Kerakli jihozlar: SEMENAR ishlanmasi, jadvali, slaydlar, plakatlar.
Asosiy ma’lumotlar:
Organizmlar tuzilishi, taraqqiyoti va hayot faoliyatining asosi hisoblangan tuzilmani ifodalovchi “hujayra” so`zi bilan yonma-yon “tirik” so`zining ishlatilishi tamomila o`rinlidir. Hujayraning tirikligi (hayot faoliyati) biz yuqorida qarab chiqqan mitoz va amitoz bo’linish va ko’payishdan tashqari oziqlanish, ta`sirlanish, harakatlanish, tabaqalanish, sekretsiya hamda qarish va nobud bo`lish orqali namoyon bo`ladi. Hayotiy jarayonlar doimo harakatda, ya`ni rivojlanishda bo`lib, rivojlanishni shu sistemaga xos ichki ziddiyatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Ana shunday ichki ziddiyat hamma biologik sistemalar uchun moddalar almashinuvidir.
Hujayralarning hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar: kislorod, oziq moddalar, suv va harorat zarur. Kislorod hujayradagi oksidlanish jarayonlarida ishtirok qiladi. Natijada organik moddalarning kimyoviy energiyasi hujayralar ishlata oladigan energiya - ATF energiyasiga aylanadi. Kislorodni qanday manba`lardan olishiga ko`ra aerob va anaerob hujayralar farq qilinadi. Aerob hujayralar uchun atmosfera kislorodi mutlaqo zarur. Hayvon organizmi hujayralari oqsillar, yog`lar va carbonsuvlarni anorganik moddalardan sintez qila olmaydi. Shuning uchun ular o`simliklar yoki boshqa hayvon organik moddalarini oziq modda sifatida ishlatiladi. Hayotiy jarayonlar uchun zarur bo`lgan haroratning ma`lum daraja atrofida cheklanganligi oqsillarning yuqori haroratga chidamasligi bilan bog`liq. Harorat 43-45o bo`lganda oqsillar denaturatsiyaga uchraydi. Tirik hujayralar past haroratlarga nisbatan chidamli bo`ladi. Lekin shuning bilan birga issiq (termal) suvlarda, 80-85o haroratlarda, yashovchi tuban (bir hujayrali) organimzlarni uchratish mumkin. Suv kolloid eritma (protoplazma) uchun erituvchi bo`lib, hayotiy jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Barcha boikimyoviy jarayonlar suvli muhitda yuz beradi. Yuqorida sanab chiqilgan barcha sharoitlar kompleksi mavjud bo`lganda hujayralarning fiziologik xossalari namoyon bo`ladi.
Hujayraning o’sishi va rivojlanishi
O'sish deganda hujayradagi butun kimyoviy moddalarning ( oqsil, RNK, DNK va boshqalar ) bir-biriga mutanosib tarzda ko'payishi tushiniladi. O'sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi oshadi. Hujayraning kattaligi ma'lum darajaga yetkandan so'ng, u ko'paya boshlaydi. Agar hujayra ikki bir xil bo'laklarga bo'linsa, bunga izomorf bo'linish (izo-teng) deyiladi. Ko'pincha geteromorf bo'linish kuzatiladi. Ko'payish deb hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko'payish ko'ndalangiga bo'linish yo'li bilan, ba'zan esa kurtaklanib yoki spora hosil qilib amalga oshadi. Ko'payish jarayoni hujayraning uzayishidan, nukleoidning ikkiga bo'linishidan boshlanadi. Nukleoid - superspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). Mikroorganizmlarda ham DNKning replikasiyasi, DNK-polimeraza fermenti orqali amalga oshadi. DNK ning replikasiyasi, bir vaqtning o'zida, qarama-qarshi yunalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga o'tadi. qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek bo'ladi. Qo'shimcha moddalar (kiritmalar). Hujayralarning o'sishi uchun o'sish moddalari ham zarur. Bunday o'sish faktorlari 3 guruh birikmalar - aminokislotalar, purinlar, pirimidinlar va vitaminlardir. O'sish faktorlariga muhtoj organizmlarni auksotrof organizmlar deyiladi. O'sish faktorlariga muhtoj bo'lmaganlari esa prototrof organizmlar deyiladi.Uglerod manbaiga qarab ( kontrastruktiv metabolizm uchun) tirik organizmlar ikki guruhga bo'linadi: avtotroflar hujayraning barcha komponentlarini karbonat angidriddan sintez qiluvcxilar va geterotroflar - konstruktiv metabolizm uchun uglerod manbai sifatida organik birikmalarni ishlatuvcxilar. "Avtotrofiya" grekcha autos o'zim, tropos - ovqat degan ma'noni anglatib, mustaqil ovqatlanish degan ma'noni bildiradi, "geterotrofiya" so'zi grekcha xeteros - boshqa va tropos - ovqat, ovqatlanish degan ma'noni anglatadi. Kimyoviy elementlarga bo'lgan extiyoj. Hujayrani qurish uchun zarur elementlar makro- va mikroelementlarga bo'linadi. Makroelementlarga hamma organizmlarda uchraydigan 10 ta element- uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kiradi. Mikroelementlarga: marganes, sink, molibden, mis, kobalt, nikel, vannadiy, bor, xlor, natriy, selen, kremniy, volfram va boshqa elementlar kirib, qaysiki ularga hamma organizmlar muhtoj.
Do'stlaringiz bilan baham: |