Xaritani mavzui va tipi
. Xaritani mavzui va tipi xaritada qaysi elementlarni
ancha mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada umumlashtirib tasvirlash
kerakligini belgilaydi. Shunday, geologik yoki tuproq xaritasida gidrografik to`rni
aniq tasvirlash muhim, lekin yo`llarni va aholi punktlarini, kuchli generalizatsiya
qilish mumkin, ma'muriy chegaralarni esa butunlay tushirib qoldirish mumkin.
Lekin, iqtisodiy mavzudagi xaritada buni teskarisi aholi punktlarini, aloqa
yo`llarini va ma'muriy bo`linishni mufassal ko`rsatish zarur. Xuddi o`sha paytda
kema qatnovi uchun muhim bo`lgan daryolarni saqlab qolib qolgan gidrografik
to`rni esa generalizatsiya qilib ko`rsatsa bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |