Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiyaning kontseptual asoslari



Download 5,47 Mb.
bet57/101
Sana07.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#535429
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
Bog'liq
malikova fani

Mikroxirurgiya usuli – bu tirik hujayrada maxsus asbob– mikromanipulyator yordamida nozik operatsiyalar o‘tkazish usulidir. Mikroxirurgiya yo‘li bilan hujayralardan yadroni ajratish, yadro qobig‘ini yirtish yoki bo‘linayotgan hujayra xromosomalarini ajratish mumkin. Bu usul yordamida hujayra tuzilmalarining fizik xususiyatlarini, hujayra yadrosi va organoidlarining funksional holatlarini o‘rganish mumkin. Ko‘pgina olimlar bu usul yordamida hujayra yadrosini bir hujayradan ikkinchisiga o‘tkazib yadroning irsiy belgilarini avloddan-avlodga o‘tkazishdagi rolini ochib berdilar.
SEMENAR 6.
Mavzu: Prokariot va eukariot hujayralarning konstseptual asoslari.
Darsning maqsadi: Prokariot va eukariot hujayralarning konstseptual asoslari.
Kerakli jihozlar: SEMENAR ishlanmasi, jadvali, slaydlar, plakatlar.
Asosiy ma’lumotlar:
Hozirgi zamon fundamental va nazariy biologiyaning yutuqlari misli ko‘rinmagan darajada oldinga qarab ketdi. Ayniqsa klonlar hosil qilish, transplantatsiya bilan organlarni ko‘chirib o‘tkazish, bosh o‘zak hujayralardan foydalanib organizmlarni yoshartirish ba’zi shikastlangan to‘qima va hujayralarni tiklash, DNK asosida qon qarindoshlikni aniqlash kabi zamonaviy biologiya yutuqlari insoniyat jamiyatiga xizmat qilmoqda.
Prokariotlar yer yuzidagi dastlabki paydo bo‘lgan hujayra shaklidagi yadro shakliga shakllanmagan hujayralar ya’ni yadro membranasiga ega bo‘lmagan organizmlar bo‘lib hisoblanadi. Irsiy omili DNK molekulasini xalqasimon tuzilma – genoform deb nomlanadigan irsiy omilga ega. Uning irsiy omili murakkab xromasoma shakliga va tarkibiga ega bo‘lmagan Giston oqsillariga ega emas.
Bo‘linib ko‘payishi amitoz yo‘li bilan boradi. Prokariotlar hujayrasining sitoplazmasida mitoxondriya, sentrosoma, plastidalar va yaxshi shakllanmagan sitoplazmatik membranalar bo‘lmaydi. Ularning eng asosiy vakillariga mikoplazmalar kiradi.
Eukariotlar tanasida yaxshi shakllangan yadrosi bo‘lib yadroning tashqi membranasi 2 qavatli murakkab tuzilgan. Irsiy omil DNK murakkab giston oqsillari bilan ta’minlangan va xromasoma shakliga ega. Bo‘linish usuli mitoz bo‘lib hisoblanadi. Barcha umumiy va xususiy organoidlarga ega. Eukariotlar bir hujayralidan tortib ko‘p hujayrali organizmlarni tashkil qiladi.
Hujayralarning shakli va kattaligi turlicha bo‘lib 10 mkm dan 100 mkm o‘rtacha kattalikga ega.Eng kichiklari 4 mkm atrofida. Odamlarning asosiy hujayralarining xajmi 200 mkm dan 15000 mkm kubni tashkil qiladi. Hujayralarning shakli xilma xil bo‘lib kubsimon, ipsimon, ko‘p qirrali, silindrsimon, bakalsimon, avalsimon, disksimon, shakli o‘zgaruvchan va boshqalar. Hayvon va o‘simlik hujayralari umuman bir xil planda tuzilgan lekin tarkibiy jihatdan tubdan farq qiladi. Eukariot hujayralarning tanasi protoplazma deb nomlanib u o‘z navbatida sitoplazma va karioplazmadan tashkil topadi. Eukariot hujayra tanasi asosan 3 qismdan tashkil topgan:
1. Hujayraning tashqi qobig‘i.
2. Sitoplazma.
3. Yadro.




Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish