planini tuzishda eng asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Topografik kartalarni aerofotos’yomka asosida tuzish metodiga
aerofototopografik plan olish deyiladi. Bu metod yordamida respublikamizning
ko‘pchilik xududlarini topografik plani olingan.
Aerofotos’yomka yordamida geologik qidiruv ishlari, gidrogoik loyixalash
ishlari, meliorativ ishlar olib boriladi. Aerofotosuratlar ayniqsa ilmiy tekshirish
ishlarida ko‘p qo‘llaniladi. Masalan, hududimizning ko‘p qismini cho‘l va tog‘lar
ishg`ol qilgan bo‘lib, aerosuratlar yordamida ularni o‘rganishda yordam beradi.
Ayniqsa cho‘l zonalarini rel’yefni o‘rganishda, geobotanik kartalar tuzishda
katta yordam beradi. Hattoki, aerosuratlar yordamida dengiz, ko‘l va suv
omborlarini suv osti rel’efi o‘rganiladi. Qishloq xo‘jaligida, yer fondimizni to‘liq
hisoblab beradi.
Joyni samolyotdan turib suraga olish maxsus samolyotlar yordamida (IL-
12, LI-2, AN-2, AN-80 va vertolyotlar (MI-8) yordamida bajariladi. Bu
samolyotlar maxsus avtomatik surat oladigan aerofotoapparatlar (AFA)
o‘rnatiladi. Aeroplyonkalarning uzunligi 30 m dan 60 m gacha bo‘lib formatlari
18x18 sm dan 30x30 gacha bo‘lib, 150-300 ta kadrga mo‘ljallangan.
Samolyotdan plan olinayotganda fotoapparatlarning optik o‘qi tabiiy yuzaga
nisbatan tik bo‘lishi kerak yoki qiyalik 3
0
dan oshmasligi kerak, bunga planli
fotos’yomka deyiladi, agar 3
0
dan oshiq bo‘lsa perspektiv aerofotos’yomka
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |