Otalanish onalik va otalik jinsiy hujayralari (gametalar)ning qo`sxili-shidir. Natijada zigota (yunon. zeuqnynai-birik-moq) hosil bo`ladi va undan yangi organizm taraqqiy qiladi. Urug` suyuqligi urg`ochi hayvon jinsiy yo`llarga kiritilgan (urug`lanish)dan so`ng spermiylar tuxum hujay-rasiga yaqinlashadi va maxsus fermentlar yorda-mida follikulyar hujayra-larni birlashtirib turuvchi mukopolisa-xaridlarni parchalab nurli toj deyiluvchi ikkilamchi pardani yemira bosh-laydi. Buning uchun ma`lum miqdordagi urug` hujayralari talab qilinadi va sun`iy urug`lantirishda spermani haddan tashqari suyultirib yuborish yaramaydi. Keyin spermiylar tuxum hujayraning yaltiroq pardasi ichiga kiradi va nihoyat boshchasi bilan sariq (vitellin) pardaga tegib, uning dumchasi harakatdan to`xtaydi. Tuxum hujayra va spermiy o`zaro murakkab ta`sir ko`rsatib, spermiy tuxum hujayra ichiga kiritiladi (17-rasm). Vitellin parda qalinlashib, otalanish pardasiga aylanadi va tuxumga boshqa seprmiylarning kirishiga to`sqinlik qiladi. Sariq moddasi kam tuxum hujayralar otalanganda tuxum ichiga bir spermiy kiritiladi va bunday otalanish monospermiya deyiladi. Sariq moddaga boy tuxumlar otalanganda tuxum hujayra ichiga bir necha spermiy kirishi (polispermiya) kuzatiladi. Polispermiyada ham zigota o`zagining shakllanishida faqat bir spermiy ishtirok qiladi, qolganlari esa yordamchi ahamiyatga ega. Otalanish yuz berganda spermiyning boshcha va bo`yinchasi tuxum hujayra ichiga kiritilib, qolgan qismlari tashqarida qoladi va ahamiyati yo`q. Spermiy tuxum hujayra ichiga kiritilishi bilan tuxumning yetilishi tugallanadi. Spermiyning ichkariga kiritilgan boshchasi shishib otalik pronukleusiga aylanadi. Yetilgan tuxum hujayraning o`zagi esa onalik pronukleusini hosil qiladi, Ikkala pronukleus ham zigotaning markaziga qarab siljiydi. (18-rasm).
Spermiy tomonidan kiritilgan sentrosoma ishtirokida mitoz duki hosil bo`ladi. Ikki pronukleusning umumlashib, sinkarion hosil qilishi organizmlarga xos diploid to`plamga ega o`zakning tiklanishiga olib keladi. Pronukleuslarning qobig`i erib ketadi, tuxum hujayra va spermiy xromosomalari ekvatorial plastinka shaklida joylashib, embrional taraqqiyotning navbatdagi bosqichi - maydalanish boshlanadi.
Bir turdagi organizm tuxum hujayrasi faqat shu turdagi organizm urug` hujayrasi bilan otalanadi - ya`ni otalanish qat`iy tanlanish asosida boradi. Otalanish natijasida xromosomalar to`plamida jinsiy xromosomalar kombinatsiyasiga qarab, organizmning jinsi belgilanadi. Tuxum hujayrasi X xromosomaga ega spermiy bilan otalansa urg`ochi jins rivojlanib, Y xromosomaga ega spermiy bilan otalanganda erkak jins rivojlanadi.
Turli zoologik guruhlarga kiruvchi organizmlarda tuxum hujayraning otalanmasdan taraqqiy qilishi ham kuzatiladi. Bu hodisa partenogenez deyilib, hasharotlar, tuban qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, baliqlarda kuzatilgan. Sun`iy partenogenez tuxum hujayrasiga turli fiziko-kimyoviy omillar ta`sir qildirib amalga oshiriladi. Ipak qurtida bu hodisani zoolog A.A.Tixomirov (1886) o`rgangan. Akademik B.L.Astaurov va uning SEMENARsi xodimlari bu hodisani chuqur o`rganib va nozik tajribalar o`tkazib, partenogenez yordamida ipak qurtida jinsni boshqarish (regulyatsiya qilish)ga muvaffaq bo`ldi.