Materik sayozligining bunday chuqur joylashganligiga okean tagining materik
chekkalarini ham qamrab olgan yosh cho’kishlari sababchi bo’lgan. Materik
sayozligi rel’yefida materik muz bosishining eng kuchaygan vaqtdagi faoliyati
izlari saqlanib qolgan. Antarktikaning chekka dengizlari deyarli butunlay
materik sayozligida joylashgan va chuqurligi 4000-5000 m bo’lgan okean
botiqlari bilan tutashgan. Okean botiqlarini bir-biridan suv osti tog’ tizmalari va
qirlari ajratib turadi. Eng yirik botiqlar Afrika-Antarktika, Bellinsgauzen
Suv osti tizmalarining tepalari suv ustiga chiqib, orollarni hosil qiladi.
Janubiy qutbiy svlarining yuza qismidagi harorat juda past va sho’rligi
kam. Qishda Antarktikaning janubiy qismlarida suvning yuza qismida harorat
sababli Antarktikada suv g’arbdan-sharqqa tomon muttasil harakatlanib turadi.
Yerning aylanishi ta’siri aostida suv yuzasidagi bu oqimlar shimolga tomon
buriladi va va suv to’xtovsiz shimolga qarab oqib turadi. Shu munosabat bilan
ma’lum chuqurlikda to’ldiruvchi 9kompensatsion ) oqim vujudga keladi, bu
oqim Antarktikaga nisbatan iliq suv keltiradi. Bu iliq suv Antarktika suvlarining
doimiy +1, +2
0
C haroratli o’rta qatlamini vujudga keltiradi. Bu qatlamdan
pastda to dengiz tagigacha harorat 0
0
C va undan biroz pastroq bo’lgan suv
joylashgan.
Antarktika suvlari uchun katta to’lqinlar balandligi 10-15 m, dovullar, qor
bo’ronlari xosdir, bular yozda kema qatnovini qiyinlashtiradi, qishda esa
kema yurishi butunlay mumkin bo’lmay qoladi. Janubiy okean-Dunyo
okeanining eng serto’lqin qismi.
Suzuvchi muzlar Antarktika suvlarida kema qatnovi uchun katta xavf
tug’diradi. Ular dengizda hosil bo’ladi va quruqlikdan tushib turadi. Dengiz
muzi qishda qattiq dovul va qor yoqqanda ko’pincha kulchamuz shaklida hosil
bo’ladi. Dengiz muzi sentabr-oktabr oylarida shimolga tomon eng uzoq kirib
borib, uning chekkasi ba’zi joylarda deyarli 55
0
janubiy kenglikkacha yetadi.
Yozda dengiz muzi erib, janubga tomon deyarli materikkacha chekinadi.
Materik muzligining yoki shelf muzining parchalari Antarktikada ikki
tipda-kursisimon, piramidasimon bo’ladi. Kurisismon aysberglarning maydoni
juda katta, suv yuzasidan ko’tarilib turgan qismining balandligi nsbatan kam
bo’ladi, uzunligi o’nlab kilometrga yetadi. Uzunligi 120 va hatto 167 km ga
yetadigan aysberglar uchratilgan. Piramidasimon aysberglarning balandligi
katta400-500 m gacha, lekin eni, bo’yi kichikroq bo’ladi. Antarktikadagi ba’zi
aysberglar o’n yilgacha va undan ham ortiq vaqt erib ketmay suzib yuradi.
Aysberglarning soni juda ko’p va ular kema qatnoviga, ayniqsa, qor bo’ronlari
va tuman vaqtida, katta xavf tug’diradi.
ANTARKTIDA MATERIGINING UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK
XUSUSIYATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: