ANTARKTIDA MATERIGINING TEKSHIRILISH TARIXI
Tadqiq qilinish tariхi. 1820 yilda ANTARKTIDA qirg’оg’iga F. F.
Bеllinsgauzеn — M. P. Lazarеv bоshchiligidagi rus ekspеdisiyasi kеmalari
yaqinlashib bоrgan. Matеrikning umumiy qiyofasi 19-Antarktidada хaritaga
tushirilgan. ANTARKTIDAda 1898 — 1900 yillarda nоrvеg tadqiqоtchisi K.
Bоrхgrеvink birinchi marta (Viktоriya Еrida) qishlagan. 20-Antarktida
bоshlarida qutb tadqiqоtchilari R. Skоtt (1901 — 04, 1910 - 12), E. SHеkltоn
(1907 -09), R. Amundsеn (1910 - 12), D. Mоu-sоn (1911 — 13) va
boshqamatеrikning ichki r-nlarigacha bоrdilar. 1909 yil 16 yanvarda SHеkltоn
ekspеdisiyasi katnashchilari Janubiy magnit qugbiga, 1911 yil 11 dekabrda R.
Amundsеn, 1912 yil 18 yanvarda esa R. Skоtt Janubiy gеоgrafik qutbga еtib
bоrdilar. 1928 yildan ANTARKTIDA samоlyotlar yordamida o’rganila
bоshladi. Ani o’rganish sоhasida amеrikalik J G. Uilkins (1928 — 30), ingliz L.
Elsuоrt (1935 -36, 1938 - 39), amеrikalik R. E. Berd (1928 — 30; 1933 — 35;
1939 — 41; 1946 — 47) va Finn Rоnnе (1946 — 48) anchagina ish qildilar.
Хalqarо gеоfizika yili (1957 — 58) munоsabati bilanva so’nggi davrlarda turli
mamlakatlarning ilmiy qutbiy stansiyalari qurilgan, 1991 yilga kеlib 48 ta ilmiy
stansiya ishlab turdi.
Antarktidaning mavjudligi haqida geograf va dengizchilar o’rta
asrlardayoq taxmin qilgan bo’lsalar ham, lekin u insoniyatga boshqa
materiklardan keyin ma’lum bo’ldi. Antarktida qirg’oqlarini va Antarktikaga
tegishli orollarni rus denggizchilari F.Ch. bellinsgauzen va M.P. lazarev
boshchiligida 1819-1821 yillarda maxsus tashkil etilgan ekspeditsiya vaqtida
birinchi bo’lib ko’rganlar.
Keying o’n yilliklarda Antarktika o’zining hal etilmagan ilmiy masalalari bilan
ham suv havzalarining juda katta boyliklari bilan ham turli mamlakatlar
tadqiqotchi hamda dengizchilarining diqqatini o’zigfa tortdi.
1911-1912 yilllarda norvegiyalik qutb tadqiqotchisi Rual Amundsen va ingliz
olimi Robert Skott deyarli bir vaqtda janubiy qutbga yetib borishdi.
Harbiy dengizchi Faddey Faddeyevich Bellinsgauzen 1803-1806
yillarda Kruzenshtern rahbarligida “Nadejda” kemasida suzgan edi. 1819 yilda
u Antarktika ekspeditsiyasiga rahbar etib tayinlanib, “Vostok” kemasiga uning
o’zi, “Mirniy” kemalari Kronshtadtdan chiqadi va dekabrda Janubiy Georgiyaga
yetib keladi. Bu yerda kemalarning harbiylari nomiga qo’yilgan bir qancha
orollarni: Annenkov, Leskov, Torson, Zavadovskiylarni kashf etishadi.
Janubi-sharqqa suzib, kemalar Kuk tomonidan ochilgan “Sandvich yerlariga”
yetib kelishadi. Ruslar birinchi bo’lib, bu orollarning boshqa janubi- sharqiy
Atlantika orollari bilan bog’liqligini, ularning Atlantika okeanining g’arbiy
qismida 53
0
va 60
0
janubiy kengliklar oralig’ida 2,5 ming kilometr cho’zilgan
vulqon orollari ekanligini aniqlashdi.
1820 yilning 15 yanvarida ruslar Janubiy Tulaga yetib kelishdi va bu
yerda bir necha orollarni o’rganishdi. Sharqdan og’ir muzlarni aylanib o’tib, 26
yanvarda ruslar birinchi marta janubiy qutb chizig’ini kesib o’tishadi. Ular bir
necha marta janubga suzishga harakat qilishadi, lekin ob-havo bunga yo’l
qo’ymaydi. Hozir bizga ma’lumki, kemalar materik qirg’og’iga juda yaqin
kelishgan.
Qisqa Antarktika yozi nihoyasiga yetadi va 1820 yilning mart oyida Hind
okeanining janubidagi kam o’rganilgan orollarni tadqiq etishdi. Bu yerda
kartaga tushmagan va hali yevropaliklar bormagan orollarni tadqiq etishdi. Bu
yerda kartaga tushmagan va hali yevropaliklar bormagan orollarni kashf etishib,
ularga rus mashhur kishilarining nomlarini berishdi: Arakcheyev, Barklay-de-
Tolli, Vitgenshteyn, Volkonskiy, Greyg, Yermolov, Kutuzov, Miloradovich,
Moller, Osten-Saken, Rayevskiy va Chichagov. Shuningdek orollarni
ekspeditsiya qatnaschilari va kema nomi bilan: Lazarev, Vostok, Mixaylov,
Simonov deb nomladilar.
1820 yilning yanvarida kemalar yana muzli materikka qarab yo’l olib,
yana uch marta qutb chizig’ini kesib o’tishadi: ikki marta ular materikka juda
yaqin kelishadi. Uchinchi marta urinishda ular quruqlikning aniq nishonalarini
ko’rishadi. Sharqqa burib ruslar 68
0
50
1
janubiy kenglik va 90
0
30
1
g’arbiy
uzoqlikda quruqlikni ko’rishadi. Bu haqda ekspeditsiya shunday ma’lumot
beradi: “Bulutlar orasidan quyosh chiqqanda, uning nurlari qor bilan qoplangan,
baland cho’qqili orolni yoritdi. 11-yanvar kuni ertalab biz aniq orolni ko’rdik,
biz oroldan 15 mil uzoqlikda bo’lib, uni o’rab turgan katta muz tufayli orolga
yaqinlasholmadik. Matroslar buni ko’rib, quvonchdan uch marta “Ura” deyishdi.
Ochiq orolni rus flotining asoschisi Petr I nomiga nomladik (Novosilskiy).
Uning maydoni-250 kv.km, balandligi 1160 m.
1821 yilning 28 yanvarida ochiq ob-havoli kunda biz uning janubida
baland burunni va qoyali qirg’oqni ko’rdik. Bellinsgauzen uni “Aleksandr I-
qirg’og’i” deb nomladi”.
“Vostok” va “Mirniy” kemalari qirg’oqqa muz tufayli yaqinlasholmaydi.
Shimoldan muzlikni aylanib o’tib, Bellinsgauzen yana sharqqa buradi va Tinch
okeanning XX asrda Bellinsgauzen deb nomlangan dengizidan o’tib, Dreyk
bo’g’oziga o’tadi. Bu yerda u “Yangi Shotlandiyani” axtaradi. Uni tasodifan
1819 yilda ingliz Vilyam Smit Valparaisodan Buenos Ayresga ketishda to’fon
tufayli janubga surib tashlanganda kashf etilgandi. Smit uni janubiy materikning
chiqqan joyi deb o’ylaydi. Rus ekspeditsiyasi yangi yerni o’rganib, bu orollar
xalqasi ekanligini, sharqiy yo’nalishda 600 km ga cho’zilganligini isbotlaydi.
Janubiy Shotlandiya orollariga dengizchilar Napoleon I –bilan bo’lgan jang
kartasiga
bag’ishlab:
Do'stlaringiz bilan baham: |