partenogenez, ginogenez va androgenez.
Partenogenezda yangi avlod urug’lanmagan tuxum hujayrasidan rivojlanadi. Ma’lumki, partenogenez tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. O’z navbatida tabiiy partenogenezning muqarrar (obligat), fakultativ va siklik xillari tafovut qilinadi.
Muqarrar partenogenezda hayvonlar (o’simlik biti, sodda qisqichbaqasimonlar, ayrim baliq va sudralib yuruvcxilar) qo’ygan tuxumi urug’ianmasdan turib yangi organizm hosii bo’ladi. Bu hosil bo’lgan organizrnlarning barchasi urg’ochi bo’ladi. Bunday ko’payish bir-biri bilan uchrashishi qiyin bo’igan (masalan, kavkazning qoya kaltakesakiari) mavjudotlarda namoyon bo’ladi. Bu turda ro’y beradigan ushbu obligat partenogenez tur ravnaqi uchun maqsadga muvofiq ko’payish usuiidir.
Fakultativ partenogenez ayrim hasharotlar (an, chumoiilar)da namoyon ho ‘ladi.
Ulaming urug ‘lanmagan tuxumidan erkak organizmiar, urug’langan tuxumlaridan urg’ochi organizmlar rivojianadi.
Siklik partenogenezda muqarrar partenogenez ko’payish bilan birqatorda, populatsiyadagi erkak va urg’ochi organizmiardan jinsiy ko’payish ham sodir bo’ladi. Masaian, ayrim sodda qisqichbaqasimonlar (dafniyalar) asosan, partenogenez bilan ko’payadi. Kuz faslida erkakiari paydo bo’lib jinsiy ko’payish ham ro’y beradi.
Sun’iy partenogenezda tuxum hujayrasini turli ta’siriar (kislota, kuchsiz elektr told va b.) bilan qitiqlash natijasida shu gametadan yetuk organizm hosil qiiishga enisxiladi. Ushbu usul bilan ninateriliiarda, chuvaichang, sxiliqqurt, hasharot va hatto sut emizuvcxilarda sun’iy partenogenezga erisxilgan. Sun’iy partenogenez dastavvai A.D.Tixomirov (1885- yilda) tomonidan ipak qurtining kapalaklarini yetishtirishda qo’llanilgan.
Ginogenez partenogenezga yaqin bo’lgan ko’payish usulidir. Bu jinsiy ko’payishda spermatozoid tuxum hujayrasiga kiradi, ammo spermatozoid va tuxum hujayra yadrolami o’zaro qo’sxilmaydi. Spermatozoid tuxum hujayrasiga kirib unga ta’sir etadi, o’zi keyingi jarayonlarda ishtirok etmaydi — yo’q bo’lib ketadi. Tuxum hujayralar dan yangi organizm hosil bo’ladi. Ginogenez ayrim baliqlardä uchraydi. Spermatozoid va tuxum yadrosi bilan qo’sxila olmaydigan darajada birorta ta’sir o’tkazib, so’ng tuxum hujayrasini urug’lantirish bilan sun’iy usulda ginogenez paydo qilish ham mumkin.
Androgenez usulida ko’payish ginogenezga o’xshasa-da, ammo tuxum hujayrasiga kirgan spermatozoid yadrosi tuxum hujayra yadrosi bilan qo’sxilmaydi, tuxum hujayraning yadrosi yo’qolib, spermatozoid yadrosi saqlanib qoladi. Ko’payishning androgenez usuli A.Astaurov (1937- yilda) tomonidan kashf etilgan. U ipak qurti tuxum hujayrasining yadrosini harorat ta’sirida nobud qilib, uni sun’iy urug’lantirgan. Natijada hujayraning sitoplazmasi ona hujayraniki, yadrosi esa ota hujayraniki bo’lib qolgan. Shu zigotadan erkak organizm rivojiangan. Androgenez genetikada belgilarning ota yoki onaga bog’liqligini hamda sitoplazmaning belgilari yuzaga chiqishidagi rolini aniqlashda muhim usul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |