Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Shubhali amallar: eksperimentni loyihalash, axborot yig`ish, ma`lumotlar tahlili, natijalar taqdimoti



Download 30,29 Mb.
bet123/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

2.Shubhali amallar: eksperimentni loyihalash, axborot yig`ish, ma`lumotlar tahlili, natijalar taqdimoti
Yuqoridagi paragrafda biz eksperimentatorning o’ziga qo’yiladigan talablarga rioya etmasligi natijasida kelib chiqadigan holatlar xususida gaplashdik. Endi esa, shubhali amallar haqida to’xtalib o’tamiz. Bunday holatlardan biri eksperimentni loyihalashtirishda uchraydi. Masalan, agar tadqiqotchi biror bir ko’rsatkichni idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchi deb tanlab olsa-yu, lekin ushbu ko’rsatkich mustaqil o’zgaruvchi ta`sirida muntazam o’zgarib tursa bunday tadqiqotlardan olingan natijalar shubhali amallar qatoriga kiradi. Ayniqsa, laboratoriya sharoitida o’tkazilmagan ko’pgina tadqiqotlarda aynan shu turdagi firibgarlik uchraydi.
Eksperimental tadqiqotlarni loyihalashtirishda o’zgaruvchi ko’rsatkichlarni o’zaro bir – biriga ta`siri inobatga olinmaydi. Natijada esa, eksperiment jarayonidagi o’zgaruvchilar o’z tipik xususiyatlarini yo’qotib olingan natijalar shubha ostida qoladi.
Eksperimental tadqiqot davomida axborotlarni yig`ish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan axborot yig`ishda yo’l qo’yilgan ayrim xatoliklar ham tadqiqot natijalarini shubha ostida qoldiradi.
3.Turli amallar: ba`zi bir narsalarni tushirib qoldirish, reorganizatsiya, yangicha formulirovka
Eksperimentatorning tadqiqot jarayoniga ta`siri.
Klassik tabiiy ilmiy eksperiment nazariy jihatdan me`yoriy pozitsiyalarda ko’riladi: agar eksperiment holatlarida tadqiqotchi o’rni avtomat bilan almashtirilsa eksperiment ideal holatga mos kelar edi. Afsuski yoki yaxshiyamki inson psixologiyasi shunday fanlar qatoriga kiradiki, bunday qilishning iloji yo’q. Bundan kelib chiqadiki psixolog shuni ham inobatga olishi kerakki har qanday eksperimentator shu jumladan uning o’zi ham – inson, insonga xos barcha o’ziga xosliklar unga ham begona emas. Birinchi navbatda xatoliklarga yo’l qo’yish ya`ni eksperiment me`yorlaridan chiqish. Biz hozir eksperimentatorning ataylab xatolikka yo’l qo’yishi natijalarni soxtalashtirishi haqida gaplashmoqchi emasmiz. Xatoliklarni to’g`irlash mumkin. Eksperimentator xulqining muallaq holati – boshqa gap bu eksperiment jarayoniga ta`sir etadi va xatti- harakatlarning ongsiz psixik boshqariluvining oqibati hisoblanadi.
Eksperiment shu jumladan psixologik eksperiment har qanday boshqa tadqiqotchi tomonidan takrorlanish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun uning harakat sxemasi (eksperiment me`yori) maksimal darajada obektivlashtirilishi kerak, ya`ni natijalarni takrorlash ekperimentatorning qobiliyati, professional harakatlariga, tashqi sharoit yoki holatlarga bog`liq bo’lmasligi kerak. Faoliyatli yondashuv pozitsiyasidan eksperiment bu eksperimentatorning sinaluvchiga ta`sirli faoliyati bo’lib, sinaluvchi harakatlari, faoliyat sharoitlarini o’zgartirishi bilan o’rganiluvchi, psixikasidagi o’ziga xosliklarning namoyon qilinishi. Eksperiment muolajasi eksperimentatorning faollik darajasi uchun isbot bo’lib xizmat qiladi, u sinaluvchi ishini tashkil etadi, unga vazifa beradi, natijalarni baholaydi, eksperiment sharoitlarini belgilaydi, sinaluvchi harakatini va uning faoliyat natijalarini belgilab beradi. Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan, eksperimentator rahbar, o’qituvchi, o’yin tashkilotchisi rollarini ijro etsa, sinaluvchi esa hodim, o’quvchi, o’yindagi ishtirokchi sifatida namoyon bo’ladi. Eksperiment sxemasini eksperimentator faoliyati sifatida ko’rib chiqadigan bo’lsak, u neobixeviorizm modeliga mos keladi: stimul – oraliq o’zgaruvchi – reaktsiya. Eksperimentator sinaluvchiga mashq beradi, sinaluvchi (oraliq o’zgaruvchi) ularni bajaradi. Agar tadqiqotchi o’z natijalarining ma`qullanishini (yoki inkor etilishini) istasa, u eksperiment jarayonida bilmagan xolda xatoliklarga yo’l qo’yishi yoki natijalarni o’zgartirishi mumkin, bunda u sinaluvchi “uning gipotezasi” bo’yicha ishlashi uchun faqatgina eksperimental guruh uchun imtiyozli sharoitlar yaratadi. Eksperimentatorning bunday harakatlari – aftofakt manbaidir. Amerikalik psixolog R.Rozental bu hodisani grek afsonasi qahramoniga bag`ishlab “Pigmalion effekti” deb nomladi (Haykaltarosh Pigmalion Galateya deb nomlanadigan qiz Haykalini yasadi. Haykal shunday mahorat bilan yasalgan va shu qadar go’zal ediki natijada Pigmalion o’z mehnati mahsuli Galateyani sevib qoladi. Va xudolardan unga jon ato etishlarini yolvorib so’raydi. Go’zallik va muhabbat ma`budasi Afrodita uning bu nolishlarini qabul qiladi va haykalga jon ato etadi).
Nazariyasining to’g`ri chiqishini hohlagan tadqiqotchi, u to’g`ri bo’lib chiqishi uchun irodasiz harakatlar qiladi. Bunday holatni nazorat qilish mumkin. Buning uchun tadqiqotga eksperimentator assitsentlarni jalb qilishi lozim, faqat ular tadqiqot gipotezasi, uning maqsadidan bexabar bo’lishlari kerak. To’liq nazorat – bu boshqa tadqiqotchilar eksperiment muallifining gipotezasiga tanqidiy munosabatda bo’lish, natijalarni qaytadan tekshirish. Biroq bu holatda ham artifaktlardan holi bo’lmaymiz – nazorat qiluvchi xuddi eksperimentator kabi oddiy inson. N.Fridman 1960 yillargacha amerika psixologiyasida hukmronlik qilgan nuqtai nazarni ilmiy afsona deb aytgan, uning mazmuni quyidagicha edi: eksperiment o’tkazish jarayonlari bir xil eksperimentatorlar esa bir xilda mutlaqo befarq va malakali bo’lishgan eksperimentatorlar omonim emas va o’zaro yaqin ham emas: turlicha kuzatiladi, qayd qiladi va eksperiment natijalarini baholashadi.
Eng asosiy muammo – eksperimentatorlarning motivatsiyasidagi farq. Ularning bari yangilikni o’rganishga intilsa-da, unga intilish yo’llari, vositalari, o’rganish maqsadlari turlicha bo’ladi. Bundan tashqari tadqiqotchilar turli etnomadaniy jamiyatlarga mansub bo’ladilar. Shu bilan birga barcha eksperimentatorlar “ideal sinaluvchi” haqida orzu qiladilar. “Ideal sinaluvchi” bir qator psixologik sifatlarga ega bo’lishi kerak: itoatkor aqlli bo’lishi, eksperimentator bilan hamkorlik qilishga intilishi, ishga qobilaytli, do’stona yondashuvli, agressiv bo’lmagan va yomon sifatlardan holi bo’lishi kerak. “Ideal sinaluvchi” modeli ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan butunlay ideal bo’ysunuvchi yoki ideal o’quvchi modeliga to’g`ri keladi.
Aqlli eksperimentator bu ushalmas orzu ekanligini yaxshi anglaydi. Biroq, sinaluvchining xatti harakatlari eksperimentator kutuvlaridan farq qilsa, u sinaluvchiga qahr va g`azab ko’rsatishi mumkin.
Pigmalion effektining aniq ko’rinishi qanday?
Eksperimentator kutuvlari uni sinaluvchining xatti-harakatlariga o’zi bilmagan holda ta`sir o’tkazishga olib kelishi mumkin. Rozental sinaluvchi shaxsiga ta`sir etish va tadqiqotning borish jarayoniga ta`sir etish muammolari bo’yicha eng mashhur mutaxassis, shuni aniqladiki, eksperiment natijalariga eksperimentator tomonidan eng ko’p ta`sir quyidagilarda aks etar ekan: Ta`lim bilan bog`liq eksperimentlarda, qobilyatlarni diagnostika qilishda, psixofizik eksperimentlarda, reaktsiya qilish vaqtini aniqlashda, loyihaviy testlarni (Rorshax testi) o’tkazishda, ish faoliyatining laborator tadqiqotlarida, ijtimoiy perseptsiyalarni tatqiq etishda.
Qanday qilib sinaluvchiga eksperimentatorning kutuvlari ayon bo’ladi?
Ta`sir etish manbai tushunib bo’lmas ustanovkalar bo’lganligi uchun, ular eksperimentator harakatining parametrlaridan, qaysiki ongsiz boshqariluvchi, namoyon bo’ladi. Bu birinchi navbatda mimika va pantomimika (boshni chayqash, tabassum va hakazolar). Ikkinchidan asosiy rolni sinaluvchiga ta`sir etuvchi paralingvistik nutq usullari, xususan: yo’riqnomani o’qishdagi ovoz intonatsiyasi, emotsional ton, ekspressiya va hakazolar. Hayvonlar bilan o’tkaziladigan eksperimentlarda eksperimentator bilmay ular bilan muloqot qilish usilini o’zgartirib qo’yishi mumkin. Ayniqsa eksperimentator eksperimentgacha katta ta`sir o’tkazishi mumkin: sinaluvchini tayyorlashda, ilk muloqot davrida, yo’riqnomani o’qishda, eksperiment jarayonida, eksperimentatorning sinaluvchi xatti-harakatlariga ko’rsatayotgan e`tibori, katta ta`sir ko’rsatishi mumkin. Eksperimental tadqiqot natijalariga ko’ra ushbu e`tibor sinaluvchi faoliyatining predmetga qaratilganligini oshiradi. Shu bilan birga tadqiqotchi sinaluvchida eksperimentga nisbatan birlamchi utsanovkalarni hosil qiladi va o’ziga nisbatan munosabatni shakllantiradi. Ma`lumki, aynan “birinchi taassurot effekti” yaratilgan obrazga mos kelmaydigan, barcha keyingi ma`lumotlarni tasodifiy deb qarashga olib keladi. Eksperiment o’tkazuvchining kutuvlari u tomonidan eksperiment natijalarini yozib olishga ham ta`sir qiladi. Shu jumladan Kennedi va Upxoff tadqiqotchining u tomonidan natijalarni yozib olishda yo’l qo’yiladigan xatoliklarga, munosabatiga ta`sirini aniqladilar. Eksperiment “fenomenal telepatiya”ni o’rganishga bag`ishlangan edi. Bir hil qiymatdagi odamlar guruhi (telepatiyaga ishonadigan va ishonmaydigan) tanlab olingan edi. Ulardan sinaluvchi urinishlari natijalarini boshqa sinaluvchi tomonidan Yuborilayotgan “telepatik ma`lumotlari” orqali natijalar mazmunini aniqlash va ularni yozib borish so’raladi. Telepatiyaga ishonadiganlar, o’rtacha aniqlanganlar sonini 63 % ga ko’paytirildi, unga ishonmaganlar esa 67 % ga kamaytirildilar. Rozental natijalarni qayd etishga kutuvlarning ta`siri muammosi bo’yicha 21 ishni tahlil qilgan. Aniqlanishicha natijalarni qayd qilishning 60 % xatoliklarga eksperiment gipotezasini ma`qullanishiga intilish natijasida yo’l qo’yilgan ekan. Boshqa to’plamda (36 ta ish) xuddi shunday bu fakt o’z isbotini topgan. Kutuvlarning ta`siri nafaqat odamlar harakat natijalarini qayd qilishda namoyon bo’ladi, balki hayvonlardagi eksperimentlarda ham aks etadi. Rozental keyingi tadqiqotni olib bordi. U bir necha eksperimentatordan kalamushlarning tadqiqot davomidagi harakatlarini qayd etib borishlarini so’radi. Birinchi guruh eksperimentatorlariga alohida ishlar o’tkazilgan “juda aqlli kalamushlar” bilan ishlashlari aytildi. Ikkinchi guruhga esa ularning kalamushlari “juda ahmoq” ekanligi aytildi. Aslida esa hamma kalamushlar bir xil populyatsiyaga xos bo’lib, qobilyatlari bo’yicha ham farq qilmas edi. Natijada kalamushlar harakatlariga qo’yilgan baholar eksperimentatorlarga berilgan utsanovkalarga mos holda qo’yilganligi ma`lum bo’ldi. A.Berger eksperimentatorning sinaluvchi faoliyati natijalarini baholashdagi xatoliklarning quyidagi turlarini ajratadi: Juda Yuqori natijalarni pasaytirish. Buning sababi, tadqiqotchining ongli ravishda sinaluvchi natijalarini o’zining ma`lumotlari bilan “bog`lashga” intilishi bilan izohlash mumkin. Past natijalar oshirib ko’rsatilishi ham mumkin. Nima bo’lganda ham natijalar differensiallashtiriladi va siqiladi, eng chetki natijalar o’rtachaga yaqinlashtiriladi.
Eng chetki natijalardan qochish (eng past va eng Yuqori). Xuddi Yuqoridagi effekt bilan bir xil ya`ni natijalarni o’rtachaga yaqinlashtirish. Sinaluvchi xususiyatlaridan biri yoki seriyalar ichidagi mashqlardan birining qiymatini oshirish. Ushbu qoida orqali shaxs va mashqni baholash amalga oshiriladi.
O’xshash hodisa, lekin effekti qisqa muddatli bo’lib, alohida e`tibor, eksperiment uchun sinaluvchining shaxsiy tuzlishidagi ahamiyatlisini ajratib olinganligidan so’nggi mashq mazmuniga qaratiladi.O’xshash hol, lekin baho shaxs u yoki bu xususiyatlarining aloqasi yoki qarama-qarshiligi haqidagi kontseptsiyaga asoslanadi.
Sinaluvchi bilan emotsional bog`langan hodisalar ta`siri orqali kelib chiquvchi xatolar. Pigmalion effekti albatta mavjud, lekin u qay darajada ahamiyatga ega? Balki, bir qator holatlarda natijalarni o’zgartirishda unga yo’l qo’yish mumkinmikan? Bu borada turli xil fikrlar mavjud va ular ichidan quyidagi 3 nuqtai nazarni ajratish mumkin:




Eksperimental psixologiyaning amalga oshmas ideal eksperimentatorning hech qanday ta`siri yo’q yoki uning ta`sriri hech qanday ahamiyatga ega emas. Gipoteza haqiqatdan yiroq. Eksperimentatorning shaxsi har doim va doimiy ravishda eksperiment natijalariga ta`sir qiladi. Bunday holatda ta`sir natijasini o’lchashning sistematik xatoligi – konstanta deb hisoblash mumkin. Uning ta`siri, eksperiment turi, eksperimentatorning shaxsi va sinaluvchi shaxsiga bog`liq holda turlicha namoyon bo’ladi. Hisobga olish har bir eksperimentdagi juda ko’p sondagi relevat psixologik o’zgaruvchilarning nazorati va ajratishning murakkab vazifasiga aylanib boradi. Muammo u yoki bu darajada yoritilgan ko’plab tadqiqotlar mavjud. Asosiy faktlarni keltirib o’tamiz:


Natijalarga shaxs tipi va eksperimentator holati ta`sir etadi: bioijtimoiy sifatlar (yosh, jinsi, irqi diniy madaniyati, etnik mansubligi va hakazo); psixoijtimoiy sifatlar (notinchlik darajasi, ijtimoiy ma`qullanish ehtiyoji, agressivlik,intellekt, ijtimoiy mavqe) eksperimentning borishi va natijalariga tadqiqotchining jinsi katta ta`sir etishi belgilangan. Jumladan, yosh bolalar har doim eksperimentator ayollar bilan yaxshi va hayrihohlikda ishlaydilar, katta yoshdagi sinaluvchilar esa erkak eksperimentatorlar bilan chiqishadilar. Bundan tashqari eksperiment davomida erkak eksperimentatorlarning ishtiroki sinaluvchilarning faol harakat qilishlariga o’z holatini tushunishga va yangi axborotni izlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishga undaydi, ayol eksperimentatorlar esa “ko’ngilni yozish, ochiqlikka intilish” Hissini uyg`otadi shuning uchun sinaluvchilarning xatti-harakati emotsionalroq bo’ladi. Ta`sir etish me`yorini aniq belgilash qiyin. Ko’pincha boshqa o’zgaruvchilar: yosh, mavqe, do’stona munosabat va hakazolar ta`sirini inobatga olmaslik qiyin. Shunday qilib eksperimentator jinsi ayollar va erkaklarga, boy va kambag`allarga turlicha ta`sir etadi, ta`sir o’zaro munosabat mavqeiga, yoqtirish va boshqalarga bog`liq bo’ladi. U sinaluvchilar tomonidan bir xil turdagi vazifani bajarishda ahamiyatli bo’lishi va boshqa eksperimentlarda umuman ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Eksperimentatorning eksperimentlardagi ta`sirining namoyon bo’lish qonuniyati ishonchli aniqlangan. Barcha tadqiqotlarni ijtimoiy – biologik shkalasi bo’yicha ajratish mumkin: ijtimoiy-psixologik eksperimentlardagi tartib (shkalaning tepasi) psixofiziologikkacha (shkalaning pasti). Psixologik haqiqiylikning tuzilmaviy darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik o’rganilayotgan muammo ta`siri ahamiyatli bo’ladi.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish