Pоlyarizаtsiоn mikroskopiya. Hujayra va to`qimalarning anizotrop yoki ikki xil nur sindiruvchi tuzilmalarini o`rganish uchun ishlatiladi. Bu mikroskop bilan o`rganilayotgan anizotrop tuzilmalardagi molekulalarning joylashishini o`rganish mumkin. Bu mikroskop hujayra bo`linishi, xromosomalar va organellalar tuzilishini o`rganishda qo`l keladi.
Lyuminеssеnt yoki flyuoressent mikrоskоpiya. Ob`ektning nurlanishiga lyuminessensiya deyiladi, yorug`lik manbai bo`lib, ul`trabinafsha nurlar yoki to`lqin uzunligi 0.27 – 0.4 mkm bo`lgan spektrning ko`k qismi hisoblanadi. Bu nurlarning ta`siri vaqtida nurlar energiyasi hisobiga preparat nurlanadi – flyuoressensiya qiladi. Birlamchi va ikkilamchi flyuoressensiya farq qilinadi. Birlamchi flyuoressensiya deb, ba`zi bir moddalarning nur ta`sirida nurlanishiga aytiladi. Bu moddalarga vitamin A va B2 , pigmentlar, lipoidlar va boshqalar kiradi. Ikkilamchi flyuoressensiya preparatlarni maxsus nurlanuvchi moddalar (flyuoroxrom) bilan ishlanganda hosil bo`ladi. Bu moddalarga to`q sariq akridin, flyuoressin, rodamin va boshqalar kiradi. Preparatlarni to`q sariq akridin bilan ishlanganda hujayradagi DNK yasxil rangha, RNK esa qizil rangda nurlanadi. Shunday qilib, turli turdagi nurlanishlarni o`rganish tuzilmalarning kimyoviy tarkibini bilishimizga yordam beradi.
Elektron mikroskop - 1933 yili kashf qilingan. Elektron mikroskopda yorug`lik nuri o`rniga electron nurlar, linzalar o`rniga elektromagnit maydonidan foydalaniladi. Elektr manba sifatida katod xizmat qiladi, u volfram tolalaridan tuzilgan bo`lib, elektr yordamida qiziydi. Volfram tolalaridan chiqayotgan elektron to`plamlari anodga qarab harakat qiladi. Elektronlar anod markazidagi teshikchadan magnit g`altagiga tomon yo`naladi, g`altakda kondensor linza vazifasini bajaradi, shuning uchun electron ob’ekt tomonga o’tadi. Ob’ekt orqali o`tayotgan electron to`plamlarining to`lqin uzunligi bir xil bo`lib, ob`ektiv linzasi vazifasini bajaradi, kattalashgan holdagi tasvir ikinchi magnit g`altagi orqali uchinchi magnit g`altagiga o`tadi. Bunda okulyar proyeksion linza vazifasini bajaradi va ob`ekt kattalashgan holda ekranda ko`rinadi, uni o`rganish uchun surati olinadi. Bu mikroskoplarda ko`rish uchun qalinligi 20-40 nm bo`lgan o`ltrayupqa kesmalar ishlatiladi. Kesmalar maxsus ultramikrotomlarda tayyorlanadi. Tirik hujayralarni electron mikroskopda o`rganish mumkin emas, chunki elektronlarning yuqori vakuumdagi erkin harakati tirik hujayra strukturasini o`rganishga imkon bermaydi va hujayrani nurlantirib qo`yadi. Electron mikroskopning sindirish kuchi optic mikroskopnikiga nisbatan 100 marta katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |