Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiyaning kontseptual asoslari



Download 5,47 Mb.
bet54/101
Sana07.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#535429
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
malikova fani

Oqsillar almashinuvi. Oqsillar turli aminokislotalardan tashkil topgan murakkab moddadir. Odatda oqsillar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiyoqsillarfaqataminokislotalardantuzilganbo‘lsa, murakkab oqsillar tarkibida aminokislotalardan boshqa yog‘lar, uglevodlar va nukleinlar bo‘ladi. Aminokislotalar almashtirib bo‘lmaydigan va almashtirsa bo‘ladigan guruhlardan iborat. Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar (arginin, leytsin, lizin, treonin, valin, triptofan va boshqalar) organizmda sintezlanmaydi. Shuning uchun bunday aminokislotalar ovqat tarkibida bo‘lishi shart. Almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalar (glitsin, alanin, sistein, prolin, tirozin va boshqalar) esa organizmda sintezlanishi mumkin.
Organizmda oqsillar, asosan, yangi hujayra va to‘qimalar hosil bo‘lishida plastic material sifatida ishtirok etadi. Oqsillar organizmdagi tirik moddalarning asosiy qismi bo‘lib, boshqa organic moddalar oqsil o‘rnini bosaolmaydi. Shu sababli oqsillar organizmga to‘xtovsiz kirib turishi va iste’mol qilingan oqsil miqdori organizmning hamma ehtiyojlarini qondiradigan miqdorda bo‘lishi kerak. Oqsillarmiqdorikishiningkasbiga, yoshigavajinsigaqarabharxilbo‘ladi. Bir kunda organizmga o‘rta hisobda 100-125 g oqsil kirishi kerak. Og‘ir jismoniy ish bilan shug‘ullanadigan kisxilarga 165 g, juda og‘ir ish qiladigan odamlarga 200-230 g oqsil talab qilinadi.
Ovqat tarkibidagi oqsillar murakkab oqsillar bo‘lib, ular ovqat hazm qilish kanalida aminokislotalarga parchalanadi va qonga so‘riladi. Aminokislotalar qon bilan hujayra va to‘qimalarga borib, u yerda ulardan odam organizmiga xos oqsil sintezlanadi. Hujayra va to‘qimalar tarkibiga kirmagan ortiqcha oqsil va aminokislotalar oksidlanib parchalanadi. Bunda ammiak (NH3), karbonat angidrid va suv hosil bo‘ladi. Ammiak zaharli modda bo‘lib, organizmni zaharlashi mumkin. Ammo u qon bilan jigarga kelib, unda zaharsiz modda – mochevinaga aylanadi va siydik, ter tarkibida organizmdan chiqib ketadi. Oqsillar parchalanganda organizm uchun kerakli energiya ajraladi.
Ovqat bilan organizmga kiradigan oqsillar to‘la qimmatli va kam qimmatli oqsillarga bo‘linadi. Tarkibida organizm uchun zarur aminokislotalar bo‘lgan oqsil to‘la qimmatli oqsil deyiladi. Oqsil tarkibida organizm uchun kerakli aminokislotalardan birortasi bo‘lmasa, kam qimmatli oqsil deb ataladi. To‘la qimmatli oqsillarga, asosan, hayvon oqsillari (go‘sht, tuxum, sut va boshqalar), kam qimmatli oqsillarga o‘simlik oqsillari kiradi. Lekin mosh, loviya va boshqa dukkakli o‘simliklardagi oqsillar to‘la qimmatli oqsillardir.
Uglevodlar almashinuvi.
Uglevodlar organizm hayotida jiddiy ahamiyat kasb etadi. Ular asosiy energiya manbai, yangi hujayra va to‘qimalar hosil bo‘lishi uchun plastik material hisoblanadi. Uglevodlar organizmga non, sabzavot va mevalar bilan kiradi.
Murakkab uglevodlar – polisaxaridlar (kraxmal) holida singadi. Ovqat hazm qilish yo‘lida polisaxaridlar disaxaridlarga, disaxaridlar esa monosaxaridlarga (glyukozaga) parchalanadi. Glyukoza qonga so‘rilib, jigar va mushaklarda undan hayvon kraxmali – glikogen hosil bo‘ladi. Qondagi glyukoza miqdori muayyan darajadadir (o‘rta hisobda 0,1%). Bunday holat organizmda muhim rol o‘ynaydi. Qonda qand miqdori ortib (giperglikemiya) yoki kamayib (gipoglikemiya) ketganda organizmning faoliyati buziladi. Ayniqsa, markaziy nerv tizimi faoliyatida glyukozaning o‘rni beqiyos. Shu bois qonda qand ko‘payganda (0,15-0,18%) u siydik bilan chiqa boshlaydi. Bunday holat glyukozuriya deb ataladi. Jigardagi glikogen, asosan, zaxira uglevod bo‘lib, qonda qand miqdori kamayganda glyukozaga parchalanadi va glyukoza qonga o‘tadi. Organizmga qand ko‘p kirganda ortiqcha qand jigarda to‘planadi. Mushaklardagi glikogen organizm uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi, u uzluksiz parchalanib turadi. Bunda organizm uchun kerakli energiya ajraladi. Glikogen parchalanishi natijasida karbonat angidrid va suv paydo bo‘ladi. Katta yoshli kisxilar bir kunda 500 g uglevod iste’mol qilishi kerak. Jismoniy ish vaqtida ko‘proq uglevod talab qilinadi (700-1000 e) . Ovqat bilan uglevodlar oz kirsa, organizmdagi oqsil va yog‘lardan uglevodlar hosil bo‘ladi. Shu bois organizm ulardan mahrum bo‘lmaydi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish