Bog'liq UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022
3. Xissiy irodaviy soha diagnostikasi A.Assingerning agressiyani diagnostika qilish metodikasi A.Assingerning ushbu testi shaxsning o’z hamkasblari bilan munosabatda qanchalik darajada to’g`riligini (ochiqligini) va ularning u bilan muloqot qilishlarini osonligini aniqlashda yordam beradi.
Javoblarning xosligini aniqlash uchun hamkasabalar orasida bir-birini baholovchi suhbat o’tkazish mumkin.
Bu esa ularning o’z-o’zlarini baholashlari qanchalik to’g`riligini aniqlashda yordam beradi.
Javobning tagiga chizing.
Siz ishxonangizda navbatdagi nizodan so’ng yarashish yo’llarini qidirishga moyilmisiz?
Har doim.
Gohida.
Hech qachon.
Siz o’zingizni mushkul vaziyatda qanday tutasiz?
Ich-ichingizdan g`azablanasiz.
Xotirjamligingizni saqlaysiz.
O’zingizni tuta olmaysiz
Dadilligingizni yo’qotmaysiz.
Hamkasblaringiz sizni qanday odam deb hisoblashadi?
Kekkaygan hasadchi.
Samimiy.
Xotirjam va hasadchi emas.
Agar sizga mas`ul lavozim taklif qilinsa, siz qanday munosabat bildirasiz?
Uni bir muncha xavotirlanish bilan qabul qilasiz.
Ikkilanmasdan rozi bo’lasiz.
Undan o’zingizni xotirjamligingiz uchun voz kechasiz.
Agar hamkasblaringizdan birontasi ruxsatsiz sizning stolingizdan qog`oz olsa o’zingizni qanday sezasiz.
Unga kimligingizni ko’rsatib qo’yasiz.
Qaytarishga majbur qilasiz.
Unga yana biror narsa kerak emasligini so’raysiz.
Agar eringiz (xotiningiz) ishdan odatdagidan kech qolsa qanday so’zlar bilan kutib olasiz.
Nima seni shunchalik ushlab qoldi?
Kechgacha qaerda eding?
Men xavotir ola boshlayotgan edim.
7.Siz o’zingizni mashina boshqarayotganda qanday tutasiz?
Sizni “Quvib kelayotgan” mashinani quvib o’tishga harakat qilasiz
Sizni qancha mashina quvib o’tsa ham sizga baribir.
Shunaqangi tezlikda ketasizki, sizga hech kim etolmaydi.
8. Sizni hayotga qarashingiz qanday deb hisoblaysiz?
Uyg`unlashgan
Engiltak
Juda ham qattiq (og`ir)
9. Agar isharingiz yurishmayotgan bo’lsa nima qilasiz?
Aybni birovga ag`darishga harakat qilasiz.
Ko’nikasiz.
Kelgusida ehtiyotkorroq bo’lasiz
10. Siz zamonaviy yoshlarning orasida axloqsizlik haqidagi feletonga qanday munosabat bildirasiz?
“Bunday vaqti chog`likni ta`qiqlash kerak”
Ularga uyushgan va madaniy tarzda dam olishi uchun imkoniyat yaratish lozim.
Nimaga endi biz ular bilan shunchalar ovoramiz.
11. Agar siz egallamoqchi bo’lgan lavozim boshqa birovga nasib qilsa, nimani his qilasiz?
Nimaga bu uchun shuncha asabiylashaman.
Chamasi, xo’jayinga uning ko’rinishi yoqimliroq bo’lsa kerak.
Balki, men buni keyingi safar uddasidan chiqarman.
12. Qo’rqinchli film ko’rayotganda qanday holatda bo’lasiz?
Qo’rqasiz
Zerikasiz
Chin dildan zavqlanasiz
13. Agar siz yo’ldagi tiqilinch tufayli muhim majlisga kechikayotgan bo’lsangiz...
Majlis vaqtida asabiylashasiz
Hamkorlaringizga iltifot ko’rsatishga harakat qilasiz
Ranjiysiz
14.O’zingizni sportdagi yutuqlaringizga qanday qaraysiz?
Albatta yutishga harakat qilasiz
O’zingizni yana yosh his qilishingiz lazzatini qadrlaysiz
Agar omad kelmasa, judayam jahlingiz chiqadi.
15.Agar sizga restoranda yomon xizmat qilishsa nima qilasiz?
Janjaldan qochib, chidaysiz
Ofitsiantni chaqirasiz va tanbeh berasiz
restoran direktoriga arz qilasiz.
16. Agar bolangizni maktabda xafa qilishsa, o’zingizni qanday tutasiz?
O’qituvchi bilan gaplashasiz.
“Voyaga etmagan jinoyatchining” ota-onasi bilan janjallashasiz
Bolangizga javob qaytarishni maslahat berasiz.
17. Sizningcha, siz qanday odamsiz?
O’rtacha
O’ziga ishongan
Uddaburon
18. Sizning xodimingiz idora eshigida sizga urilib ketsa va kechirim so’ray boshlasa, siz nima deb javob berasiz?
“Uzr, bu meni aybim”
“Hechqisi yo’q”
“E`tiborliroq bo’lsangiz, bo’lmaydimi?”
19. Yoshlar orasidagi bezorilik haqidagi maqolaga siz qanday munosabat bildirasiz?
“Qachon axir, jiddiy choralar ko’riladi”
“Jismoniy jazo choralarini kiritish kerak”
“Hammasini yoshlarga ag`darish to’g`ri emas, tarbiyachilar ham aybdor”
20. Tasavvur qiling sizda boshqatdan tug`ilish imkoni tug`ildi, lekin hayvon bo’lib, qaysi hayvonni ma`qul ko’rasiz?
Sher yoki leopard