Natijalarni baholash Metodika natijalarini baholashda, bola topshiriqni bajarishga sarflangan vaqt va aniqlikka e'tibor qaratiladi.
10 ball – hamma figuralar bola tomonidan 3 daqiqadan kam vaqtda qirqib olinsa hamda figuralar konturi andazadan 1 mm.dan ko‘p farq qilmasa qo‘yiladi;
8-9 ball – hamma figuralar 3 daqiqadan 4 daqiqagacha qirqib olinsa hamda figuralar konturi aslidan 1.mm dan 2 mm.gacha farq qilmasa qo‘yiladi;
6-7 ball – hamma figuralar 4 daqiqadan 5 daqiqagacha qirqib olinsa hamda figuralar konturi aslidan 2.mm dan 3.mm gacha farq qilmasa qo‘yiladi;
4-5 ball – hamma figuralar 5 daqiqadan 6 daqiqagacha qirqib olinsa hamda figuralar konturi aslidan 3 mm.dan 4 mm.gacha farq qilmasa qo‘yiladi;
2-3 ball – hamma figuralar 6 daqiqadan 7 daqiqagacha qirqib olinsa hamda figuralar konturi aslidan 4 mm.dan 5 mm.gacha farq qilmasa qo‘yiladi;
0-1 ball – bola topshiriqni 7 daqiqadan ko‘p vaqt mobaynida bajara olmasa hamda qirqib olingan figuralar konturi aslidan 5 mm.dan ko‘p farq qilsa qo‘yiladi.
«Tasvirlarni ko‘chirish» metodikasi Ushbu metodika 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan. Topshiriqning mohiyati shundan iboratki, 13-rasmda o‘ng tomondagi maxsus tayyorlab qo‘yilgan kvadratlar ichiga, shu rasmdagi, chap tomonda berilgan kataklar ichidagi tasvirlarni ko‘chirish kerak. Buning uchun bolaga qora flomaster hamda quyidagicha ko‘rsatma beriladi:
«O‘ng tomondagi kataklarga, aynan chap tomondagi figuralarga o‘xshash rasmlarni chizish kerak. Bunda iloji boricha toza va bo‘yaladigan joylarda bo‘shliq qoldirmaslikka hamda figuralar konturidan chiqib ketmaslikka harakat qilish lozim».
Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt – 5 daqiqa.
13-rasm.
Natijalarni baholash. 10 ball – bola hamma topshiriqni 5 daqiqa mobaynida bajarib bo‘ldi. Unda bo‘yaladigan joylarda bo‘shliq qolmasa, chizilgan figuralar konturi esa topshiriq andozasidan 1 mm.dan ko‘p farq qilmasa qo‘yiladi;
8 - 9 ball – bola topshiriqni bajarishga 5 daqiqa vaqt sarflasa, bo‘yaladigan har bir figuralarning 1-2 joylarida bo‘shliq qolsa, chizilgan figuralar konturi aslidan 1 mm.dan ko‘p farq qilmasa qo‘yiladi;
6 - 7 bal – bola topshiriqni bajarishga 5 daqiqa vaqt sarflasa, bo‘yaladigan har bir figuralarning 3 - 4 joyida bo‘shliq bo‘lsa, chizilgan bir necha figuralar konturi aslidan 1,5 mm.dan ko‘p farq qilmasa qo‘yiladi;
4 - 5 ball – bola 5 daqiqada 4 - 5 figurani bo‘yashga ulgursa, ammo bo‘yalgan figuralarning 5 dan 1 qismidan kam joylarida bo‘shliq bo‘lsa va aslidan 2 mm.gacha farq qilmasa qo‘yiladi;
2 - 3 – ball bola 5 daqiqada 2 - 3 figurani bo‘yashga ulgursa, ammo bo‘yalgan figuralarning 5 dan 1 qismidan kam joylarida bo‘shliq bo‘lsa va aslidan 2 mm.gacha farq qilmasa qo‘yiladi;
0-1 ball – bola 5 daqiqada bitta figurani bo‘yashga ulgursa hamda bo‘yalgan figuraning 4 dan 1 qismida bo‘shliq bo‘lsa va figura aslidan 3 mm.gacha farq qilmasa qo‘yiladi;
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish.
10 ball — juda yuqori
8- 9 ball — yuqori
4- 7 ball — o‘rtacha
2 - 3 ball — past
0 - 1 ball — juda past
Bolalar topshiriqni bajarishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Lekin ular bu topshiriqni tezroq bajarish. 10-11 yoshli bolalar qo‘llanmani yaxshi tushunadilar, o‘z xatolarini o‘zlari tuzatishadi.