Duragaylash metodi orqali ayrim belgi-xossali ota-ona organizmlarni chatishtirish natijasida olingan duragaylarning bir qancha avlodlarida rivojlanishi o’rganiladi. Olingan natijalarning haqqoniyligi matematik statistika metodi orqali aniqlanadi.
Sitogenetik metod yordamida xromosomalar o’zgarishi bilan aloqador bo’lgan organizmning irsiyati va o’zgaruvchanligi o’rganiladi. Binobarin sitogenetika irsiyat va o’zgaruvchanlikning sitologik asoslarini tadqiq etadi.
Egizaklar metodi bilan organizmdagi belgi xossalarning rivojlanishida genlar va tashqi muhit omillarining qay darajada ko’rsatgan ta’siri o’rganiladi.
Molekulyar genetik metod bilan irsiyat va o’zgaruvchanlikning moddiy asoslari bo’lgan nuklein kislotalarning, xususan, dezoksiribonuklein – DNK va ribonuklein kislota – RNK ning tuzilishi va funksiyasi aniqlanadi.
Populyatsion statistik metod populyatsiyalardagi irsiyatni o’rganishda qo’llaniladi. U populyatsiyalardagi dominant va retsessiv allellarni takrorlanish darajasini gomozigota va geterozigota organizmlarda aniqlash bilan shug`ullanadi.
Mоddаlаr аlmаshinuvi - tiriklik uchun zаrur bo’lgan оziq mоddаlаrning оrgаnizmgа kirishi vа ulаr sаrflаngаndаn kеyin hоsil bo’lgan mаhsulоtlаrning yanа tаshqi muhitgа chiqаrilishidаn ibоrаt.Mоddаlаr аlmаshinuvining оrgаnizm hаyotidаgi rоlini dаslаb I.M. Sеchеnоv оrgаnizmdаgi bаrchа tiriklik prоsеslаrni bоg’lаb turаdigаn elеmеntlаr-оvqаt, suv vаhаvоdаgi kislоrоddаn ibоrаt ekаnligini ko’rsаtgаn.Оvqаt tаrkibidаgi kimyoviy, mехаnik tеrmik o’zgаrishi nаtijаsidа ulаrdаgi pоtеnsiаl enеrgiya issiqliq mехаnik vа elеktr enеrgiyasigааylаnаdi. Hоsil bo’lgan enеrgiya hisоbigа to’qimalаr vаоrgаnlаr ish bаjаrаdi, hujаyrаlаr ko’pаyadi ulаrning eskirgаn tаrkibiy qismlаri yangilаndi, yosh оrgаpizmlаr o’sаdi vа rivоjlаnаdi.Аnа shu enеrgiya hisоbigaоdаm-tаnа hаrоrаtining dоimiyligi tа’minlаnаdi. Dеmаk mоddаlаr vа enеrgiya аlmаshinuvi bir-birigа chаmbаrchаs bоgliq.
Moddalar almashinuvi tirik organizmning zarur va muhim xossasidir; moddalaralm ashinuvi bo‘lmasa, hayot ham bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yagona ikki jarayondan: assimilyatsiya va dissimilyatsiyadan iborat. Tashqi muhitdan organizmga uzluksiz oziq moddalar va kislorod kiribturadi. Ovqat hazm qilish kanalida bu moddalar oddiy oziq moddalarga parchalanib qongas o‘riladi va qon bilan birga organizmga tarqaladi. Hujayra va to‘qimalarda bu moddalardan organizmga xos murakkab moddalar hosil bo‘ladi. Ular organizmda yangi hujayra va to‘qimalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi va energiya manbai hisoblanadi. Bu jarayon assimilyatsiya deb ataladi.Hujayra va to‘qimalardagi murakkab organic moddalar doim parchalanib turadi. Bunda odamning yashashi, harakat qilishi, jismoniy va aqliy mehnat bilan shug‘ullanishi uchun zarur energiya ajraladi. Bu jarayon dissimilyatsiya deyiladi.Dissimilyatsiya jarayonida1 g yog‘dan 9,3 kkal, 1 g oqsildan 4,1 kkal va1 g uglevoddan 4,1 kkal issiqlik ajraladi. Bu, yonish issiqligi deb ataladi.
Parchalanish mahsulotlari chiqaruv organlari orqali organizmdan chiqarib turiladi. Organizmda energiya hosil bo‘lishi oksidlanish va adenozintrifosfat (ATF) sintezi kabi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan ikki jarayondan iborat. ATF organism uchun kerakli energiyani yetkazib beradi. Moddalar almashinuvi organizmga uzluksiz, muayyan miqdorda oziq moddalar kirib turishiga bog‘liq. Moddalar almashinuvi tashqi muhit bilan organism o‘rtasidagi birlikni vujudga keltirib turadi.
Moddalar almashinuvida oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, suv va mineral tuzlari shtirok etadi. Bundan tashqari, organism normal rivojlanishi uchun vitaminlar ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |