Xaritalarni maqsadi.
Xaritalarda faqat ularni maqsadiga mos keladigan
ob'ektlargina ko`rsatiladi. Xaritani maqsadiga javob bermaydigan boshqa
ob'ektlarni tasvirlash xaritani idrok qilishga xalaqit qiladi, u bilan ishlashni
qiyinlashtiradi. Masalan, o`quv ma'muriy xarita auditoriyada (xonada) namoyish
etish uchun ishlatiladigan bo`lsa, u holda unda faqat mazmunni eng muhim
elementlari saqlab qolinadi. qaysiki ularni ortiqcha detallashtirib yubormasdan,
ancha yirik umumlashtirish bilan, yiriklashtirilgan ko`rinishda tasvirlanadi. Agar
ma'muriy xarita zarur ma'lumotnoma maqsadida tuzilgan va stol ustida
foydalaniladigan bo`lsa, u holda ma'muriy bo`linish, aholi punktlari, aloqa
yo`llari haqida mazkur masshtab uchun maksimum mumkin bo`lgan hajmdagi
informatsiyaga ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |