Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya



Download 30,29 Mb.
bet69/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

Natijalar tahlili
36-44 ball. Siz o’rtacha darajada tajavvuzkorsiz, lekin hayotda muvaffaqiyatli qadam tashlayapsiz. Sizda samimiy izzattalablik va ishonch bor.
45 va undan ortiq. Siz ortiq darajada tajavvuzkorsiz va ko’pincha boshqalarga nisbatan betayin va judayam shavqatsizsiz, siz o’zingizni metodlaringizga ishongan holda rahbarlikka ko’tarilishga umid qilasiz, bunda oila a`zolaringiz va atrofingizdagilar manfaatlarini qurbon qilasiz.
35 va undan past. Siz haddan ziyod tinchliksevarsiz, bu esa sizda o’zingizning kuchingizga va imkoniyatlaringizga ishonch etarli emasligini anglatadi. Bu albatta sizni har doim egilishingizni bildirmaydi. Baribir sizga ko’proq qat`iylik bo’lishi halaqit bermaydi.
Agar siz 7 ta va undan ko’p savollarga 3 balldan va 7 tadan kam savollarga 1 tadan ball to’plagan bo’lsangiz, unda sizning tajavvuzkorona portlashlaringiz yaratuvchanlikdan ko’ra buzg`unchilik xarakteriga ega.
Siz o’ylab ko’rilmagan ishlarga va ayovsiz munozaralarga moyilsiz. Siz odamlarga mensimaslik bilan qaraysiz va o’z xulqingiz bilan janjalli murosasizlik holatlariga undaysiz, vaholanki ularni oldini olishingiz mumkin.
Agar siz 7 ta va ko’proq savollarga bir ochkodan va 7 tadan kam savollarga 3 ochkodan olsangiz, unda siz haddan ziyod odamovisiz. Bu degani sizda tajavvuzkorlik, shoshilishlik begona emas, lekin siz uni judayam bostira olasiz.


Motivasion sohani diagnostika qilish «Bolaning maktab ta'limiga munosabati» metodikasi
Bu metodikaning maqsadi maktabga yangi qabul qilinayotgan o‘quvchilarda o‘qish motivi yoki o‘qishga qiziqish bor-yo‘qligini aniqlashdan iborat. Bolaning o‘qishga munosabati, boshqa ruhiy belgilar bilan bir qatorda o‘qishga va maktabga tayyor yoki tayyor emasligini belgilovchi holatdir. Bolaning bilish jarayonlari normal, boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabatlari qoniqarli bo‘lsa ham uni maktab ta'limiga tayyor, deb aytish qiyin. O‘qishga qiziqish bo‘lmasa ham ikkita ruhiy tayyorgarlik belgisi – ya'ni bilish jarayonlari, kommunikativlik qobiliyatlari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, o‘qishning dastlabki bosqichida maktabga va bilim olishga bo‘lgan qiziqish uyg‘onishi mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ayni shu kichik maktab yoshidagi bolalarni 0 ballik va 1 ballik mezon orqali baholash bilan cheklanmaslik kerak.
Birinchidan, bu erda qiyin savollar bo‘lishi mumkin, shuning uchun bolalar biriga to‘g‘ri, biriga noto‘g‘ri javob berishi ehtimoli bor.
Ikkinchidan, berilayotgan javoblarning bir qismi to‘g‘ri, bir qismi noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin.
Agar bola qiyin savollarga to‘liq javob bera olmasa, 0,5 ball bilan baholanadi, to‘g‘ri, shubha uyg‘otmaydigan to‘liq, yaxshi bahoga loyiq javob bersa 1 ball bilan baholanadi, javob bir tomonlama to‘liq bo‘lmasa 0,5 ball bilan baholanadi. Masalan, 2-savol: «Nima uchun maktabga borish kerak?» – degan savolga to‘liq bo‘lishi uchun shunday javob berishi kerak:
«Kerakli bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish uchun». Noto‘liq javob «O‘qish uchun». Noto‘g‘ri javoblarda bilim olish, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. Masalan, «Maktabda maza qilib o‘ynaymiz». Agar qo‘shimcha savoldan keyin bola to‘liq javob bersa 1 ball, qo‘shimcha savollardan keyin ham o‘z fikrlariga hech qanday o‘zgartirish kiritmasa 0,5 ball.
Natijalar tahliliga ko‘ra 8 balldan Yuqori ball to‘plagan bolalar maktab ta'limiga to‘liq tayyor, 5–8 ball to‘plaganlar to‘liq tayyor emas, 5 balldan kam to‘plaganlar esa maktab ta'limi uchun tayyor emas deb topiladi.
Bolalarga tavsiya etiladigan savollar
1. Maktabga borishni xohlaysanmi?
2. Nima uchun maktabga borish kerak?
3. Maktabda nima bilan shug‘ullanasan? (Odatda maktabda nima qilishadi).
4. Maktabga borishga tayyor bo‘lish uchun nima qilish kerak?
5. Dars nima? Unda nima bilan shug‘ullanishadi?
6. Maktabdagi darslarda o‘zini qanday tutish kerak?
7. Uy vazifasi nima?
8. Nima uchun uy vazifasi bajariladi?
9. Maktabdan uyga kelib nima bilan shug‘ullanasan?
10. Maktabga borib o‘qiy boshlasang, hayotingda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
Savolning mazmuniga mos keluvchi javoblar to‘g‘ri deb qabul qilinadi. Agar noto‘liq bo‘lsa, qo‘shimcha savollar beriladi. Har bir savolning ma'nosini bola to‘g‘ri tushunganligiga ahamiyat berish kerak.
Ushbu metodika bo‘yicha bolalar to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball – 10 ball bo‘lib, bu bolaning ruhiy jihatdan maktab ta'limiga to‘la tayyor ekanligini bildiradi.
Bilimlarni egallashga intilish”metodikasi
Metodika E.P.Il’in va N.A.Kurdyukovalar tomonidan tavsiya qilingan.
Ko‘rsatma: berilgan savollar qatoriga juft javoblar ko‘rsatilgan. Ikki javobdan savolning holatiga ko‘ra keraklisini tanlab olib “a” “b” harfi bilan belgilaysiz. Javoblar ichidan o‘zingizga muvofiq keladiganini tanlashingiz shart.

  1. Darsda yomon baho olganimdan so‘ng uyga kelib:

a) tezda dars qilishga o‘tiraman, javob bera olmagan materialni takrorlayman;
b) bu fandan dars berilmaganini bilganim holda televizor ko‘raman, komp’yuter o‘ynayman.
2. Yaxshi baho olganimdan so‘ng:
a) dars tayyorlashni ich-ichimdan xohlagan holda davom ettiraman;
b) diqqat bilan tayyorlayman, chunki bilganim bilan mendan so‘ramasligini bilaman.
3. Sizda bahodan emas, javobingizdan qoniqmaslik holati bo‘lganmi?
a) ha ; b) yo‘q.
4. Sizning tasavvuringizda o‘qish:
a) yangiliklarni bilish
b) birozgina qiyin mashg‘ulot.
5. Darsga puxta tayyorgarlik sizning bahoingizga ta’sir etadimi?
a) ha; b) yo‘q.
6. Siz past baho olganingizdan so‘ng buni noto‘g‘ri qildim, deb o‘zingizni tahlil qilasizmi?
a) ha ; b) yo‘q.
7. Sizning uy vazifalarini bajarishga bo‘lgan intilishingiz unga baho qo‘yilishiga bog‘liqmi?
a) ha; b) yo‘q.
8. Siz o‘qituvchi kasal bo‘lmasligini xohlaysizmi?
a) ha; b) yo‘q.
9. Sizga kanikuldan so‘ng o‘qishga kelish oson kechadimi?
a) ha ; b) yo‘q.
10. Siz sinfdan-sinfga o‘tganda yangi kitoblar sotib oldingiz, ularda nimalar haqida yozilgani bilan qiziqasizmi?
a) ha ; b) yo‘q.
11. Sizningcha, kasal bo‘lish yaxshimi yoki o‘qish?
a) o‘qish b) kasal bo‘lish.
12. Siz uchun qaysi biri muhim: baho yoki bilim?
a) baho b) bilim.



Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish